Islom Dinida Muhabbat Tushunchasi
Muhabbat, Islom dinida muqaddas va axloqiy qadriyat hisoblanadi. Qur'on va Hadislar mazmunida muhabbatning qadr-qimmati va ahamiyati haqida ko‘p marta eslatib o‘tilgan. Quyida ularning bir qanchasini sanab o‘tamiz.
1-Allohga bo‘lgan Muhabbat
Islomda eng oliy muhabbat Allohga bo‘lgan muhabbatdir. Allohga bo‘lgan muhabbat, ibodat va itoatda ko‘rinadi. Qur'onda bu haqda shunday deyilgan:
*"Mo‘minlar Allohni sevishda o‘zaro kuchli va birgalikda bo‘lurlar."* (Al-Baqara, 165)
2-Payg‘ambar Muhammad (S.A.V)ga bo‘lgan Muhabbat
Musulmonlar uchun Muhammad (s.a.v) ga bo‘lgan muhabbat, diniy axloq va hayot tarzining ajralmas qismidir. Hadisda shunday deyiladi:
*"Sizlardan hech biringiz mening sizlarga otalari, bolalari va barcha insonlardan ortiq sevmaguncha mukammal mo‘min bo‘lolmaysiz."* (Bukhari va Muslim)
3-Ota-onaga bo‘lgan Muhabbat
Islomda ota-onaga hurmat va muhabbat ko‘rsatish muqaddas burch hisoblanadi. Bu haqda Qur'oni Karimda bunday deyiladi:
*"Va Robbing, faqat Uning o‘ziga ibodat qilishingizni va ota-onangizga yaxshilik qilishingizni buyurdi."* (Al-Isra, 23)
4- Birodarlik va Umma Muhabbati
Islom ummat orasida do‘stlik va birodarlik muhabbatini targ‘ib qiladi. Bu haqda Hadisda shunday deyilgan:
*"Musulmon musulmonning ukasidir. Unga zulm qilmaydi va uni yolg‘iz qoldirmaydi."* (Bukhari va Muslim)
5- Nikoh va Oilada Muhabbat
Oiladagi muhabbat va hurmat Islomda yuqori qadrlanadi. Nikoh, Islomda shaxsiy va jamiyat farovonligi uchun muhim ahamiyatga ega.
*"Sizlar uchun xotinlaringizda tinchlik va xotirjamlik bo‘lsin deb, ulardan sizlarga juftlar yaratdi va orasiga muhabbat va rahm-shafqat solib qo‘ydi."* (Ar-Rum, 21)
Quyidagi Qur'on oyatlari ham yuqoridagilar uchun ochiq dalil hisoblanadi.
Qur'ondan Muhabbat Haqida Ochiq Oyatlar:
Allohga Bo‘lgan Muhabbat
*"Ayting: “Agar Allohni sevsangizlar, bas, menga ergashingizlar, shunda Alloh sizlarni yaxshi ko‘radi va gunohlaringizni mag‘firat qiladi". Alloh mag‘firatli va rahmli."*
- (Surah Al-Imran, 31)
Ota-onaga Hurmat va Muhabbat.
*"Robbing, faqat Uning o‘ziga ibodat qilishingizni va ota-onangizga yaxshilik qilishingizni buyurdi. Agar ikkisidan biri yoki har ikkisi keksalik davrida sizning yoningizda bo‘lsa, ularga "uf" ham demang va qo‘pollik qilmang, ularga ehtiromli so‘zlar ayting."*
- (Surah Al-Isra, 23)
Birodarlik Muhabbati.
*"Musulmonlar faqat birodarlardir. Bas, birodarlaringiz orasini tuzating va Allohdan qo‘rqing, shoyad rahm qilinsangizlar."*
- (Surah Al-Hujurat, 10)
Nikoh va Oiladagi Muhabbat.
*"Sizlar uchun xotinlaringizda tinchlik va xotirjamlik bo‘lsin deb, ulardan sizlarga juftlar yaratdi va orasiga muhabbat va rahm-shafqat solib qo‘ydi. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat-beligilar bordir."*
- (Surah Ar-Rum, 21).
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, muhabbat tushunchasi islom dinining asl mohiyatini ifodalaydi. Chunki, islom dinigina Muhabbat tushunchasini keng yoritib, uning nechog‘lik keng tuahunchaligini Qur'on oyatlari hamda Hadisi Shariflarda Keng bayon qilib bergan.
Mansurov Doniyorjon Payariq tumani “Olim Shayx” jome masjid imom-noibi
Kiritilgan vaqti: 20/11/2024 09:13; Ko‘rilganligi: 148
Chop etilgan vaqti: 16/01/2025 21:09