O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Shirkdan tashqari har qanday gunoh qilgan inson «kofir» hisoblanmaydi

 
 

Alloh yagona va Muhammad sollallohu alayhi va sallam Uning elchisi ekaniga iymon keltirgan xar qanday kishi mo‘min xisoblanadi.

Moturidiy ta'limotiga ko‘ra, iymonning sharti tavhidni til bilan iqror qilib, qalb bilan tasdiqlashdir xolos. Insonning iymonini o‘lchash, uni musulmon yoki kofirligini aniqlash hukmi xech kimga berilmagan. Chunki iymon inson qalbida bo‘ladi. Qalb esa faqat Alloxning xukmidadir. Shunga ko‘ra bir insonni qalbi borasida Allox taoloning o‘zi xukm chikaradi.

Tarix turli diniy-ekstremistik oqimlar kufr masalasida islomning mohiyatiga zid iddaolar bilan qarshi chiqqanidan guvohlik beradi. Bugungi kunda soxta salafiylar ham ana shu yo‘ldan bormoqda. Xususan, ular amalni imonning juz'i (bir qismi), deb bilgan xolda islom arkonlarini to‘liq bajarmagan, ularni tark etgan yoki gunohi kabiraga ko‘l urgan musulmonlarni kofir, deb e'lon qilmoqda.

Vaholanki, mazhabboshimiz Abu Xanifa r.a «al-Fikhul-akbar» nomli kitoblarida gunohi kabirani halol deb e'tiqod qilmay amalga oshirgan musulmon kofir emas, balki osiy va gunohkor bo‘lib, mo‘minligicha qolaveradi degan mazmundagi so‘zlari bor. Shunga ko‘ra, shirkdan tashqari har qanday gunoh qilgan inson «kofir» hisoblanmaydi.

Shundan kelib chiqib, qalbida zarracha iymoni bor odamni kufrda ayblaydigan shaxsning o‘zi dindan chiqishi mo‘tabar manbalarda asoslab berilgan. Jumladan, o‘zidan boshqalarni kofirlikda ayblashning islom dini ta'limotiga zid ekani hadislarda ham mufassal bayon qilingan.

Imom Abu Dovud rivoyat qilgan hadisda Paygambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam: «La ilaha illalloh degan odamni uning gunohi tufayli «kofir» demaymiz va amali bois islomdan chiqarmaymiz», boshqa bir hadisda esa «Kimki mo‘min kishini «kofirsan» deb haqoratlasa, guyoki uning qonini to‘kkanchalik gunoh qilgan bo‘ladi», deb ko‘rsatma berganlari doim fikrimiz isboti bo‘la oladi.

Kayd etilgan masalaga ulamolar asarlarida ham alohida e'tibor berilganini e'tirof etish zarur. Xususan, mashxur ulamolardan Abul Izz al-Xanafiy «Sharhu Akoidatut-Tahoviya» risolasida «Ahli qiblalardan birortasini gunoxi tufayli kofir qilmaymiz», shuningdek, yana bir mashxur hanafiy ulamolaridan bo‘lgan Ibn Najm «Agar kofir deyish uchun to‘kson tuqqizta dalil bo‘lsa-yu, kofir demaslik uchun birgina dalil bo‘lsa, to‘kson tuqqizni ko‘yib, o‘sha bir dalilni olish kerak», deb ta'kidlaganlar.

Abrorov Jahongirxon manbalar asosida


Kiritilgan vaqti: 20/05/2022 17:13;   Ko‘rilganligi: 340
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/shirkdan-tashqari-har-qanday-gunoh-qilgan-inson-kofir-hisoblanmaydi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 06:01
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing