O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Maktablar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi

 
 

Joriy yilning 25 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida ilmiy maktablar ochishga doir bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ta’kidlanganidek, Samarqand viloyatida hadis va kalom ilmi maktablari faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi.

4 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi hamda Imom Buxoriy xalqaro markazi hamkorligida ta’sischilar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda maktablar faoliyatini tashkillashtirish bo‘yicha maslahatlashib, fikr almashildi. Jumladan, mudarrislarni tanlash, darslarni olib borish tartibi, o‘qitiladigan kitoblar, tinglovchilarni qo‘llanma va adabiyotlar bilan ta’minlash bo‘yicha yakdil to‘xtamga kelindi.

Yig‘ilishning ikkinchi qismi vakillik majlislar zalida davom ettirildi. Maktablar uchun tinglovchilarni tanlab olish maqsadida bo‘lib o‘tgan ushbu yig‘inda viloyat masjidlarida faoliyat ko‘rsatayotgan, shuningdek o‘rta maxsus islom bilim yurtlarini tamomlagan va hozirda diniy idora tizimida faoliyat olib bormayotgan 70ga yaqin nomzodlar ichidan salohiyatlilari har ikki maktab uchun tanlab olindi.

Endilikda, mashg‘ulot xonalarini to‘liq jihozlash, barcha kerakli ashyolar bilan ta’minlash jarayoni olib borilmoqda. Shu kabi tashkiliy ishlar nihoyalanishi so‘ngidan sanoqli kunlar ichida maktablar rasman faoliyatini boshlaydi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 04/11/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2523
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/maktablar-faoliyatini-yolga-qoyish-boyicha-amaliy-ishlar-boshlandi
Chop etilgan vaqti: 07/12/2024 23:54
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing