O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Rossiya xalqlari assambleyasi rahbari o‘rinbosari Nazirjon Abdug‘aniyevni  qabul qildi

 
 

O‘zbekistonda mehmon bo‘lib turgan Rossiya xalqlari assambleyasi rahbari o‘rinbosari Nazirjon Abdug‘aniyevni bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov qabul qildi. Do‘stona va iliq munosabatlar asosida kechgan suhbat jarayonida mehmonga viloyat bosh imom xatibi mamlakatimizda va xususan Samarqand viloyatida olib borilayotgan diniy sohadagi ijobiy o‘zgarishlar, erishilgan yutuqlar, jumladan diniy ta'lim, vakillik va imom xatiblar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, masjidlardagi qayta qurish va obodonlashtirish jarayonlari borasida batafsil ma'lumot berdi.

Ikki mamlakat xalqlari va musulmon jamiyatlarining kelgusidagi do‘stona aloqa va munosabatlarining yanada mustahkam bo‘lishida bu kabi uchrashuvlar manfaatli bo‘lishi suhbat jarayonida ta'kidlandi. Qolaversa bu kabi do‘stona muloqot davlatlar o‘rtasida hamkorlikning debochasi ekani, kelgusida birgalikda ko‘plab ishlar amalga oshirilishi ta'kidlandi.

Qabul yakunida viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov Rossiya xalqlari assambleyasi rahbari o‘rinbosari Nazirjon Abduganiyevga esdalik sovg‘asi topshirdi. O‘z o‘rnida Nazirjon Abduganiyev ham samimiy mehmondo‘stlik va qabul uchun tashakkur bildirib, esdalik sovg‘alarini topshirar ekan Samarqand viloyati imom-xatiblarini Rossiya davlatiga taklif etib qoldi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 01/08/2022 15:00;   Ko‘rilganligi: 439
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqand-viloyati-bosh-imom-xatibi-zayniddin-domla-eshonqulov-rossiya-xalqlari-assambleyasi-rahbari-orinbosari-nazirjon-abduganievni-qabul-qildi
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 15:08
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing