Xush kelibsiz, ibodatingizni maqbul aylagan bo‘lsin!
21 noyabr kuni Samarqand viloyatidan “Umra-2018-2019” mavsumining dastlabki ziyoratchilari yurtimizga sog‘-omon yetib keldilar.
Ularni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi binosida viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari vakillari, viloyat vakilligi xodimlari va ziyoratchilarning yaqinlar hurmat va ehtirom bilan kutib oldilar.
Muqaddas Makka va Madina shaharlari ifori ufurib turgan ziyoratchilar shodu- xurramlikda oilalari davrasiga qaytdilar.
Ushbu ziyoratchilar 11 noyabr kuni safarga otlangan edilar.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 21/11/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 1505
Chop etilgan vaqti: 02/12/2024 15:34