INSON HUQUQLARI BO‘YICHA OSIYO FORUMI: MUHOKAMA, TAKLIF, MUNOZARA
Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumining “Universallik va inson huquqlari – Umumjahon deklaratsiya merosi” mavzudagi birinchi yalpi majlisida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, fuqarolik va siyosiy huquqlarning universalligi, o‘zaro bog‘liqligi va yaxlitligi tamoyillarini hamda inson huquqlari sohasidagi majburiyatlarni amalga oshirishdagi yutuqlar va muammolar muhokama qilindi.
Unda BMT inson huquqlari bo‘yicha komissarining maxsus vakili Adam Abdelmula, YEXHT demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi direktori Ingibyorg Solrun Gisladottir, huquq bo‘yicha Yevropa komissiyasi (Venetsiya komissiyasi) birinchi vitse-prezidenti Kyerulf Torgisdottir ma’ruza qildi.
Manba: zarnews.uz
Kiritilgan vaqti: 22/11/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 1384
Chop etilgan vaqti: 06/12/2024 13:42