Ayol va jamiyat
Ma'lumki, huquqiy demokratik jamiyatda ma'naviy-ruhiy erkinliklarga tobora keng yo‘l ochilmoqda. Sog‘lom fikrli va irodali, go‘zal xulqli, solih amalli ayolni kamolot va hidoyat sari yo‘llash ayni kunda muhim va dolzarb vazifa ekanini anglab yetdik. Har bir musulmon ayoli nafaqat o‘zining kelajagi va oxirati uchun, balki jamiyatning istiqboli, uning farovonligi uchun ham mas'ul inson ekanligini his qilishi lozim. Oilasiz jamiyat, davlat bo‘lmagani kabi, ayolsiz oilani tasavvur etib bo‘lmaydi.
Tilimiz bizni aziz yoki xor qiladi
Har kuni, har onda tilimizdan chiqadigan so‘zlar bizni aziz yoki xor qilishi mumkin. Oilalarning baxtli bo‘lishi, mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning o‘rnatilishi - tildan chiqayotgan shirin so‘zlar sababidandir. Bugungi kunda ko‘p oilalarning barbod bo‘lib, tirik yetimlarning ko‘payishi, aka-uka, qarindoshlar bir-biri bilan yuz ko‘rmas bo‘lib ketishi mana shu tillardan shoshqaloqlik bilan chiqqan so‘zlarning achchiq mevasidir. Bir og‘iz so‘z bilan dillar orom olsa, bir og‘iz so‘z bilan qalblar vayron bo‘ladi.
Ayyom muborak
Quyosh chiqdi, borliq nurafshon,
Yeru-samo nurlarga to‘lsin.
Bugun juma, qadrli inson,
Ayyomingiz muborak bo‘lsin.
IXLOS
Taqvo va zohidlikda mashhurligi tufayli "qorilar bezagi" degan laqab olgan Muhammad ibn Vose' (223- hijriyda vafot etgan) ixlos haqida gapirar ekan, shunday der edi:
Jaholatga qarshi ma'rifat – dinning asl mohiyatlaridan biri
Prezidentimiz tomonidan 2018 yil 16 aprelda qabul qilingan «Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonda ma'rifatparvarlik, bag‘rikenglik, mehr-muruvvat, bunyodkorlik kabi ezgu fazilatlar va qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashda diniy-ma'rifiy soha vakillarining o‘rni va ishtirokini oshirish hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq bir qator vazifalar belgilab berildi.
Idorada ishlagan ibratli insonlar: ASRORQUL MAVLONQULOV
1938 yili Qo‘qonda Muhammadqul eshon oilasida tug‘ilgan, o‘rta maktabda o‘qish asnosida otasidan boshlang‘ich diniy ta'lim olgan. Bir muddat Toshkentdagi “Baroqxon”, keyin Buxoroning “Mir Arab” madrasasida tahsil ko‘rdiyu Uchinchi bosqichda o‘qiyotganida diniy idora tavsiyasi bilan Marokashning Fos shahridagi Karaviyyin xalqaro dorulfununi shariat fakultetiga o‘qishga yuborildi. Yigirma olti yoshida “Mir Arab” madrasasiga mudir (direktor) bo‘ldi. Bu orada Qo‘qon pedagogika instituti tarix fakulteti sirtqi bo‘limida o‘qidi. Ikki yil o‘tgach, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlar diniy boshqarmasiga mas'ul kotib etib tayinlandi. 1972 yili Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom oliy ma'hadini tashkil etish tashabbuschilaridan, so‘ng ilk rektori bo‘ldi. Arab, rus, ingliz, farang tillarini mukammal bilardi. 1977 yili 39 yoshida vafot etgan.
“O‘zbekiston musulmonlari idorasi” kitobidan, 26-27-betlar.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Yoshlarimiz oldidagi burchimiz
Allohning o‘zi yaratgan bandalariga bergan ne'matlari nihoyatda ko‘p. Bu ne'matlarni sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Shudardan biri tinchlik-osoyishtalik, xotirjam yashashdir. Busiz hayotning zavqi, fayzi yo‘q. Allohning inoyati istiqlol sharofati tufayli xalqimiz mana shunday osuda yashamoqda. Lekin, biz kundalik radio, televideniya, internet saytlari yoki ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan xabarlarda jahonning ko‘pgina davlat va mamlakatlarida notinchlik, buzg‘unchilik, tabiiy ofatlar sodir bo‘layotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Albatta, qabih ishlar, qo‘poruvchilik sodir etilayotgan joylarda xalq qiynalmoqda. Uy-joyidan vatanidan jido bo‘lib, og‘ir ahvolda kun kechirayotir.
Hanafiylik mazhabining o‘ziga xos xususiyatlari
Mazkur mazhab o‘zining mo‘tadilligi, islom dinining asl mazmun-mohiyatini ifodalab berishi, musulmonlarning o‘zaro hamjihatligida, turli huquqiy muammolar oson hal qilinishida, ba'zida yuzaga keladigan har xil ziddiyatlarni bartaraf etilishida muhim asos bo‘lib kelmoqda.
Hayot shunday yaralgan!
Kim boyvachcha kim g‘arib,
Kimlar olisga ketgan,
O‘z baxtini axtarib.
Kim nochoru kim bemor,
Davo istar dardi bor.
Katta gunoh mo‘minni iymondan chiqarmas
Qur'oni karimni biz uchun ikki dunyo saodati qilib nozil qilgan va Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatlaridan qilib yaratgan Alloh taologa Uning zotiga munosib hamdu sanolar bo‘lsin!
SHAYX XUDOYDOD VALIY
Biz doimo buyuk ajdodlarimiz, ulug‘ allomalarimiz va avliyolarimiz bilan faxrlanamiz. Lekin har-doim ham “Bu ulug‘ zotlar qanday qilib bunday darajaga erishdi?” degan savolni o‘zimizga bermaymiz. Buyuk olimlar, aziz avliyolar ham onadan tug‘ilgan. O‘zlarining sa'y-harakati bilan ulug‘ maqomlarga erishadi.
Sog‘inganim Rasulim
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.




















