Safarning ham o‘z qoidalari bor
Bugungi kunda ko‘plab O‘zbekistonliklar xorij mamlakatlarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirmoqdalar. Ular orasida ayollar va yoshlar ham bor. Hozirgi kunlarimizda ham xorijga ketayotganlar va bir muddat xorijda bo‘lib vataniga qaytib kelayotgan fuqarolar har bir mahallada, har kuni uchrab turibdi. Kim qayerda mehnat qilish bu uning istagi. Ana shu xorijga, o‘qish va yoki boshqa maqsadlarda ketayotgan fuqarolarimiz munosib shart-sharoitlarda mehnat qilishlari, salomatligini asrash va adashib turli terroristik va ekstremistik tashkilotlar hamda islom dinini niqob qilib olgan guruhlar va sektalar ta'siriga tushib qolmasliklari, o‘zligini yo‘qotmaslik, shu bilan birga har xil kasalliklarni orttirib olmaslik, o‘z Vatani va oilasiga sadoqatli bo‘lib qolishlari muhim sanaladi.
attaqo‘rg‘on shahrida faoliyat olib borayotgan imom-xatiblar xorijga ketayotgan fuqarolar bilan safar oldidan suhbatlashib ana shu jihatlar haqida ularga kerakli tushuncha va nasihatlar bermoqda. “Qoriravot” jome masjidi imom-xatibi Saydillo Ro‘ziyev uzoq muddatga Sankt-Peterburg shahriga ishlash uchun ketayotgan Yangiqishloq mahallasida yashovchi fuqaro Boymurodov Shahzod bilan suhbat o‘tkazdi. Shuningdek, “Mashrab” jome masjidi imom-xatibi Abduhamid Norbekov ham Islom shoir mahallasida yashovchi ishlash uchun Chelyabinsk shahriga ketayotgan Eshdavlatov Maruf bilan suhbatlashdi
Safarning o‘ziga yarasha mashaqqat va qiyinchiliklari bo‘ladi. Hadisi sharifda: “Safar azob-uqubatning bir ko‘rinishidir. Sizlardan biringiz safarga chiqsa, taomi, ichimligi va uyqusidan to‘la bahra ololmaydi, (safarda) istagi hosil bo‘lsa, oila-ahliga shoshilsin”, deyilgan (Imom Buxoriy rivoyati). Alloh taolo barcha musofirlikda yurganlar va safarga chiqish niyatada turganlarning safarini xayriyatli qilsin!
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 29/10/2019 15:03; Ko‘rilganligi: 1117
Chop etilgan vaqti: 16/09/2024 00:26