Xabarlar

Otinoyilar ishtirokida seminarlar bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 iyunda o‘tkazilgan «Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi» mavzusidagi yig‘ilish bayoni 18-bandi ijrosi yuzasidan Samarqand viloyatida qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

 

Islom madaniyati markazi o‘z faoliyatini qanday olib boradi?

Vazirlar Mahkamasining 2.08.2017 yildagi 572-sonli “Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistonda Islom madaniyati markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

 

Moskvada Qur’on bayrami

Joriy yilning 8 oktyabr kuni Moskvadagi “Krokus Siti Xoll” tantalar saroyida “Xalqaro Qur’on bayrami” bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir doirasida Moskvada halol mahsulotlar degustatsiyasi (totib ko‘rish) marosimi ham tashkillashtiriladi. Bundan tashqari, 32 mamlakatdan tashrif buyurgan qorilar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan XVIII Qorilar musobaqasining eng yaxshi 5 nafar qorisi ham ishtirok etishi kutilmoqda.

 

SAMARQANDLIKLAR HAJ SAFARIGA OTLANISHDI

11 avgust kuni Haj-2017 mavsumi doirasida samarqandlik hojilarning dastlabki guruhlarini viloyat xalqaro aeraportidan Saudiya Arabistoni tomon tantanali kuzatuv marosimi bo‘lib o‘tdi. Dastlab, aeraport yonidagi go‘zal mehmonxona hovlisida ziyofat dasturxoni tashkil etilib, bo‘lajak hoji ota va hoji onalarning duolari olindi. Viloyat rahbarlari va barcha kuzatuvchilar tomonidan safarlari bexatar bo‘lishini, muqaddas Makka va Madina zaminlariga borganlarida yurtimiz, xalqimiz haqqiga ko‘plab duolar qilishlarini so‘rab, oq yo‘l tilandi.

 

Markaziy bank Samarqand viloyati Bosh boshqarmasida yig‘ilish o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi markaziy banki Samarqand viloyati Bosh boshqarmasida “Tinchlik va osoyishtalik uchun barchamiz mas’ulmiz” mavzusida seminar-yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Islom yoshlari poytaxti-2018 Quddus bo‘ladi

2018 yil Islom yoshlari poytaxti deb Quddus e’lon qilindi. Shu munosabat bilan Quddusda shaharning 400 ming aholisi jalb qilingan holda o‘nlab tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

 

Ezgulik shiorimiz bo‘lsin

Sir emaski, bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, ekstremizm, terrorizm, aqidaparastlik kabi illatlardan kishilarni himoyalash, aholini moddiy-ma’naviy jihatdan qo‘llab quvvatlash ishlarida imom-xatiblarning ham salmoqli hissalari qo‘shilmoqda.

 

Imom xatiblarning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

2017 yil 8 avgust kuni Samarqand viloyati vakilligi hamda shahar va tuman bosh imomlari, Samarqand shahar va Samarqand tuman masjid imom xatiblari ishtirokida muhim mavzularga yo‘naltirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Samarqandda xatna to‘ylar

2017 yil 6 avgust kuni Samarqand shahrida homiylar tomonidan 47 nafar kam ta’minlangan oilalarni farzandlarining xatna to‘ylari o‘tkazildi. Tadbirda viloyat vakilligi o‘rinbosari X.Sattarov, homiylar, to‘yi bo‘layotgan bolajonlarning yaqinlari ishtirok etdilar.

 

YAXSHILIKNING MUKOFOTI FAQAT YAXSHILIKDIR

Saxovatpesha, o‘zgalarga faqat yaxshilikni sog‘inadigan kishilar bor ekan, hayotimiz gullab-yashnayveradi, hech kim mehrga, e’tiborga zoriqmaydi, jamiyatning barcha qatlamlari bugunidan mamnun, ertasining porloq bo‘lishiga ishongan holda maqsadi tomon odimlayveradi.

 

Oilalar mustahkamligi yo‘lida

Oila deb atalmish muqaddas qo‘rg‘onning debochasi bo‘lmish nikoh marosimi qadimdan xalqimiz orasida ulug‘lanib, alohida ehtimom bilan yondashib kelingan. Bugungi kunda esa oilaga taalluqli barcha jihatlar davlat tomonidan himoyaga olingan va hattoki bosh qomusimizda oilaga doir alohida bob ajratilgan.

 

Indoneziya va Malayziya sayyohlik vakillari Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurdi

2017 yil 31 iyul kuni Indoneziya va Malayziya sayyohlik kompaniya rahbarlari va vakillaridan iborat 120 kishilik sayyohlar guruhi Samarqandga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif mehmonlarning bir kun oldin Buxoro viloyatiga qilgan safarlarining uzviy davomi bo‘ldi.

 

Hajga borishga soliq to‘lash kerak

“Marva tur” haj kompaniyasining matbuot xizmatida xabar berilishicha, qayta haj amalini ado etmoqchi bo‘lganlar uchun Saudiya Arabistoni yangi soliq turini joriy qildi. “2015-2016 yilda haj safariga borganlar bu yil yana Haj safariga bormoqchi bo‘lsalar viza uchun 2000 riyol (535 AQSH dollari) miqdorida soliq to‘lashlari kerak bo‘ladi”, deb xabar berdi haj kompaniyasi.

 

Rossiya musulmonlari diniy arboblari Samarqandda

2017 yil 26 iyul kuni O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya musulmonlari diniy arboblari delegatsiyasi Samarqandga tashrif buyurdi.

 

Viloyatimizda yil imomi aniqlandi

2017 yilning 24 iyul kuni Samarqand Davlat universiteti asosiy binosi katta majlislar zalida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi tasarrufidagi masjid imom xatiblari va noib imomlari o‘rtasida “Yil imomi - 2017” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tanlovning dastlabki tuman bosqichida g‘oliblikni egallagan 16 nafar imom xatib va noib imomlar bellashdilar.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing