Halollik – ikki dunyo saodati
Ramozon kunlari edi. Xizmat yuzasidan qo‘shni malhalladagi taziyaxonada edim. Ustozimiz Nuriddinxon Islomov ham taziya izhor etgani tashrif buyurdi. Shu joyda suhbat asnosida bir otaxon uztozdan zakot va uning hukmlari haqida savol so‘radi.
Unutma, Iymon yaxshi...!
Harom issiq har oshdan,
Halol qattiq non yaxshi.
Vafosiz qalam qoshdan,
Yorsiz o‘tgan on yaxshi!
Hasad qilma havas qil,
Yomon so‘zdan tiygin til.
Qalbi qarolardan, bil,
Yerda unmas don yaxshi!
Qo‘lingda bo‘lsa hunar,
Nasibang oson unar.
Yutug‘ingdan quvonar,
Bitta mehribon yaxshi!
Safar yursang gar uzoq,
Do‘sting tojik yo qozoq.
Rishta bog‘lab mahkamroq
Yurgani karvon yaxshi!
Yetimlarni urganlar,
Jigardan yuz burganlar.
Shaytonni do‘st bilganlar,
Sizlardan tilsiz hayvon yaxshi!
Qor ketib kelar bahor,
Har umrning so‘ngi bor.
Barchamiz bir gunohkor,
Tavbayu-istigfor yaxshi!
Bo‘lsin desang yo‘lim oq,
Chin inson bo‘l, xalol, pok.
Qiyomatda bor so‘roq,
Unutma Iymon yaxshi...!
HAR KECHADA VOQEA SURASINI O‘QISH
Hofiz ibn Asokir Abdulloh ibn Mas'ud haqida shunday rivoyat qiladi: “Abdulloh ibn Ma'sud vafot etishi arafasida betob bo‘lib qoldi. Usmon ibn Affon uning ziyoratiga kelib: “Nimadan shikoyating bor?” deb so‘radi. Ibn Ma'sud: “Gunohlarimdan”, dedi. Usmon ibn Affon: “Nimani xohlaysan?” deb so‘radi. Ibn Ma'sud: “Rabbimning rahmatini”, dedi. Usmon ibn Affon: “Senga tabib buyuraymi?” dedi.
Sir yopding imon topding
Islom dini insonlarni har taraflama komil bo‘lishga chorlaydi. Komil inson hech qachon birovni sirini ochmaydi. Kim birovni sirini ochib uni sharmanda qilsa gunohi azim qilgan bo‘ladi. Ko‘pincha ikki kishi o‘rtasida ozgina kelishmovchilik chiqsa darhol bir birini sirlarini ochib sharmanda qilishga tushadi. Avvalam bor inson o‘z sirlarini har kimga aytmasligi kerak, sir egasidan boshqaga chiqdimi sirligi qolmaydi. Amr ibn Ossdan rivoyat qilingan hadisda shunday deyilgan “Birovga sirimni aytsam, uni fosh qilgani uchun malomat qilmayman. Qanday ham uni malomat qilay? Axir o‘zim uni sig‘dira olmadimku”. Demak, o‘z ichingda saqlay olmay siringni birovga aytdingmi, u ham birovga aytsa, sen undan xafa bo‘lma. U ham senga o‘xshagan inson. Payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallam: “Kim senga bir gap aytib, atrofga alanglab qo‘ysa bu omonatdir”, deganlar. Chunki gap aytaturib xavotirlangan odam, gapimni boshqa birov eshitib qolmasin, degan ma'onda alanglab qo‘ydi. Demak, bu gap sir saqlanishi lozim bo‘ladi. Bu gapni sir saqlamay boshqalarga aytgan odam esa, xiyonatkordir.
DO‘ST TANLASHDA ADASHMANG
“Unvonul-bayon” asarida “Do‘stlikni olovning ichida bo‘lsa ham saqlagin. Sening do‘stliginga loyiq bo‘lmagan kishining yo‘lini ochiq qo‘y”, -degan hikmat keltirilgan.
OLOVDAN HAM KUCHLI KUYDIRUVCHI O‘T
Olov yomon narsa, biror joyga tushsa yondirib, kul qiladi. Olov yaxshi narsa. Unda lazzatli taomlar pishiriladi, sovuqda isiniladi. Olovning yaxshi va yomon tomoni bitta xususiyatidan: kuydiradi. Demak, kuyish-kuydirish yaxshi ham yomon ham bo‘lishi mumkin. Qozonni moy, har xil g‘ubor bosib, uni yuvganda toza bo‘lmasa olovga tutiladi. Hammasini kuydirib, top-toza qiladi. Shunday, olov tozalaydi. Noasl narsalarni kuydirib yo‘q qiladi. Zang bosib chirigan temirni olovda qizdirilsa, zangi ketib qaytadan toza va mustahkam qotishmaga aylanadi. Olov oltinni boshqa ma'danlardan, qalbaki qo‘shimchalardan ajratadi. Ana shunday, olov tozalaydi.
Alloh yuborgan buyuk yo‘lboshchi
Alloh taolo cheksiz rahmati sabab insoniyatga ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydigan payg‘ambarlarni yubordi. Payg‘ambarlik ilohiy fazl bo‘lib, Alloh taolo o‘zi xohlagan bandalarini bunga musharraf aylagan. Payg‘ambarlikka na aql, na kasbu mahorat, na ortiqcha ibodat bilan va na meros yo‘li bilan erishib bo‘ladi. Balki, Alloh o‘z bandalaridan xohlaganini tanlab oladi va payg‘ambarlik darajasiga ko‘taradi. Bu darajaga faqatgina Allohning tavfiqiyu ilhomi ila yetishiladi. Alloh taolo payg‘ambarimiz Muhammad (sollalohu alayhi va sallam)ni darajalarini boshqa barcha payg‘ambarlarga nisbatan baland qilgan. Chunki u kishidan ilgari o‘tgan payg‘ambarlar faqat bir qavmga yuborilgan, payg‘ambarimiz esa butun insoniyatga oxirgi payg‘ambar etib yuborildilar. Alloh taolo bu haqida payg‘ambarimiznng o‘zlariga xitob qilib aytadiki: “( Ey Muhammad!) Biz Sizni, haqiqatdan, barcha odamlarga xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchi bo‘lgan holingizda (payg‘ambar qilib) yubordik ...” ( Sab'a surasi , 28- oyat).
Musaffo e'tiqod – saodat kaliti
Bismillahir rohmanir rohim
Bilmoq kerakkim, muqaddas Islom dinining metinligi va Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sallollohu alayhi vasallamning yo‘llarining kamoli uchta ilmga asoslanadi. Bular: Fiqh, Aqoid va Tasavvuf. Ushbu ilmlarning maqomi ulug‘ va darajasi yuksakdir. Bunga dalil sifatida Imom Muslim rahimahullohning hazrati Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan mashhur hadisni keltirishimiz mumkin. Hazrati Umar roziyallohu anhu aytadilar:
Rasululloh tushimga kirsa
Ko‘z yoshimga cho‘milar edim,
Rasululloh tushimga kirsa.
Saodatga ko‘milar edim,
Rasululloh tushimga kirsa.
Mayli yig‘lab bo‘lsam ham ado,
Diydoriga bo‘lsin jon fido.
Alloh meni siylab mabodo,
Rasululloh tushimga kirsa.
Men bandai ojiz qulini,
Yengil qilsa dard mushkulini.
Yig‘lar edim ushlab qo‘lini,
Rasululloh tushimga kirsa.
Yo‘q men oyoqlarin quchardim,
Shodligimdan ko‘kka uchardim.
Roziman borimdan kechardim,
Rasululloh tushimga kirsa,
Bir chetida o‘sha davrani,
Ostonasin o‘psam Ka'bani.
Suhbatini tinglasam qani,
Rasululloh tushimga kirsa.
Duolarim takroru takror,
Umidimni uzmasman zinhor.
Uzoqlardan bo‘lsa xam bir bor,
Rasululloh tushimga kirsa.
Titratadi hatto shu tilak,
Diydoridan kelsa gar darak.
Bitta joyda tosh qotsam kerak,
Rasululloh tushimga kirsa.
Jahongirxon Bahodirxon o‘g‘li - O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati xodimi
Bersa Xudo bersin...
Molu mulk bevafo sohibiga ham,
Sulaymon davlati ko‘rinadi kam.
Shukr qil Yaratgan bermasidan g‘am,
Bersa Xudo bersin, boshqasi bekor.
Mavludi sharif muborak!
Hozir biz rabi'ul avval oyida turibmiz. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom Fil (fil voqeasi bo‘lgan) yilida (melodiy 571-yil), rabi'ul avval oyining (mashhur qavlda) o‘n ikkinchisida Arabiston yarim oroli, Makka shahri, Quraysh qabilasida tavallud topdi. Bu kunlarda Payg‘ambarimizga ko‘proq salovatlar, salomlar, duolar qilishimiz lozim chunki, Alloh taolo bu kunlarni Payg‘ambarimizni tug‘ilishi bilan qadrladi. Insonlarni zulmatdan nurga va ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi Payg‘ambarimiz rostgo‘y Muhammad sallollohu alayhi vasallam tug‘ildi. Payg‘ambarimizning tug‘ilishi bandalar uchun Allohni barakasi va rahmati bo‘ldi. O‘sha davrlarda insonlar jaholat zulumatida yashar edi. Qizlarini tiriklayin ko‘mar, kuchli kuchsizni yeb tugatar, qo‘shni qo‘shniga g‘ayirlik qilar, jamiyatda tarafkashliklar ko‘p bo‘lib, hayot izdan chiqqan edi.
O‘zbekistonda tahsil olgan xorijlik ulamolar, davlat va jamoat arboblari (Sobiq itfoq davri)
1. Rossiya Bosh muftiyi Tal'at Tojiddin.
2. Rossiyaa muftiylar kengashi raisi Ravil G‘aynuddin.
3. Chechiniston Respublikasi sobiq (marhum) Prezidenti Ahmad Qodirov.
4. Qirg‘iziston Respublikasi sobiq qozisi Abdumannon Abdurahmon.
5. Turkmaniston Respublikasi qozisi Nasrulloh Ibodulloh.
6. Kavkazorti musilmonlari diniy idorasi Shayxul islom Allohshukur Poshshazoda.




















