O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

SAMARQAND SHAHRI KUNI

 
 

18 oktiyabr kuni Samarqandda ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahriga Amir Temur ordeni berilgan kun munosabati bilan viloyat miqyosida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda ko‘plab tashkilot va jamoat birlashmalari vakillari qatorida viloyat bosh imom xatibi N.Islamov va bosh imom o‘rinbosari Z.Eshonqulov ishtirok etdi.

Dastlab, Sohibqironning qabri joylashgan Go‘ri Amir maqbarasida Qur’on tilovati qilindi va Amir Temur hazratlari hamda barcha o‘tgan buyuk bobokalonlarimiz ruhi poklariga bag‘ishlandi. So‘ng Temur bobomiz haykali poyiga gulchambar qo‘yildi.

So‘ngra bayram ishtirokchilari birgalikda maxsus avtobusga o‘tirib, viloyat hokimi boshchiligida 2016 yilda Samarqand shahrida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoevning Samarqandga tashrifi chog‘ida samarqandliklarga tuhfa sifatida taqdim etilgan zamonaviy tramvay qurilishiga ham oq fotiha berildi va quruvchilar tomonidan ishlar boshlab yuborildi.

Ma’lumki, 1996 yil 18 oktabrda Samarqandda Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ushbu kunni - Samarqand shahri kuni sifatida nishonlash taklif etilgan edi. O‘sha kuni shaharga Amir Temur ordeni topshirildi. Mana 20 yildirki, bu sana keng nishonlanib kelinmoqda.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 18/10/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 2729
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqand-shahri-kuni
Chop etilgan vaqti: 07/10/2024 10:42
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing