Xabarlar

Viloyatimizda "Eng marifatli imom" aniqlandi

2018 yil 24 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2018 yil 10 sentyabrdagi 01/A092-sonli buyrug‘iga asosan Samarqand viloyati vakilligi majlislar zalida «Eng ma’rifatli imom» ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

 

HASHARGA KELING (imomlarimiz paxta dalalarida hasharda)

Paxta­ ­­­– milliy iftixor, davlat iqtisodiyoti tayanchi va kundalik turmushda doimiy ehtiyoj tushadigan bebaho boylikdir. Har yili oq oltinni yig‘ib olish vaqtida millat birdamligi, o‘zaro hamjihatligi yaqqol namoyon bo‘ladi.

 

Sayyor yig‘ilish: navbatdagi bekat Kattaqo‘rg‘on tumani

23 oktyabr kuni shahar va tuman bosh imom xatiblari ishtirokida Kattaqo‘rg‘on tumani, "Qalandarxona" jome masjidida navbatdagi sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari X.Sattorov boshchiligida o‘tkazildi.

 

SAMARQAND SHAHRI KUNI NISHONLANDI

2018 yil 18 oktiyabr kuni Samarqandda ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahriga Amir Temur ordeni berilgan kun munosabati bilan viloyat miqyosida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat hokimligi, tashkilot va jamoat birlashmalaridan vakillar qatnashdilar.

 

O‘quv-seminarning ikkinchi kuni

Oldin xabar qilganimizdek, 16 oktyabr kuni boshlangan imom-xatiblar uchun tashkil etilgan o‘quv seminar mashg‘ulotlari davom ettirilyapti.

 

Imom-xatiblar uchun o‘quv seminar tashkil etildi

2018 yil 16-18 oktyabr kunlari Samarqand viloyati imom-xatiblari uchun maxsus o‘quv seminar bo‘lib o‘tadi.

 

Pokistonlik "Naqshbandiya" tariqati vakillari Samarqandda

2018 yil 14 oktyabr kuni yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Pokiston Islom Respublikasidan muftiy M.Rizvan rahbarligidagi “Naqshbandiya” tariqati vakillaridan iborat delegatsiya Samarqandga tashrif buyurdi.

 

Tumanlarga sayohat

11 oktyabr 2018 yil, payshanba. O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi va viloyat imom xatiblari tomonidan amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, aholi turmush tarzini o‘rganishga doir ishlarning qisqacha tafsiloti bilan tanishing:

 

"Oila dorulfununi" o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazildi

2018 yil 9 oktyabr kuni Jomboy tuman FHDYO bo‘limida yosh oila qurish istagida turganlar va yaqinda oila qurgan bir qator juftliklar bilan “Oila dorulfununi” o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

 

URGUTLIK O‘TKIR NEGMATOV PARAOSIYO O‘YINLARI G‘OLIBI

Indoneziyaning Jakarta shahri mezbonlik qilayotgan III Paraosiyo o‘yinlarida sportning dzyudo turi bo‘yicha ishtirok etayotgan yurtdoshimiz, urgutlik O‘tkir Negmatov O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib, oltin medalni terma jamoamizga tuhfa etdi.

 

SAMARQANDDA DAVLAT BOSHQARUVI AKADEMIYASI FILIALI OCHILDI

Camarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiali ish boshladi.

 

Vazifalar belgilab olindi

9 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligida shahar va tuman bosh imom xatiblari va Samarqand shahri va tumanidagi masjidlar imom xatiblari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Samarqand viloyati hokimi Sartepada sayyor qabul o‘tkazadi

Shu yil 14 oktyabr kuni soat 9:00 dan boshlab Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov rahbarligida viloyat tashkilotlari mutasaddilari bilan birgalikda Samarqand shahri aholisi uchun Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali qoshidagi akademik litsey binosida sayyor qabul o‘tkaziladi.

 

O‘zbekistonlik qorilarning Madinadagi musobaqada ishtiroki xususida

Avval xabar berganimizdek, 3 oktyabr O‘zbekiston qorilari – Toshkent islom instituti “Tahfizul Qur’on” kafedrasi mudiri Jahongir qori Ne’matov, institutning 4 kurs talabasi “O‘zbekiston Qur’on musobaqasi 2018” mutlaq g‘olibi Yo‘ldoshbek qori Nuriddinov hamda “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi Abdurrahmon qori So‘fiyev Saudiya Arabistonining Madina shahrida bo‘lib o‘tadigan nufuzli xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun jo‘nab ketgan edilar.

Kecha, 5 oktyabr kuni saralash bosqichi amalga oshirilib, Jahongir qori Ne’matov ushbu musobaqada kuzatuvchi hakam sifatida ishtirok etmoqda.

 

O‘zbekiston Prezidenti Fransiyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 8 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing