O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Sabr-u toqat va kechirimlilikda Rosululloh sollallohu a'layhi vasallamdan qanday ibrat olamiz?

 
 

 Alloh tao'loga hamd-u sanolar, rosulimiz sollallohu a'layhi vasallamga durud-u salomlar bo‘lsin.

Avvalambor shuni ta'kidlab o‘tmoqchiman-ki, bu erkin mavzu bo‘lganligi, bundan tashqari barcha musulmon ummati uchun qadrli bo‘lgan robiu'l avval oyida turganimizdan foydalangan holda, insonning boshiga tushadigan mashaqqat bo‘lsin, g‘am-qayg‘ular bo‘lsin, yoki-da qavm-u qarindosh, xotin bola-chaqalaridan keladigan aziyatlar bo‘lsin bularning barchasiga peshvoyimiz bo‘lgan zotdan qanday qilib sabr-u toqat va karamli bo‘lishni o‘rganishimiz kerakligi borasida maqola yozishga qaror qildim.

Maqolamda gaplar bir-biriga qovushmasligi yoki chiroyli chiqmasligi mumkin. Muhimi bu emas. Muhimi rosulimga bo‘lgan muhabbatni izhor etishdir. Xuddi-ki, qaldirg‘och o‘z muhabbatini rosuli va Robbisiga ko‘rsatganidek.

بسم الله الرحمن الرحيم

 Alloh tao'lo Quroni Karimda marhamat qilib aytadi;

لَّقَدْ كَانَ لَكُمْ فِي رَسُولِ اللَّهِ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ لِّمَن كَانَ يَرْجُو اللَّهَ وَالْيَوْمَ الْآخِرَ وَذَكَرَ اللَّهَ كَثِيرًا (٢١

 Batahqiq, sizlar uchun; Allohdan va oxirat kunidan umidvor bo‘lganlar uchun va Allohni ko‘p zikr qilganlar uchun Rasulullohda go‘zal o‘rnak bor edi. (Ahzob surasi 21- oyat)

 Haqiqatda ham Alloh tao'lo aytganidek Rosulimizda bizning dunyo-yu oxiratimiz uchun eng foydali va olishimiz lozim bo‘lgan barcha eng go‘zal o‘rnaklar u zoti bobarakotda mujassam bo‘lgan.

 Alloh tao'lo ماينطقعنالهوى وdeya e'tirof etgan rosulining tilidan butun insoniyatga, xoh u kofir bo‘lsin xoh musulmon bo‘lsin, barchasiga xitob qilib aytadi;

الم (١) أَحَسِبَ النَّاسُ أَن يُتْرَكُوا أَن يَقُولُوا آمَنَّا وَهُمْ لَا يُفْتَنُونَ (٢

  1. Alif lam mim. 2. Odamlar «Iymon keltirdik», deyishlari ila sinalmay, tark etilishlarini o‘yladilarmi? (A'nkabut surasi 1-2 oyatlar)

 Alloh tao'lo yuqoridagi oyat ila barcha insonlarning bu dunyoda sinovdan o‘tmay o‘z hollariga tark qilib qo‘yilmasliklarini ochiq-oydin bayon qilib berdi.

 Barcha narsalarning qonun-qoidasi bo‘lganidek, Alloh tao'loning ham butun olamlarga xususan bizning dunyoga joriy qilgan qonun-qoidasi bor. Alloh tao'lo joriy qilgan qonunni o‘zining quyidagi oyati ila tushunib olishga harakat qilamiz.

 Alloh tao'lo;

الَّذِي خَلَقَ الْمَوْتَ وَالْحَيَاةَ لِيَبْلُوَكُمْ أَيُّكُمْ أَحْسَنُ عَمَلًا ۚ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْغَفُورُ(٢)

  1. U o‘lim va hayotni sizlarning qaysilaringiz amalda yaxshiroq ekaningizni sinash uchun yaratdi. U o‘ta izzatlidir, o‘ta mag‘firatlidir.", (Mulk surasi 2-oyat) deb marhamat qiladi.

Demak, bu oyati karimadan o‘lim va hayotni, insonlarning qaysilari Allohning roziligiga loyiq yaxshiroq amal qilishlarini sinash uchun yaratganligini tushunsak bo‘ladi. Xo‘sh, Alloh tao'lo insonlarni qanday sinaydi?

 Alloh tao'lo barcha narsalarni, shuningdek insonlarning qalblarini o‘ta bilguvchi zot bo‘lganligi uchun ham ularning iymonlari qancha kuchli bo‘lsa sinovlari va mashaqqatlarini ham shuncha qattiqroq qiladi. Agar iymonlari sust bo‘lsa, sinovlari va mashaqqatlarini ham iymonlariga yarasha yengilroq qiladi. Bunga Rosulullohning quyidagi hadisi shariflari dalil bo‘ladi.

عن سعد بن أبي وقاص - رضي الله عنه - قال: سئل النبي - صلى الله عليه وسلم -: أيُّ الناس أشد بلاءً؟ قال: ((الأنبياء، ثم الأمْثَلُ فالأمثل، يُبتلَى الرجل على حسب دينه، فإن كان في دينه صلابة زِيدَ صلابةً، وإن كان في دينه رقَّةٌ خُفِّف عنه، ولا يزال البلاء بالعبد حتى يمشي على الأرض ما له خطيئة

Sa'd ibn Abi Vaqqos raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan: "Qaysi odamlar eng qattiq sinovga uchraydi?" deb so‘rashdi. U zot: "Payg‘ambarlar, so‘ngra ularga eng o‘xshashlari, keyin yana eng o‘xshashlari. Odam o‘z diniga qarab sinovga uchraydi. Agar dinida qat'iyat bo‘lsa, sinovlar unga ko‘proq beriladi, agar dinida zaiflik bo‘lsa, sinovlar yengil qilinadi. Bandaning gunohlari qolmagunicha uning boshidan sinovlar arimaydi", dedilar.

 Rosulullohning bu hadislaridan, sinov va mashaqqatlarning eng qiyini payg‘ambarlarga bo‘lishi yaqqol namoyon bo‘ladi.

 Bunga Rosulullohning o‘z boshlaridan o‘tgan bir voqeani misol qilib keltirishim mumkin. Bu voqeada inson zoti chidashi amri mahol bo‘lgan, musibat-u aziyatlarga sabr-u toqat va bunday insonlarga nisbatan kechirimli bo‘lib robbilari bilan qay holda bog‘langanliklari va kishi bunday mushkul paytdarda nima qilish kerakligini biz ummatlarga o‘rgatayotganliklari yaqqol ravshanlashadi. Zero Robbim o‘z payg‘ambarini bekorga mo‘minlarga marhamatli, mehribon Payg‘ambar deb atamagan.

Voqea quyidagicha bo‘lgan edi.

 Rosululloh Toifga bordilar va da'vat qilib kelayotgan paytlarida u yerda Rosulullohni toshbo‘ron qildilar, so‘kdilar va haqorat qilib haydashdilar. Hamma joylari qonga belangan rosulim yo‘lda kelayotib bir bo‘sh joy topib namoz o‘qidilar. Namoz o‘qib bo‘lganlaridan keyin duo qildilar. Rosulullohning duolari sahobai kiromlardan rivoyat qilingan. Rosulullohning duolari e'tibor bilan eshitib fahmlansa, Rohmatulloh Alloh tao'loga o‘ta bog‘langanliklari, juda ham yaqin ekanliklari va Allohdan boshqa hech narsa Rosulullohda bo‘lmaganligini ko‘rish mumkin. Rosulullohning duolari quyidagicha bo‘lgan;

اللهم إني أشكو إليك ضعف قوتي وقلة حيلتي وهواني على الناس ،

أنت رب المستضعفين وأنت ربي.

إلى من تكلني إلى بعيد يتجهمني أم إلى عدو ملّكته أمري

إن لم يكن بك غضب عليّ فلا أبالي

ولكن عافيتك أوسع لي أعوذ بنور وجهك الذي أشرقت به الظلمات

 وصلح عليه أمر الدنيا و الآخرة

من أن تنزل بي غضبك أو يحل عليّ سخطك لك الحمد حتى ترضى

 ولا حول ولا قوة إلى بك.

Ey Allohim,  men Senga kuchimning zaifligi, choramning kamligi va odamlar oldida qadrsiz ekanligimdan shikoyat qilaman. Sen zaiflarning Rabbisan va mening ham Robbimsan. Meni kimga tashlab qo‘ymoqdasan? Bir dushmanning qo‘ligamiki, u menga nisbatan badbin?Agar Sen mendan g‘azablanmagan bo‘lsang, menga farqi yo‘q, lekin Sening omonliging menga kengroq. Sening nurli Zotingga qochaman-ki u nur tufayli zulmatlar yoritildi va dunyo-yu oxirat ishlari isloh bo‘ldi. Sening g‘azabing menga tushishidan yoki Sening nafrating menga yetishidan panoh so‘rayman. Sen rozi bo‘lguncha Senga hamdlar bo‘lsin. Hech qanday kuch va qudrat Sensiz yo‘q.

Odamlar Rosulullohni urib, so‘kib, haydashsalar-da, Allohga odamlardan shikoyat qilmay, "Ey Allohim zaiflik menda, men sening da'vatingni yetkazishda qayeridadir xato qildim, eplolmadim.", dedilar. Shikoyat qilmadilar, "Men sening da'vatingni yetkazib beraolmayabman, menga yordam ber.", demadilar. Balki, "Seni da'vatingni o‘zimning nuqsonim sabab yetkaza olmayotganim uchun menga g‘azab qilmayotgan bo‘lsang bo‘ldi.", dedilar.

Rosulullohning bu duolarida Allohga muhabbat ila taslim bo‘lishliklari borligini ko‘rishimiz mumkin.

Bu dunyo shunday. Mashaqqatlar insonlar uchun o‘lchov tarozisidir. Chunki mashaqqatlar nafsning bir holatdan boshqa bir holatga o‘tishidagi eng yaxshi uslubdir. Kishining boshiga tushadigan turli xil qiyinchiliklar bor. Qancha insonlarning ishlari o‘xshamaydi, qanchalarining yaxshi ko‘rganlari vafot etadi, qanchalari to‘shakka mixlanib qoladi. Qanchalari esa ter to‘kib topgan mol-dunyosidan ajralib qoladi. Dunyo hayoti hammasi tekkis o‘tadigan joy emas. Qaysi bir inson dunyoning asl mohiyatini tushunib yetsa, mashaqqatlariga siqilmaydi, kengchiliklariga xursand bo‘lib aldanib qolmaydi. Zero, Alloh tao'lo dunyo hayotini sinov diyori qildi. Rohat-farog‘atda yuradigan joy qilmadi. Dunyo uqubatlarini oxirat ne'matlarini berish uchun sabab qildi. Har bir narsa uchun badal bo‘lganidek, oxiratdagi ne'matlar uchun ham dunyodagi mashaqqat-u musibatlar evaz bo‘ladi. Xuddiki, bu dunyoda iymonimizga badal to‘layotganimiz kabi. Sahobai kiromlar bu badalni o‘ta a'lo darajada hattoki jonlarini fido qilib bo‘lsada bu badalni o‘tadilar. Shu yerda aytishim munosib bo‘ladiki, mo‘min kishining hayoti uch bosqichdan iborat bo‘ladi.

  1. Kishi unda o‘z ayblaridan va nafsining kamchiliklaridan ibrat oladi.
  2. Bu bosqichda esa turli xil sinovlarga uchraydi.
  3. Oxirgi bosqichda esa, hurmat-izzat qilinadigan bo‘ladi.

Yuqorida aytib o‘tilgan mashaqqat, turli xil musibatlar va uch bosqichdan iborat bo‘lgan bosqichlar ila Alloh tao'lo yaxshini yomondan ajratib oladi. Bunga quyidagi oyatlar ham dalolat qiladi.

 الم (١) أَحَسِبَ النَّاسُ أَن يُتْرَكُوا أَن يَقُولُوا آمَنَّا وَهُمْ لَا يُفْتَنُونَ (٢ وَلَقَدْ فَتَنَّا الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۖ فَلَيَعْلَمَنَّ اللَّهُ الَّذِينَ صَدَقُوا وَلَيَعْلَمَنَّ الْكَاذِبِينَ

  1. Alif lam mim. 2. Odamlar «Iymon keltirdik», deyishlari ila sinalmay, tark etilishlarini o‘yladilarmi? 3. Va, batahqiq, Biz ulardan oldingilarni ham sinovdan o‘tkazganmiz. Bas, Alloh, albatta, sodiq bo‘lganlarni ham bilajak, yolg‘onchilarni ham bilajak. (Ankabut surasi 1-2-3-oyatlar)

 

لِيَمِيزَ اللَّهُ الْخَبِيثَ مِنَ الطَّيِّبِ وَيَجْعَلَ الْخَبِيثَ بَعْضَهُ عَلَىٰ بَعْضٍ فَيَرْكُمَهُ جَمِيعًا فَيَجْعَلَهُ فِي جَهَنَّمَ ۚ أُولَٰئِكَ هُمُ الْخَاسِرُونَ  (٣٧

 Alloh pokdan nopokni ayirishi uchun va nopokning ba'zisi ustiga ba'zisini taxlab, hammasini jahannamga tashlashi uchun. Ana o‘shalar ziyon ko‘rguvchilardir. (Anfol surasi 37-oyat)

Allohning maxluqotlari ustida joriy qilgan qonuni shudir. Odam a'layhis salomni yaratdi, u kishi bilan shaytonni ham yaratdi. Ibrohim a'layxis salomni yaratdi, u kishi bilan Namrutni yaratdi. Muso a'layhis salomni yaratdi, u kishi bilan Fira'vnni yaratdi. Rosulullohni yaratdi, u kishi bilan Abu Jahl va uning atrofdagilarini yaratdi. Bundan bilinadiki, Payg‘ambarlarning dushmanlari ham musibatlari ham ko‘proq va mashaqqatliroq bo‘lar ekan. Alloh tao'loning quyidagi oyati bunga yaqqol dalildir.

وَكَذَٰلِكَ جَعَلْنَا لِكُلِّ نَبِيٍّ عَدُوًّا شَيَاطِينَ الْإِنسِ وَالْجِنِّ يُوحِي بَعْضُهُمْ إِلَىٰ بَعْضٍ زُخْرُفَ الْقَوْلِ غُرُورًا ۚ وَلَوْ شَاءَ رَبُّكَ مَا فَعَلُوهُ ۖ فَذَرْهُمْ وَمَا يَفْتَرُونَ (١١٢

 Ana shunday qilib, har bir nabiyga insu jin shaytonlarni dushman qilib qo‘ydik. Ba'zilari ba'zilariga aldash uchun jimjimador gaplarni «vahiy» qilurlar. Agar Robbing xohlasa, buni qilmas edilar. Bas, ularni o‘zlari to‘qiyotgan narsalar ila qo‘yib qo‘y! (Ano'm surasi 112-oyat)

ألا سلعة الله غالية ألا سلعة الله الجنة

Bilib qo‘yinglar, Allohning matosi qimmatdir. Allohning matosi jannatdir. Shunday ekan sinov va mashaqqatlar ham og‘ir bo‘ladi.

Mana shu oyatlarning o‘zi bizlarni sinov va musibatlarga sobitlik ila turishga undaydi. Rosullarning sunnatlari ham mashaqqatlarga mustahkam turishdan iborat bo‘lgan. Xuddi yuqorida tanishib o‘tganimizdek. Bundan tashqari, qanchadan qancha insonlar bor, musibatlar sabab robbisini tanidilar. Qanchadan qancha insonlar bor, mashaqqatlar sabab Allohning ibodatiga o‘tdilar. Bularning barchasida Allohning hikmati bor.

Shunday ekan musibatlar paytida bizga o‘rnak bo‘lib ketgan rosulimizning aytgan so‘zlari va qilgan amallariga ergashgan holda sabr-u toqat va kechirimli bo‘lmog‘imiz kerak bo‘ladi.

Maqolamni, Rosulullohga quyidagilarni atab tugatmoqni o‘zimga lozim deb bildim.

 

صلوا على هادين المصطفى طه نبينا

جاءنا للخير هادى رحمة من عند الهادى

في مدحه أنا قلبي ينادى ابن عبد الله

صلوا على هادين المصطفى طه نبينا

هو خير العالمين ابن عبد الله

هو مسك الخاتمين منبع للخير فينا

نوره نور مبينا خير عباد الله

 

Numonov Izzatulloh

Mir Arab Oliy madrasasi talabasi


Kiritilgan vaqti: 02/10/2024 13:26;   Ko‘rilganligi: 177
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/sabr-u-toqat-va-kechirimlilikda-rosululloh-sollallohu-alayhi-vasallamdan-qanday-ibrat-olamiz
Chop etilgan vaqti: 16/01/2025 21:29
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing