Maqolalar

AL-JOMI' AS-SAHIHDA FITNALAR MASALASINING YORITILISHI (2-maqola)

Imom Buxoriy hazratlarining “al-Jome' as-sahih” asaridagi “Fitnalar” kitobining ikkinchi bobida 7052- raqam bilan kelgan hadisi sharifda musulmon kishi fitnalarga duch kelanda nima qilmoq kerakligi aniq va ravshan bayon qilingan:

Abdulloh ibn Mas'ud rivoyat qiladilar: “Rasululloh (sallallohu alayhi vasallam) bizga qarata: “Men vafot qilganimdan keyin asara (Mol-dunyo to‘plab manmanlik qilmoq)ning hamda o‘zlaringiz nafratlanadigan boshqa ishlarning guvohi bo‘lasizlar,” – dedilar. Sahobalar: Yo Rasululloh, bizga nima deb amr qilasiz? U zot: “Amirlaringizning farmoishlariga itoat etinglar va Alloh taolo oldidagi burchingizni bajo keltiringlar!” – dedilar”.

Hadisning umumiy ma'nosi:

 

Istixora namozi

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Ma'lumki, Islom.uz saytida berilayotgan darslar, yangiliklar, maqolalar haqida muxlislarimiz o‘z fikr-mulohazalarini, takliflarini yozib qoldirishmoqda. Biz bundan mamnunmiz. Shunday ma'lumotlarning birida «Istixora» namozi haqida ma'lumot berishimizni so‘rashgan. Bu namoz to‘g‘risida avvalroq saytimizda ma'lumot berilgan bo‘lsada Alloh taoloning tavfiqini so‘ragan holda aziz muxlislarimizga takroran ushbu namoz qay tarzda ado etilishi, duolari to‘g‘risida batafsil ma'lumot bermoqchimiz. Alloh taolo beriladigan ma'lumotlarni xalqimizga manfaatli va foydali qilsin, xato nuqsonlarimizni O‘zi mag‘firat etsin!

 

AL-JOMI' AS-SAHIHDA FITNALAR MASALASINING YORITILISHI (1-maqola)

Ma'lumki, din ezgulik va barcha yaxshiliklar manbai hisoblanadi. Darhkaqiqat, islom dini jamiyatni ma'lum bir tartibga solish va  insoniyatning hayotini go‘zallashtirish uchun nozil qilingandir. Ammo, sof islomiy e'tiqodni noto‘g‘ri talqin qilish yoki ba'zi bir siyosiy kuchlarning o‘z manfaatlari yo‘lida dindan foydalanish oqibatida musulmonlar orasida turli fitnalarni kelib chiqishi tarixda ham hozirda ham mavjud bo‘lgan ko‘z yumib bo‘lmas holatdir. Agar biror jamiyatning ma'lum makonida bir fitna boshlansa-yu, u jamiyatning oqil insonlari johillarini unga aralashib qolishdan to‘sib qola bilmasa, u fitna kengayib jamiyatdagi oqilni ham johilni ham, solihni ham fojirni ham o‘z domiga tortadi. Jamiyatda buzg‘unchilik ko‘paysa, yaxshi-yomon birdek jazolanadi. Agar hech kim zolimning qo‘lini zulmdan to‘xtatmasa, Allohning balosi hammaga yog‘iladi. “Payg‘ambarning amriga xilof ish qiladigan kimsalar o‘zlariga biron fitna-kulfat yetib qolishidan yoki alamli azob yetib qolishidan hazir (ehtiyot) bo‘lsinlar”. (Nur surasi, 63-oyat).

 

Mazhab bizga nega kerak?

Alloh taologa hamdu sanolar, payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sallollohu alayhi vasallamga, u zotning oila ahllariga hamda bizlarga shariat hukmlarini to‘g‘ri tushuntirib, unga to‘g‘ri amal qilish yo‘llarini ko‘rsatib bergan mazhabboshi imomlarimizga salavotu salomlarimiz bo‘lsin.

 

O‘YLAMASDAN SO‘YLAMA!

Insoniyatning asosiy muomala quroli til bo‘lib, barcha munosabat va muloqotlar gaplashish orqali amalga oshiriladi. Dono xalqimizda tilga ehtiyotkor bo‘lish, har bir jumlani  o‘ylab so‘ylash, so‘zlashish madaniyati haqida juda ko‘p ibratli hikmatlar bor.

 

“Shahidlik” niqobidagi qotillik

Istiqlol sharofati bilan yurtimizda diniy va milliy qadriyatlarimiz qayta tiklandi. Diyorimiz musulmonlarining asriy orzu-umidlari ro‘yobga chiqa boshladi. Natijada, manaviyatimiz tobora yuksalib boryapti. Mamlakatimiz moddiy va ma'naviy jihatdan kun sayin taraqqiy etayotir. Lekin, afsus, bu ne'matlardan foydalanib, shukr o‘rniga noshukrlik qiladigan, g‘animlarimiz nog‘arasiga o‘ynaydigan, o‘z yurtiga tosh otadigan nabakorlar ham yo‘q emas. Ayniqsa, chet ellarda bo‘lgani kabi, bizning mamlakatimizda ham turli ekstremistik, buzg‘unchi aqidaparast va mutaassib oqimlarning botil aqidalariga ergashib zalolatga ketgan gumrohlar ham borligi kishini ranjitadi. Erta bahorda yerdan bodrab chiqadigan qo‘ziqorindek paydo bo‘lib, so‘ng sarobdek so‘nib yo‘k bo‘lib ketayotgan yangi-yangi oqimlarga bir nazar tashlasangiz, ularning ildizlari, asoslari va g‘oyalari uzoq tarixdagi xorijiylar, murjiiylar, shia va mo‘tazila kabi buzg‘unchi toifalar bilan hamohang ekanini tushunasiz.

 

Yon qo‘shnim-jon qo‘shnim

Insonning yaxshi-yomon kunida qo‘ni-qo‘shni asqotadi. Xalqimizda “Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi qo‘shni yaxshi” degan naql bor. Shuning uchun mahalladagi barcha yig‘inlarda ishtirok etish, maraka va marosimlarda qatnashish, bemorlardan hol so‘rash, muhtojlardan xabar olib turish kabi ishlar kishining fazilatini oshiradi.

 

Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning farzandlari

   1. Qosim. 597 milodiy yil tug‘ilgan (umri 17 oy)

Onasi: Xadija binti Xuvaylid (roziyallohu  anha)

Tug‘ilgan joyi: Makkai Mukarrama

Vafot etgan joyi: Makkai Mukarrama.

 

  1. Zaynab (roziyallohu anha), 600 milodiy yil tug‘ilgan (umri 31 yosh)

Onasi: Xadija binti Xuvaylid (roziyallohu  anha)

Tug‘ilgan joyi: Makkai Mukarrama

Vafot etgan joyi: Madinai Munavvara (Baqi' qabristoni)

 

  1. Ruqayya (roziyallohu anha), 603 yil tug‘ilgan (umri 22 yosh)

Onasi: Xadija binti Xuvaylid (roziyallohu  anha)

Tug‘ilgan joyi: Makkai Mukarrama

Vafot etgan joyi: Madinai Munavvara  (Baqi' qabristoni)

 

  1. Ummu Kulsum (roziyallohu anha), 604 yil tug‘ilgan (umri 28 yosh)

Onasi: Xadija binti Xuvaylid (roziyallohu  anha)                          

Tug‘ilgan joyi: Makkai Mukarrama

Vafot etgan joyi: Madinai Munavvara (Baqi' qabristoni)

 

  1. Fotima (roziyallohu anha), 605 yil tug‘ilgan (umri 29 yosh)

Onasi: Xadija binti Xuvaylid (roziyallohu  anha)                          

Tug‘ilgan joyi: Makkai Mukarrama                                                  

Vafot etgan joyi: Madinai Munavvara (Baqi' qabristoni)

 

  1. Abdulloh (Toyyib Tohir), tug‘ilgan vaqti - nubuvvatni dastlabki yillari (umri 1 yoshga yaqin)

Onasi: Xadija binti Xuvaylid (roziyallohu  anha)                          

Tug‘ilgan joyi: Makkai Mukarrama                                                    

Vafot etgan joyi: Makkai Mukarrama        

 

  1. Ibrohim, 630 yil tug‘ilgan (umri 18 oy)                                                    

Onasi: Moriya Qibtiyya (roziyallohu  anha).                                           

Tug‘ilgan joyi: Madinai Munavvara                                                          

Vafot etgan joyi: Madinai Munavvara (Baqi' qabristoni)                    

Manbalar asosida tuzuvchi: Ozod NAZAROV - Pastdarg‘om tuman bosh imom-xatibi  

 

«Ibrohim alayhissalomni ko‘rganman»

Maqomi Ibrohim kubga o‘xshash tosh. Ibrohim alayhis salom ana shu tosh tepasidan turib odamlarni hajga chaqirganlar. Shayx Sha'roviyning bu toshga bog‘liq qissalari bor. Bu hodisa 1954 yilda shayx Makkai mukarramada shariat fakultetida ishlayotgan paytda bo‘lgan. O‘sha paytda maqomi Ibrohimni o‘z o‘rnidan olib boshqa joyga ko‘chirish harakati boshlandi. Ya'ni tavof qiluvchilarga joyni kengaytirib, Maqomni orqaga o‘tkazish kerak edi. Podshoh uni ko‘chirish uchun seshanba kunini belgiladi. Shayx Sha'roviy aytadilar:

"Men bu voqeani besh kun oldin Haramda namoz o‘qigani kelganimda to‘satdan eshitib qoldim. Saudiya olimlari bu ishga Rasululloh sallollohu alayhi va  sallamning maqomni oldingi joyidan ko‘chirganlarini dalil qilishayotgan ekan. Maqom oldin Ka'baga yopishib turgan bo‘lgan".

 

M u r o j a a t (Yolg‘on va'dalarga uchmoqqa tayyor ayrim yoshlarga)

Yo‘l-ayro, turibsan ovora, sarson,               

Qay birin tanlashga, balki, sen hayron?!

Fikr qilgin, shoshilma, borida imkon,

Ko‘zing och, birodar, ortingga bir boq!

 

            Yolg‘on va'dalarga uchmagin zinhor,

            Begona yurtlarda bo‘lajaksan xor.

            Shundayin bir Vatan, aytgin, qayda bor?!

            Ko‘zing och, birodar, ortingga bir boq!

 

Mudhish jar ustida turibsan, inon,

Befoyda, deydilar, so‘nggi po‘shaymon,

Og‘a-ining senga bo‘lmasin dushman,

Ko‘zing och, birodar, ortinga bir boq!

 

           Bu yerda otang bor, hamda volidang,

           Muz qotgan tosh kabi qotmasin diydang.

           Tubsiz chohga tushib demagil “attang”,

            Ko‘zing och, birodar, ortingga bir boq!

 

Dunyoga nazar sol, qaylardir vayron,

Goh huda-behuda to‘kilmoqda qon.

Nahot shundoq bo‘lsin bizning xonadon...

Ko‘zing och, birodar,ortinga bir boq!

 

           Unutma, sen-elning bitta farzandi,

           Ko‘zi yosh onaning asali, qandi.

           Sen tug‘ilgan uyning bormi monandi?!

           Ko‘zing och, birodar,ortingga bir boq!

 

Zahmatkash zamin bu, to‘ralar bo‘lgan,

Bir da'vatga minglab “ura”lar bo‘lgan,

Jigar-kabob, tana-quralar bo‘lgan,

Ko‘zing och, birodar,ortinga bir boq!

 

          Islom, deb Islomni Yaratgan berdi,

          O‘zbekning o‘zligin qaytadan berdi.

          Ba'zan qiyin kunni ataydan berdi,

          Ko‘zing och, birodar,ortingga bir boq!

         

  Ming shukrkim, farovon kunlarga yetdik,

  Bobolar orzusin ruyobin etdik.

  Nurli bir istiqlol yo‘lidan ketdik.

  Ko‘zing och, birodar, ortinga bir boq!

 

          Hayot o‘tkinchidir, bo‘lmaymiz ustun,

          Bizdan Vatan qolsin mustaqil, gulgun.

          Minnatdor odamlar desin o‘shal kun:

          Ko‘zing och, birodar,ortinga bir boq!

 

Bolalarda sunnatga muhabbat uyg‘otish

Alloh taolo Qur'oni Karimda shunday marhamat qilgan:

قُلْ إِن كُنتُمْ تُحِبُّونَ اللّهَ فَاتَّبِعُونِي يُحْبِبْكُمُ اللّهُ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ذُنُوبَكُمْ وَاللّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ

“Sen: «Agar Allohga muhabbat qilsangiz, bas, menga ergashing. Alloh sizga muhabbat qiladi va sizlarni gunohlaringizni mag‘firat qiladi», deb ayt” (Oli Imron surasi, 31-oyat).

 

Yoshlik oltin davr

Alloh taolo tomonidan insoniyatga ato etilgan eng sara va ardoqli ne'mat shubhasiz yoshlikdir.  Payg‘ambarimiz alayhissalom ham o‘zlarining muborak hadisi shariflarida:

         “Keksalikdan oldin yoshlik vaqtini g‘animat biling” deganlar.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing