Maqolalar

TASAVVUF VA ZAMONAVIY TARIQATCHILIK

Tasavvuf islom olamining ijtimoiy-falsafiy, axloqiy-madaniy, ma'naviy-ma'rifiy hayotida katta ta'sirga ega bo‘lgan diniy-irfoniy ta'limot bo‘lib, IX–X asrlardan boshlab musulmon jamiyati orasida keng yoyila boshlagan.

 

Tasavvur qilib ko‘ringchi!

Alloh taolo Qur'oni Karimda Nabiy sollallohu alayhi vasallam haqlarida shunday marhamat qilgan:

وَإِنَّكَ لَعَلى خُلُقٍ عَظِيمٍ

“Va albatta, sen ulkan xulqdasan” (Qalam surasi, 4-oyat).

 

Idorada ishlagan ibratli insonlar: ZOHIDXON QODIROV

1951 yili Sayram shahrida tug‘ilgan. 1975 yili Buxorodagi “Mir Arab” madrasasini, 1979 yili Toshkent Islom oliy ma'hadini, 1982 yili Liviyadagi “Islom da'vati” fakultetini bitirgan. 1989-1995 yillari Toshkent Islom institutida mudarris, rektor o‘rinbosari, rektor, diniy idora raisining o‘rinbosari, 1995-1996 yillari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xalqaro bo‘limi mudiri, 1996-2001 yillari Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston “Dorussalom” qo‘shma korxonasi bosh direktori, 2001 yildan boshlab Quvayt davlatining O‘zbekistondagi elchixonasi xodimi bo‘lib ishlaydi. “Payg‘ambarlar qissasi”, “Imomi A'zam Abu Hanifa” kabi kitoblari bor. “Payg‘ambarimizning jufti halollari” kitobini arabchadan o‘zbek tiliga o‘girgan.  

“O‘zbekiston musulmonlari idorasi” kitobidan, 28-29-betlar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi

 

SAHOBIYYANING SABOTI

Sahobalar barcha holatlarda yo‘lchi yulduzlardir. Ular farishta bo‘lishmagan. Ular ham bashar, gunoh qilishgan. Biz kabi go‘sht va suvdan iborat inson bo‘lishgan. Ularda ham nafs va shayton nomli dushmani bo‘lgan.

 

SIZNI KO‘RGIM KELDI Yo RASULALLOH

Makka-yu Madina ko‘chalarida,

Sizni ko‘rgim keldi yo Rasulalloh.

Rabi'ul avvalning kechalarida,

Sizni ko‘rgim keldi yo Rasulalloh.

 

Idorada ishlagan ibratli insonlar: ABDUQAHHOR G‘AFFOROV (Shoshiy)

1939 yili Toshkentda tug‘ilgan. 1956-1960 yillari Buxorodagi “Mir Arab” madrasasida, 1965-1969 yillari Misrdagi “Al-Azhar” dorilfununida o‘qidi. So‘ngra O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi xalqaro bo‘limi mudiri, “Mir Arab” madrasasi direktori, Toshkent Islom oliy ma'hadi rektori vazifalarida ishladi. “Islom aqidasi”, “Islom arkonlari”, “Namoznoma”, “Ro‘zanoma”, “Hajnoma” “Zakotnoma”, “Miftahul qiroa”, “Qur'oniy hikoyalar” kabi risola va kitoblari bosilib chiqqan. Hazrati Imom Abu Bakr Qaffol Shoshiyning “Javomi'ul kalim” asarini o‘zbekchaga tarjima qildi.

“O‘zbekiston musulmonlari idorasi” kitobidan, 28-bet.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi

 

Eh, bugun yana bomdodga men turolmadim

Azon aytsa Muazzinlar uxlamasdan,

Bizni o‘ylab o‘zlarini o‘ylamasdan.

Men bo‘lsachi, yotaverdim uyalmasdan,

Eh, bugun yana bomdodga men turolmadim.

 

Er-xotin biri ikkinchisiga libosdir

Alloh Taolo daslab otamiz Odam alayhissalomni, so‘ngra onamiz Havvoni yaratdi. Keyin ularni bir oila qilib ulardan ko‘p erkaklar va ayollarni tarqatdi. Barcha payg‘ambar alayhimussalomlar bu yo‘lni tutib, oila asosida halol, pok yashab kelganlari insoniyat uchun ibrat namunasidir. Ularning hayotlarini o‘rgansak, o‘zimizning hayotimizni anchagina isloh qilgan bo‘lamiz.

 

«To‘rt narsadan g‘aflatda qolmang!»

Shayx Muhammad Mutavalliy Sha'roviy rohimahulloh aytadi:

«To‘rt narsadan g‘aflatda qolgan to‘rt kishiga hayronman.

Birinchisi, g‘am-g‘ussaga botgan odam. U qanday qilib Yunus alayhissalomning Qur'onda kelgan, «Laa ilaaha illaa anta, subhaanaka, inniy kuntu minaz-zolimiyn» (Sendan o‘zga iloh yo‘q, Seni poklab yod etaman! Men o‘zimga zulm qilib qo‘ydim) degan duosidan g‘aflatda qoladi? Axir U Zot bu oyatning ketidan «Biz uning duosini ijobat qildik va g‘am-g‘ussadan najot berdik» demoqda-ku! (Anbiyo surasi, 87-88-oyatlar).

Ikkinchisi, katta zarar yetgan odam. U qanday qilib Ayyub alayhissalomning Qur'onda kelgan, «Inniy massaniyad-durru va anta arhamur-rohimiyn» (Menga og‘ir zarar yetdi. Ammo Sen rahm qiluvchilarning eng rahmlisisan) degan duosidan g‘aflatda qoladi? Axir U Zot bu oyatning ketidan «Biz uning duosini ijobat qildik va unga yetgan zararni ketkazdik» demoqda-ku! (Anbiyo surasi, 83-84-oyatlar).

Uchinchisi, dahshatga tushgan odam. U qanday qilib Nabiy sollallohu alayhi vasallam boshliq musulmonlarning «Hasbunalloh va ni'mal-vakil!» (Bizga Allohning O‘zi kifoya, U Zot qanday yaxshi vakil!) degan g‘aflatda qoladi? Axir U Zot bu oyatning ketidan «Ular Allohning ne'mati va fazli ila qaytdilar, ularga aslo zarar yetmadi» demoqda-ku! (Oli Imron surasi, 173-174-oyatlar).

To‘rtinchisi, odamlarning makriga aldangan kishi. U qanday qilib Muso alayhissalomning Qur'ondagi «Va ufavvidu amriy ilalloh. Innalloha basiyrun bil'ibaad» (Ishimni Allohga topshirdim. Albatta, Alloh bandalarni ko‘rib turuvchidir) degan so‘zidan g‘aflatda qoladi? Axir U Zot bu oyatning ketidan «Alloh uni ularning yomon makridan saqladi» demoqda-ku? (G‘ofir surasi, 44-45-oyatlar)».

Manba: Azon.uz

 

Yangi ish boshlashda bajariladigan 4 amal

  1. Ushbu oyatni o‘qish:

قَالَ رَبِّ اشْرَحْ لِي صَدْرِي وَيَسِّرْ لِي أَمْرِي وَاحْلُلْ عُقْدَةً مِنْ لِسَانِي يَفْقَهُوا قَوْلِي

“Robbishroh li sodri va yassir li amri vahlul 'uqdatan min lisani yafqohuu qovliy”

“Robbim! (Bu qiyin vazifaga) bag‘rimni keng qilgin va ishimni oson qilgin hamda tilimdan tugunni (duduqlikni) echib yuborgin, (toki) ular (qavmim) gapimni (yaxshi) anglasinlar” (Toho surasi, 25-28 – oyatlar). 

  1. Ushbu duoni o‘qish:

“Robbi yassir va la tu'assir. Robbi tammim bil xoyri”

“Robbim! Oson qilgin, qiyin qilma. Robbim, (ishimni) yaxshilik bilan tugatgin”. 

  1. Har bir ishni Alloh uchun xolis bajarish.

Alloh taolo bunday marhamat qiladi: (Barcha ishlarni) chiroyli qilingiz. Albatta, Alloh chiroyli (ish) qiluvchilarni yaxshi ko‘radi” (Oli Imron surasi, 195-oyat).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Albatta, sizlardan biringiz biror ish qilsa, Alloh uni puxta qilishini sevadi”, deganlar (Imom Bayhaqiy rivoyati). 

  1. Yolg‘ondan uzoq bo‘lish.

“Mol (va boylik)laringizni o‘rtalaringizda botil (yo‘llar) bilan yemangiz!” (Baqara surasi, 188-oyat).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim aldamchilik qilsa, bizdan emas”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

 Davron NURMUHAMAD 

Manba: Muslim.uz

 

Idorada ishlagan ibratli insonlar: SALOHIDDIN MUHIDDINOV

1936 yili Farg‘ona viloyatining Islom qishlog‘ida tug‘ilgan. 1962 yili Buxorodagi “Mira Arab” madrasasini, 1974 yili Toshkent Islom oliy ma'hadini bitirdi. 1974-1978 yillari Liviya universitetining shariat va qonun fakultetida tahsil oldi. Birmuncha vaqt “Sovet sharqi musulmonlari” jurnali bosh muharririning birinchi yordamchisi va madrasa mudarrisi bo‘lib ishladi. 1978 yildan umrining oxirigacha Toshkent Islom institutida fiqh, Islom tarixi, mazhablar tarixi, tafsir va hadis fanlaridan dars berdi, masjidlarda imom-xatiblik qildi. 1990-1994 yillari Movarounnahr musulmonlari idorasida masjidlar va fatvo bo‘limining boshlig‘i, 1990 yildan 2000 yilgacha Xalqaro Islom tadqiqot markazi bo‘lim mudiri bo‘lib ishlagan. “Oila va shar'iy nikoh odoblari”, “Islomda o‘lim va janoza masalalari” kabi kitoblari chop etilgan.   

“O‘zbekiston musulmonlari idorasi” kitobidan, 27-bet.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi

 

Hanafiylik mazhabining o‘ziga xos xususiyatlaridan

  • Hanafiy mazhabida ko‘zi ojiz kishiga juma namozi va haj ibodati farz emas.Agar farz deyilganda, ularga mashaqqat tug‘dirilgan bo‘lardi;
  • Hanafiy mazhabida bir kecha-kunduzdan ko‘p vaqt behush yotgan odamning qoldirgan namozlari soqit bo‘ladi. Agar soqit bo‘lmasdan qazo qilishi farz deyilganda, bir necha kun behush yotgan bemorlarga mashaqqat bo‘lar edi;
  • Hanafiy mazhabida ayollarning guvohligi ham inobatga olinadi. Masalan, bir erkak va ikki ayolning guvohligida nikoh aqdi tuzulsa bo‘ladi;
  • Hanafiy mazhabida biror jihozni yasashga buyurtma berish uchun avvaldan haq to‘lash joiz bo‘ladi. Agar joiz bo‘lmaganda ko‘plab hunarmand va buyurtmachilrga mashaqqat bo‘lar edi.
  • Hanafiy mazhabida ikki ayolning o‘rtasidan o‘tsa, tahorat buzulmaydi. Bu esa haj va umra ziyorati kabi bugungidek odam gavjum bo‘ladigan o‘rinlarda ziyoratchilarga  yengillik tug‘diradi. 

Zayniddin ESHONQULOV – O‘MI Samarqand viloyat vakili, viloyat bosh imom xatibi (manbalar asosida)

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing