O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Mashg‘ulotlar namunaviy tarzda tashkil etildi

 
 

Samarqand viloyati imom xatiblari faoliyatida har haftada tashkil etiladigan “ma’naviyat soati” mashg‘ulotlari alohida ahamiyat kasb etadi. Mashg‘ulotlar orqali imomlarimiz o‘z dunyo qarashlarini boyitib borish bilan bir qatorda, mehr ko‘zda deganlaridek, har haftada bir ko‘rishish bilan ijtimoiy aloqalarni ham mustahkamlab bormoqdalar. Ayniqsa, mashg‘ulotlarning sayyor tarzda olib borilishi masjidlar obodligiga hissa qo‘shmoqda.

21 noyabr kuni Urgut tumani imom xatiblari uchun mashg‘ulot namunaviy tarzda tashkil etildi.

Tumanidagi Ijtimoiy iqtisodiy pedogogika kollejida tumandagi mavjud masjidlar imom xatiblari ishtirokida “Diniy ekstremizim va terrorizmni jamiyat uchun xavfi” mavzusida alohida tashkiliy ishlar asosida ma’naviyat soati o‘tkazildi. Ushbu ma’naviyat soatida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi rahbari Toshpulot Tugalov, SamDU professori Suyun Karimov va Samarkand Kitob olami majmuasi direktori, yozuvchilar uyushmasi a’zosi Xurshid Nurullayev ishtirok etdi.

Mashg‘ulot imom xatiblar faoliyati uchun muhim bo‘lgan ma’ruzalar asosida olib borildi.

Mashg‘ulotdan so‘ng barcha ishtirokchilar tuman sanoat zonasida faoliyatini boshlagan korxonalar faoliyati bilan tanishdilar.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 22/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 859
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/mashgulotlar-namunaviy-tarzda-tashkil-etildi
Chop etilgan vaqti: 23/06/2021 10:17
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing