O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Besh ming qo‘ydan afzal

 
 

Hazrati Alidan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi:
«Payg‘ambar, sollallohu alayhi va sallam, bir kuni mendan:

— Ey Ali, senga besh ming qo‘y beraymi yoki ham dunyo, ham oxirat uchun foydali besh kalimani o‘rgatayinmi? — deb so‘radilar.
— Yo Rasulalloh, besh ming qo‘y ozmuncha foyda emas. Biroq menga o‘sha besh foydali kalimani o‘rgatishingizni xohlayman, — dedim.
Shunda Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, ushbu duoni o‘rgatdilar:
— Allohim, gunohlarimni mag‘firat qil. Menga keng fe'l va halol bir daromad nasib et. Nafsimni bergan rizqingga qanoatli qil va qalbimni O‘zing manʼ etgan narsalarga moyil qilib qo‘yma»
Sahobalarni qarang dunyo matohidan bir duoni afzal bildi.

Amirov To‘lqin tayyorladi


Kiritilgan vaqti: 24/03/2022 10:32;   Ko‘rilganligi: 773
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/besh-ming-qoydan-afzal
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 00:30
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing