Hojilik maqomiga munosib bo‘lish haqida suhbatlar o‘tkazilmoqda
Shu yil 14 iyul kuni Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Makka shahridagi “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasida muborak haj ibodatini ado etib yurtimizga qaytish arafasidagi bir guruh ziyoratchilar bilan hojilik maqomi va unga munosib bo‘lish haqida mav'iza qilib berdi.
Suhbat davomida Zayniddin domla har bir ziyoratchi ulug‘ haj ibodatiga yetkazgani uchun Haq taologa shukronalar keltirish, hojilik maqomiga munosib bo‘lish yo‘lida yuksak ixlos, go‘zal odob bilan harakat qilishi zarurligini aytdi.
Kattaqo‘rg‘on tumanida aholi bilan muloqotlar tashkil qilindi
Bugun, 2022 yil 08 iyun kuni navbatdagi sayyor yig‘ilish Kattaqo‘rg‘on tumanida tashkil qilindi. Tumandagi mavjud 31 ta masjid imom-xatiblariva noiblar hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblariva 15 nafar iqtidorli imom-xatiblar tumandagi 31 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan va notinch oilalar xonadoniga tashrif buyurdi. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda viloyat ishchi guruhi Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 31 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “Tinchlik qadri”, “Yoshlar kelajagimiz”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” mavzularida ma'ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar.Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.
Samarqand viloyatidan 13 nafar guruh rahbarlari Haj safariga yo‘l olmoqda.
Albatta, guruh rahbarligi mas'uliyatli vazifa hisoblanadi. Shu bois ular bilan Samarqand viloyat vakilligida viloyat bosh imom-xatibi, o‘rinbosarlari hamda shu soha mas'ullari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish odat tusiga kirgan. Ana shunday mashg‘ulotlarning navbatdagisi bugun, 3 iyun kuni vakillik binosida bo‘lib o‘tdi. Uni viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov olib bordi. Ziyoratchilarga rahbarlik qiluvchi guruh rahbarlariga ularning vazifalari va boshqa zaruriy tavsiyalar berildi. Jumladan, ularning burch va mas'uliyatlari, Haj ibodati ruknlari, safarga jo‘nab ketish hamda Saudiya Arabistonidagi tashkiliy ishlarning ularga taalluqli jihatlari atroflicha yoritildi.
Kattaqo‘rg‘on tumani bosh imom-xatibi boshchiligida tumanddagi olis hududga tashrif qilindi
Kattaqo‘rg‘on tumani bosh imom-xatibi Sirojiddin domla boshchiligida tumandagi barcha imom-xatiblar birgalikda tumanning chekka hududida joylashgan “Yonbosh” va “Hoji Abdusamat” masjidlariga tashrif buyurdilar hamda masjidlarda olib brilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdilar.
1- iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni MUBORAK BO‘LSIN!
QADRLI VA MUHTARAM AZIZ BOLAJONLAR!
Sizlarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklayman! O‘zbekistonimizning har bir o‘g‘il-qizi tinch-osuda yurtda, ota-onasi bag‘rida, jism-u joni salomat bo‘lib ulg‘ayishini tilayman.
Buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temur bobomizga ehtirom
Har bir inson yurt farovonligi, obodligi, din, ta'lim, fan va madaniyatning rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shgan. Shuningdek, Shamsuddin qozi, Jaziriy, Shayx Buxoriy va boshqa ko‘plab mashhur olim va ulamolarni o‘ziga rom qilib olgan buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temur bobomizning 686 yilligi keng nishonlanmoqda.
Kemtik qalblarga xushnudlik ulashish vazifamizdir
Ramazon fazilatlarga boy oydir. Uni g‘animat bilib, iloji boricha ko‘proq ibodatu zikr, tilovatu salovat hamda xayr saxovat, beva-bechoralar ko‘ngliga xursandchilik ulashish va buning sababidan ko‘plab ajru mukofotlarga sazovor bo‘lishimiz darkor.
Kattaqo‘rg‘on tumanida aholi bilan muloqotlar tashkil etildi
Joriy yil 22 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi tamonidan Kattaqo‘rg‘on tumanida muammoli mahallalar aholisi bilan uchrashuvlar tashkil qilinib, mahallabay ishlash tizimi tashkil qilindi.
Samarqand vioyatida Ramazon oyiga tayyorgarlik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 29 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan imom-xatiblar ishtirokida “Ramazon oyini yuqori saviyada o‘tkazish munosabati bilan amalga oshiriladigan tadbirlar yuzasidan” tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi xodimlari, ulamolar, imom-xatiblar, ishtirok etdi.
BUGUN, 10 MART KUNI IMOM-XATIBLARIMIZ ISHTIXON, OQDARYO VA TAYLOQ TUMANIDAGI MASJIDLARGA TASHRIF BUYURADILAR
Bugun, 10 mart kuni viloyatimizning bir guruh imom-xatiblari Ishtixon, Oqdaryo va Tayloq tumanlaridagi masjidlarga tashrif buyurib Peshin namozini jamoat bilan birga ado etib, mo‘min-musulmonlarga ma'rifiy suhbatlar qilib beradilar.
ERTAGA, 4 MART KUNI IMOM-XATIBLARIMIZ JUMA NAMOZINI O‘QIB BERISHLIK UCHUN MASJIDLARGA TASHRIF BUYURADILAR
Ertaga, 4 MART kuni viloyatimizning bir guruh imom-xatiblari Urgut, Bulung‘ur, Tayloq va Paxtachi tumanlaridagi masjidlarga tashrif buyurib Juma namozini jamoat bilan birga ado etib, mo‘min-musulmonlarga "ISLOMDA YOYOLLARGA MUNOSABAT" mavzusida ma'rifiy suhbatlar qilib beradilar.
“Kimga yaxshilik qilish eshigi ochilsa, foydalanib qolsin, zero, uning qachon yopilishini bilmaydi”
Qur'oni karim bandalarni tabiatni avaylab-asrash va himoya qilishga chaqiradi. Islom dinida bu vojib amal hisoblanadi.
Alloh taolo insonlarni tabiatga umumiy mulk sifatida qarashga buyurgan. Shu sababdan musulmon kishi uchun yerning barcha boyliklarini muhofaza qilishi zaruriy amallardandir.
ERTAGA, 3 MART KUNI IMOM-XATIBLARIMIZ SAMARQAND SHAHRI VA PAYARIQ TUMANIDAGI MASJIDLARGA TASHRIF BUYURADILAR
Ertaga, 3 mart kuni viloyatimizning bir guruh imom-xatiblari Samarqand shahri va Payariq tumanidagi masjidlarga tashrif buyurib Peshin namozini jamoat bilan birga ado etib, mo‘min-musulmonlarga ma'rifiy suhbatlar qilib beradilar.
BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI VA O‘ZBEKISTON
( 2 mart 1992 yildan beri bayrog‘imiz BMTda )
“Ey imon keltirganlar!
Yoppasiga itoatga kirishingiz va shaytonning
izidan ergashmangiz!
Albatta u sizlarga aniq dushmandir”.
Qur'oni Karim
Baqara surasi 208 oyat
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (ingliz. United Nations) BMT – Yer yuzida tinchlikni va xavfsizlikni ta'minlash, davlatlarning va millatlarning o‘zaro xamkorligini rivojlantirish maqsadida 1945 yil 24 oktyabrda fashizm ustidan g‘alaba qozongan mustaqil davlatlarning ixtiyoriy birlashish asosida tuzilgan eng yirik xalqaro tashkilot.
BMT Ustavida ko‘rsatilgandek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning tengxuquqlili bo‘lishi va o‘z taqdirini o‘zi belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini rivojlantirishni, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni xal etishda xalqlar o‘rtasida xamkorlik bo‘lishini ta'minlashni ko‘zda tutib, shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar xarakatini uyg‘unlashtirib turadigan markazi xisoblanadi.
O‘ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI ULAMOLAR KENGASHI BYOYONOTI
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom
salavotu salomlar bo‘lsin.
Muhtaram yurtdoshlar!
Alloh taolo insonni ulug‘lab, unga ato etilgan ne'mat – tabiatni asrab-avaylash, undan me'yorida, maqsadli foydalanishga buyurgan. Haq taolo “A'rof” surasining 56-oyatida shunday amr qiladi: “Yerni yaroqli qilib qo‘ygandan keyin unda buzg‘unchilik qilmangiz!”




















