O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Маданият

Rasululloh tushimga kirsa

 
 

Ko‘z yoshimga cho‘milar edim,

Rasululloh tushimga kirsa.

Saodatga ko‘milar edim,

Rasululloh tushimga kirsa.

Mayli yig‘lab bo‘lsam ham ado,

Diydoriga bo‘lsin jon fido.

Alloh meni siylab mabodo,

Rasululloh tushimga kirsa.

 

Men bandai ojiz qulini,

Yengil qilsa dard mushkulini.

Yig‘lar edim ushlab qo‘lini,

Rasululloh tushimga kirsa.

 

Yo‘q men oyoqlarin quchardim,

Shodligimdan ko‘kka uchardim.

Roziman borimdan kechardim,

Rasululloh tushimga kirsa,

 

Bir chetida o‘sha davrani,

Ostonasin o‘psam Ka'bani.

Suhbatini tinglasam qani,

Rasululloh tushimga kirsa.

 

Duolarim takroru takror,

Umidimni uzmasman zinhor.

Uzoqlardan bo‘lsa xam bir bor,

Rasululloh tushimga kirsa.

 

Titratadi hatto shu tilak,

Diydoridan kelsa gar darak.

Bitta joyda tosh qotsam kerak,

Rasululloh tushimga kirsa.

Jahongirxon Bahodirxon o‘g‘li - O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati xodimi


Kiritilgan vaqti: 09/11/2019 13:34;   Ko‘rilganligi: 1315
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/culture/rasululloh-tushimga-kirsa
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 03:06
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing