O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqand Hadis va Kalom ilmi maktablarida birinchi dars mashg‘ulotlar

 
 

9 noyabr kuni Samarqand Hadis va Kalom ilmi maktabida birinchi dars mashg‘ulotlari boshlandi. Mazkur maktablarda talabalar suhbat va asl manbadan matn o‘qitish asosida qabul qilindi.

Imom Buxoriy asarlari va Imom Moturudiy ta’limoti asosida sof islom aqidasini o‘rgatishning bugungi kundagi ahamiyati, hadis va kalom ilmi tarixi va uning musulmon olamida tutgan o‘rni keng tushuntirildi. Hadis va Kalom ilmi maktabida dars mashg‘ulotlari “Ustoz shogirdlik” an’anasiga ko‘ra har bir guruhda 5-6 talabadan iborat bo‘lishi belgilab qo‘yildi.

Maktablarning asosiy maqsadi Islom dinining asl mohiyatini, ilmiy-ma’naviy asoslarini, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk muhaddis, mutakallim va allomalar hayoti va ma’naviy merosini o‘rganish, sof islom e’tiqodini ta’lim berish, ijtimoiy axloqiy masalalar hamda yoshlar tarbiyasiga doir manbalarni keng yoritish va tashviq qilishdan iborat.

“Jaholatga qarshi – ma’rifat” asosida islom diniga nisbatan sodir etilayotgan asossiz xurujlarning oldini olish, shuningdek, diniy aqidaparastlik, mutaassiblik, ekstremizm, missionerlik, soxta tariqatlar va jamoalarning maqsadlari, g‘oyaviy-aqidaviy negizlari, zamonaviy ko‘rinishlari va faoliyat uslublarini o‘rganish va ularga qarshi kurashning ilmiy-ma’rifiy asoslarini ishlab chiqib amaliyotda joriy etishga qaratilgan.

Hadis va Kalom maktablarida dars mashg‘ulotlari mashhur muhaddis va mutakallimlar tomonidan tasnif etilgan mo‘tabar asarlardan olib boriladi.

Maktab talabalari birinchi darsni zo‘r qiziqish va diqqat bilan tinglab, kelajakda ushbu maktabni bitirib buyuk ajdodlarimizga xos voris bo‘lishlikni o‘z oldilariga maqsad qilib oldilar.

Manba: “bukhari.uz”


Kiritilgan vaqti: 09/11/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2825
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqand-hadis-va-kalom-ilmi-maktablarida-birinchi-dars-mashgulotlar
Chop etilgan vaqti: 12/12/2024 00:19
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing