Har bir mo‘min bilishi kerak! (1 qism)
“Risolatul mustarshidiyn” asarining muallifi Horis ibn Asad Muhosibiy mo‘minlarga nasihat o‘laroq quyidagi gaplarni aygan. Ta'kidlash lozimki, bu nasihatlarga amal qilishga har bir mo‘min kishi muhtojdir:
“Niyatingni tekshirgin, maqsadingni aniqlagin. Zero, savob olish niyatga bog‘liqdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Albatta, amallar niyatlarga bog‘liqidir. Albatta, har bir kishiga niyat qilgan narsasi bo‘ladi”.
Eng yaxshi va eng yomon odam
Abdurahmon ibn Abu Bakra roziyallohu anhudan, u otasidan rivoyat qiladi: “Bir kishi: “Ey, Allohning Rasuli! Insonlarning qaysisi afzal” – dedi. U zot sollallohu alayhi vasallam: “Umri uzoq bo‘lib, amali chiroyli bo‘lgani” – dedilar. U: “Insonlarning qaysinisi yomon” – dedi. U zot sollallohu alayhi va sallam: “Umri uzoq bo‘lib, amali yomon bo‘lgani” – dedilar” (Imom Termiziy rivoyati).
Ilm uchun 14000 kmlik safar
Imom al-Buxoriy ilm talabida Islom yurtlarini deyarli hammasiga safar qilganlar. Yurtlarida ekanliklarida o‘n olti yoshga to‘ldilar. Shundan so‘ng hadis talabida uzoq muddatli rihlatga otlanib, uni dastlab onalari va akalari Ahmad hamrohligida Baytullohga haj qilishdan boshladilar.
Akalari Ahmad onalari bilan haj safaridan Buxoroga qaytadi. Imom Buxoriy esa Makkada qolib, hadis ilmini o‘rganishda davom etadi. Bu mashg‘ulot Imom al-Buxoriyning qolgan butun muborak umrlarini band etib, u kishi shu maqsad yo‘lida o‘sha vaqtda Islom olamida mavjud bo‘lgan ko‘pchilik ilmiy markazlarga bordilar. O‘sha yerlardagi shayx ulamolar og‘zidan hadislar yozib oldilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning hadisi shariflarini to‘plash, ularni musulmonlar orasida yoyish yo‘lida behad mashaqqatlar chekkanlari tufayli vujudlari toliqib cho‘pdek ozg‘in bo‘lganlar. Qanchadan-qancha xavfi xatarlarni boshdan kechirgan.
“Abu Hanifani faqat ilmsiz kishigina ayblaydi!”
Abu Hanifa rahimahulloh buyuk fiqh madrasasi sohibi, fiqhda va taqvoda imom. Zamonasidan bugunga bugungacha eng katta fiqhiy mazhab asoschisi. Barcha ilmlarga peshqadam bo‘lgan zot. Zamonasidagi va keyingi ulamolar u kishini e'tirof etib, ko‘p maqtovlar aytganlar. Ammo ba'zi olimlar tomonidan u kishi hadis ilmi borasida e'tirozlar va ta'nalar yetgan. Bunday e'tirozlar ummat qabul qilgan ulamolarga ta'sir qilmaydi.
O‘zingizdan iz qoldiring!
Ezgulik so‘qmoqlarida o‘zingizdan iz qoldiring. Chunki buning oxiratda ajr-mukofoti bo‘ladi. Allohning huzurida aslo zoye bo‘lmaydi. Axir Alloh taolo bu haqda aytgan-ku: “Albatta, Biz, O‘zimiz o‘liklarni tiriltirurmiz va ular taqdim qilgan narsalarni va qoldirgan asarlarni yozurmiz” (Yosin surasi, 12-oyat).
Ustozni xotirlab
Alloh taolo yaratgan barcha mahluqotlar ichida eng azizu mukarrami shubhasiz, insondir. Qur'oni karimda: “Darhaqiqat, (Biz) Odam farzandlarini (aziz va) mukarram qildik...” (“Isro” surasi, 70-oyat) deb marhamat qilinadi. Shu bois ham, dinimiz ahkomlari, muqaddas kitoblarimizda ibodat, imon masalalari bilan bir qatorda insonni ulug‘lash, insoniy munosabatlarning oliy darajada bo‘lishligi nazarda tutiladi.
Emizikli ona har bir tomchi sut uchun mukofot oladi
Tug‘ilgandan so‘ng, odam ona sutiga muhtoj. Ushbu noyob mahsulot, qodir Alloh taoloning irodasi bilan, kichik organizm uchun zarur bo‘lgan ko‘plab vitaminlar va ozuqa moddalarini o‘z ichiga oladi. Bolasini boqayotganda, ayol unga sevgisini va g‘amxo‘rligini namoyish etadi.
Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar Islomiy fiqh akademiyasi Kengashiga qabul qilindi
20 aprel kuni Saudiya Arabistoni poytaxtida Islom olami uyushmasi tarkibidagi Islomiy fiqh akademiyasining 23-davra yig‘ilishida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar ushbu kengash a'zoligiga qabul qilingani aytildi.
Islomiy fiqh akademiyasi Islom olami uyushmasi (Robitat al-olam al-islomiy)ga qarashli Islom dunyosining taniqli faqih va yetuk ulamolaridan tashkil topgan mustaqil, yuridik maqomga ega bo‘lgan nufuzli ilmiy tashkilotdir.
“MENING OILAM QAYERDA?”…
Alloh taolo farishtalar tilidan shunday marhamat qiladi: “Ey Robbimiz, ularni ham, otalaridan, juftlaridan va zurriyotlaridan ahli solih bo‘lganlarini ham O‘zing ularga va'da qilgan adn jannatlariga kiritgin. Albatta, Sening O‘zing azizu o‘ta hikmatli zotsan” (G‘ofir surasi 8-oyat).
ABU BAKR MUHAMMAD NARSHAXIYNING “BUXORO TARIXI” ASARI
Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far ibn Zakariyya Xattob ibn Sharik Narshaxiy mashhur tarixchi sifatida tanilgan. U 899 yil Buxoro vohasining Narshax qishlog‘ida dunyoga kelgan[1]. Alloma haqidagi ma'lumotlar manbalarda kam uchraydi. Bu haqda Sa'oniyning “Kitobul ansob” asarida u kishining to‘liq ismini Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far ibn Zakariyo ibn xattob ibn Sharik deb keltirilgan[2]. Abu Bakr Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asari orqali u kishi haqida ba'zi ma'lumotlar saqlanib qolgan. Somoniylar saroyida kotiblik qilgan. Narshaxiy. 943-944 yillarda "Buxoro tarixi" ("Tahqiqi viloyati Buxoro") nomli asarini arab tilida yozib, uni somoniylar amiri Nuh ibn Nasr (hukmronlik davri: 943-954)ga bag‘ishlagan. Narshaxiyning o‘g‘li Abu Bakr Mansur va nevarasi hadisshunos olim Abu Rafi al-Ala ibn Mansur ibn Muhammad ibn Ja'far asarni arab tilida davom ettirishib, Mansur ibn Nuh (hukmronlik davri: 997-999), ya'ni, so‘nggi somoniylar davrigacha to‘ldirishgan. Nasafiyning "Kitob al-qand"[3] ("Samarqandiya") va Abu Sa'd as-Sam'oniy (1113-1167)ning "Kitob al-ansob" asarlarida Narshaxiy. haqida ma'lumotlar mavjud. Narshaxiy. o‘zi tug‘ilgan qishlog‘ida vafot etgan. Asarning asl nusxasi bizgacha yetib kelmagan. 1128 yil Quvalik Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad al-Qubaviy asarni fors tiliga qisqartirib tarjima qilgan. 1178-1179 yillarda asar 2-marta qisqartirilgan.
Tavrot, Zabur, Injil va Furqonda harom qilingan amal
Zino axloqsizliklar ichida eng jirkanchidir. U jamiyatni ma'naviy inqiroz sari yetaklaydi. Zino insoniylik kushandasidir. Shariatimiz ahkomlarida bu illatning gunoh ekani barchaga ma'lum.
Alloh subhonahu va taolo bandalarni nafaqat zinodan, balki unga yaqin borishdan ham qaytaradi: “Fahsh–buzuq ishlarning oshkorasiga ham, maxfiysiga ham yaqinlashmang” (An'om surasi, 151-oyat).
Bid'at tushunchasi va uning turlari
Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam «Kim Islomda go‘zal sunnat paydo qilsa va undan keyin o‘sha sunnatga amal qilinsa, unga o‘shanga amal qilganlar ajriga o‘xshash ajr, ularning ajridan biror narsa noqis qilinmagan holda yozilib turadi. Kim Islomda bir yomon sunnat paydo qilsa va undan keyin o‘sha sunnatga amal qilinsa, unga ham o‘sha amal qilganlar gunohiga o‘xshash gunoh, ularning gunohlaridan biror narsa noqis qilinmagan holda yozilib turadi » dedilar.