Xabarlar

TO‘YLARIMIZ - O‘YLARIMIZ

Ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, to‘y-hashamlar bilan bog‘liq ortiqcha xarajatlar ming-minglab oilalarning nafaqat iqtisodiy ahvoliga, balki butun hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Eng yomoni, ayrim pul topib aql topmagan, ma’naviy saviyasi past kimsalar to‘y-hashamlar, ma’rakalarni o‘tkazish bo‘yicha musobaqa o‘ynab, turli-tuman yangi odatlarni o‘ylab topayapdi. Bularni eshitib ba’zan odam hayratdan yoqasini ushlab qoladi.

 

Bulung‘ur tuman FHDYO bo‘limida yosh yigit-qizlar bilan yig‘ilish

Haftaning har seshanba kuni soat 10:00 da tuman FHDYO bo‘limida oila qurishga tayyorgarlik ko‘rayotgan yosh yigit-qizlar bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. Yig‘ilishda tuman bosh imom xatibi T.Ravshanov muntazam ishtirok etib, isrofgarchilik, dabdaba bozlikka yo‘l qo‘ymaslik, ota-onani norozi qilmaslik, qaynota-qaynonaning duolarini olish, nikoh guvohnomasini olgandan so‘ng to‘yni boshlash, oila muqaddas dargoh mavzularida ma’ruzalar qiladi.

 

Jamiyat barqarorligi ta’minlash birlamchi vazifamiz

Yurtimiz bo‘ylab barcha ta’lim muassasalari, mahallalar, turli tashkilot va jamoat birlashmalarida “Xalq bilan muloqot va inson manfatlari” yiliga bag‘ishlangan kengqamrovli yig‘ilish va tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

 

Xushxabar: Toshkent islom instituti Maxsus sirtqi bo‘limiga qabul e’lon qiladi

Asos: O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2017 yil 29 sentyabrdagi 01A/092-sonli buyrug‘i

 

Muallim - jamiyat ko‘zgusi

XXI asr – yuksak intellektual salohiyatli, zamonaviy bilim va malakaga ega, yangicha dunyoqarash va mustaqil fikrli mutaxassislar asri. Bunday avlodni tarbiyalashda ustoz-murabbiylarning xizmati beqiyos.

 

Tatariston prezidenti Samarqandda ziyoratda bo‘ldi

O‘zbekistonda mehmon bo‘lib turgan Tatariston prezidenti Rustam Minnixonov O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilgan edi. Kecha qadim Samarqanddagi muqaddas qadamjo va tarixiy obidalarni ziyorat qildi.

 

Imom Buxoriy nomi BMT bosh minbarida yangradi

2017 yil 19 sentyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahrida ish boshlagan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoevning oliy minbardan turib butun dunyoga qilgan murojaatini o‘zgacha hayajon bilan kuzatdik.

 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi.

Quyida mazkur nutqning to‘liq matni e’lon qilinmoqda:

 

SAMARQANDLIK HOJILARIMIZ MUBORAK HAJ ZIYORATIDAN QAYTISHDI

2017 yilgi haj mavsumi ham tobora nihoyalanib bormoqda. Samarqand viloyatidan borgan hojilar Islom dinining beshinchi ruknini ado etib, sog‘-omon yurtimizga qaytib kelishdi.

 

Diniy idora vakillari xalqaro anjumanda

2017 yil 2-5 sentyabr kunlari Tatariston Respublikasining Qozon shahrida “Buyuk ipak yo‘li – ma’naviyat yo‘li. Bunyodkorlik. Integratsiya” mavzusida II-Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning turli mamlakatlaridan ko‘plab din aboblari va olimlar ishtirok etdi. Jumladan, ushbu konferensiyada O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim Inomov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi maslahatchisi Behzod Qodirov va Toshkent islom universiteti prorektori, professor Zohidjon Islomovlar qatnashishdi.

Anjumanda martabali mehmonlar tomonidan mavzu yuzasidan ma’ruzalar qilindi. Vakilimiz Ibrohim domla Inomov ham so‘zga chiqib, bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, amalga oshirilgan ishlar, ayniqsa diniy sohada qilinayotgan amaliy ishlar, yurtimizda yetishib chiqqan ulamolar va ularning asarlari haqida gapirib o‘tdi. O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar yig‘ilish qatnashchilari tomonidan yuksak baholandi.

Shuningdek, safar davomida vakillarimiz Tataristonning Bulg‘or shaharida barpo etilgan “Bulg‘or islom akademiyasining” tantanali ochilish marosimida ham ishtirok etdilar.
Anjuman yakunida, bu kabi anjumanlar dunyoda tinchlikni saqlash, uni asrab-avaylash hamda kelajak avlodga ana shunday nurafshon kunlarni me’ros qoldirishda ulkan xizmat qilishi ta’kidlandi.

 

BUXORODAGI MIR ARAB OLIY MADRASASINING OCHILISH MAROSIMI TANTANASI

Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning joriy 2017 yil 10-11 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida Buxoro viloyatida Mir Arab oliy madrasasini tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan edi. Tadbirlarning birida yurtboshimiz islom bilim yurtlari haqida shunday so‘zlarni aytgan edilar:

 

Bayramingiz muborak bo‘lsin!


Bugun yurtimizda o‘zgacha shukuh, o‘zgacha tarovat. Boshimiz o‘zra Muborak Qurbon hayiti, yurtimiz mustaqilligining 26 yillik shodiyonalari o‘zining ko‘lankasini yozib turibdi.

 

Ezguliklarga cho‘mgan kun

Qurbon hayiti va Mustaqillik bayrami. Bu ikki sana o‘zining zamirida ezgulik, yaxshiliklarga chorlash, jamiyat orasiga ahillik, birdamlik kiritish kabi ma’nolarni qamraydi.

 

Yurtboshimiz Samarqandga tashrif buyurdi

2017 yil 27 avgust kuni muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoev Samarqandga tashrif buyurdi.

Tashrif marhum Prezident Islom Karimov qabrini ziyorat qilish bilan boshlandi. Qabr oldida yurtboshimizni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hamda viloyat bosh imom xatibi Zayniddin Eshonqulov va bosh imom xatib maslahatchisi Mustafoqul Melikov kutib oldi. Taomilga ko‘ra Qur’oni karim tilovat qilindi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing