O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

XUSHXABAR: DOLZARB VA MUHIM MAVZUDAGI KITOB NASHR ETILDI

 
 

 O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari, taniqli ulamo Homidjon qori Ishmatbekovning navbatdagi dolzarb mavzudagi kitobi nashr etildi.

 Muhtaram ustoz Homidjon qori Ishmatbekovning "Islom – ma'rifat dini" deb nomlangan yangi kitobiga muallif tomonidan eng dolzarb mavzularda yozilgan maqolalari jamlangan.

 Kitobga kiritilgan maqolalar mavzusi hamda ularda ko‘tarilgan masalalarning qiziqarli, ishonchli bayon etilgani, ochiq-oydin hujjatlar bilan dalillangani bilan ajralib turadi.

 To‘plamning ahamiyatli jihati, muallif ilm, olimlar, ramazon, tavba, mavlid, Rasulullohga muhabbat, Qur'on qissalari, sabr, duo, qurbonlik, zakot, sadaqa, oila, taloq, qiyos ilmi kabi mavzularni yoritishda Qur'oni karim oyatlari va hadisi shariflar, hikmatlar, ulamolar so‘zlari ila daqiqlik bilan, atroflicha, tushunarli holda bayon etadi. Ushbu kitob o‘quvchini hayotni ilmu ma'rifatsiz tasavvur qilib bo‘lmasligini tushunib yetishga undaydi.

Zero, ma'rifat – bandaning ikki dunyosini yorituvchi nur. Islomiy ma'rifat vositasida biz dunyo va oxiratimiz najoti sari yo‘l topamiz. Shu ma'rifat orqali Robbimizni, Uning qudratini, maxluqotlarini taniymiz, ilohiy Kalomning hikmatini anglaymiz.

▫️Ana shunday ma'rifatdan bahramand bo‘lgan oriflar jamiyatida nafaqat insonga, balki hayvonotga, jamodotga, bir so‘z bilan aytganda butun jonli va jonsiz mavjudotga go‘zal muomalada bo‘linadi. Chunki ma'rifatli insongina hayotdagi o‘z o‘rni va vazifasini anglaydi.

 Alloh taolo ushbu yangi kitobni xalqimizga muborak, o‘qiganlarga manfaatli aylasin!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 07/09/2022 17:35;   Ko‘rilganligi: 294
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/xushxabar-dolzarb-va-muhim-mavzudagi-kitob-nashr-etildi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 14:37
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing