O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqand viloyatiga Rosssiyaning bosh muftiysi Talgat Safa Tojuddin tashrif buyurdi.

 
 

Joriy yilning 4 avgust kuni  Samarqand viloyatiga Rosssiya musulmonlari Markaziy diniy idorasi raisi, Rosssiyaning bosh muftiysi Talgat Safa Tojuddin boshchiligida bir qator ko‘zga ko‘ringan Islom dini vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Mehmonlar O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili Zayniddin domla Eshonqulov tomonidan kutib olindi.

Delegitsiya tashrifi doirasida Viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov bilan  uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvlar chog‘ida ta'lim, fan va madaniyat masalalari hamda diniy-ma'rifiy, ilmiy merosni o‘rganish, qo‘lyozma manbalarni tadqiq etish, nashrlarini amalga oshirish xususida ham o‘zaro fikr almashildi va muayyan xulosalarga kelindi.

Shuningdek, tashrif chog‘ida delegatsiya a'zolari Imom Buxoriy maqbarasi, Samarqand shahridagi qadamjolar hamda mamlakatimizning Birinchi Prezidenti marhum Islom Karimov qabrlarini ziyorat qildilar.

 

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 04/08/2022 13:13;   Ko‘rilganligi: 493
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqand-viloyatiga-rosssiyaning-bosh-muftiysi-talgat-safa-tojuddin-tashrif-buyurdi
Chop etilgan vaqti: 26/04/2024 08:22
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing