O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Yiqilganni suyash – savobli amal

 
 

Samarqand viloyatida ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar va ularning oilalari bilan ishlashda tizimli amaliy ishlar olib borilmoqda.

Turli holatlarda jinoyat sodir etib, qilgan ishidan pushaymon bo‘lgan va to‘g‘ri yo‘lga kirgan, avf etilgan shaxslarning ijtimoiy moslashuvi va jamiyatda o‘z o‘rnini topishida ko‘maklashish muhim masalalardandir.

Shu maqsadda viloyat hokimining o‘rinbosari Dilshod Mamatqulov rahbarligidagi viloyat ishchi guruhi joylarda bo‘lib,  ular bilan suhbatlar o‘tkazib, muammolarini o‘rganib chiqmoqdalar.

Ana shunday uchrashuv bugun Bulung‘ur, Jomboy, Samarqand tumanlarida bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimining o‘rinbosari D. Mamatqulov, O‘MI Samarqand viloyat vakili Z.Eshonqulov ishtirok etdi. Tadbir davomida tuman ishchi guruhi va imom-xatiblar bilan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning oila a'zolari bilan suhbat qilinib, ularni qiynayotgan muammo va kamchiliklarini bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rildi.   

Xalqimizda "yiqilganni suyash”, degan gap bor. To‘g‘ri yo‘ldan adashgan insonlarni boshqa xato qilmasliklari uchun ijtimoiy muhofazaga olish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega. Jamiyatda o‘z o‘rnini topa olishiga ko‘mak berish nafaqat davlat tashkilotlari, balki mahalla-ko‘yning, barcha yurtdoshlarimizning vazifalaridan biridir.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 24/10/2019 15:41;   Ko‘rilganligi: 901
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/yiqilganni-suyash-savobli-amal
Chop etilgan vaqti: 28/04/2024 05:29
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing