O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqandda Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi o‘z ishini boshladi

 
 

22 noyabr kuni Samarqand shahrida Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi o‘z ishini boshladi. Bu haqda viloyat hokimining telegramm sahifasida xabar berilgan.

O‘zbekiston Prezidenti tashabbusiga ko‘ra, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan mazkur xalqaro tadbir global voqelikdir.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingandan buyon o‘tgan davr ichida bunday nufuzga ega xalqaro anjuman ilk bor Osiyo qit’asida - O‘zbekistoning qadimiy va navqiron shahri Samarqandda o‘tkazilishi o‘ziga xos tarixiy ahamiyat kasb etadi.

Xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan mazkur forumda BMTning inson huquqlariga doir muhim hujjatlari imzolanishi kutilmoqda. Bu esa mintaqada fuqarolarning huquqlarini ta’minlash mas’uliyatini yanada oshiradi.

Shuningdek, anjumanda inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qit’adagi mavjud mexanizmlarni yanada takomillashtirish, yangilarini ta’sis etish, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama etiladi.

Forum yakunida inson huquqlari bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilmoqda.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi

Zarnews.uz sayti ma’lumotlaridan foydalanildi


Kiritilgan vaqti: 22/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1392
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqandda-inson-huquqlari-boyicha-osiyo-forumi-oz-ishini-boshladi
Chop etilgan vaqti: 04/12/2024 14:58
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing