O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Hojilik maqomiga munosib bo‘lish haqida suhbatlar o‘tkazilmoqda

 
 

Shu yil 14 iyul kuni Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Makka shahridagi “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasida muborak haj ibodatini ado etib yurtimizga qaytish arafasidagi bir guruh ziyoratchilar bilan hojilik maqomi va unga munosib bo‘lish haqida mav'iza qilib berdi.

Suhbat davomida Zayniddin domla har bir ziyoratchi ulug‘ haj ibodatiga yetkazgani uchun Haq taologa shukronalar keltirish, hojilik maqomiga munosib bo‘lish yo‘lida yuksak ixlos, go‘zal odob bilan harakat qilishi zarurligini aytdi.

Bunday suhbatlar muborak zamindan vatanimizga qaytish arafasidagi barcha hojilarimiz uchun tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 16/07/2022 08:57;   Ko‘rilganligi: 914
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/hojilik-maqomiga-munosib-bolish-haqida-suhbatlar-otkazilmoqda
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 13:15
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing