Otinoyilar uchun bir kunlik o‘quv seminari tashkil qilindi 27.07.2023 y
Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan otinoyilar uchun bir kunlik o‘quv seminari o‘tkazildi.
Samarqand viloyati imom xatiblarining “Yil imomi 2023” ko‘rik tanlovining 1-bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi
Xabar berganimizdek, Samarqand viloyati masjidlarida faoliyat yuritayotgan imom xatib va imom noiblar o‘rtasida “Yil imomi – 2023” ko‘rik tanlovining shahar va tuman bosqichi boshlangan edi. Bugun, tanlov 4 ta hududa bo‘lib o‘tdi.
Shuning bilan Samarqand viloyatida tashkil etilgan “Yil imomi 2023” ko‘rik tanlovining 1-bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.
Sayyor yig‘ilishning navbatdagisi Nurobod tumanida tashkil qilindi
Bugun, 2023 yil 16 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligining tashabbusi hamda yillik ish rejasiga asosan va albatta viloyat hokimligining jamoat hamda diniy tashkilotlar bilan ishlash bo‘limi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning viloyatdagi hamda uning joylardagi bo‘limlari bilan hamkorlikda tashkil qilingan navbatdagi sayyor yig‘ilish Nurobod tumanida o‘tkazildi.
Ustozlarga ehtirom ko‘rsatildi
Islomda ulamolar, xalq xizmatchilari va yoshi ulug‘larni hurmat qilishga alohida targ‘ib qilinadi. Sababi ular din va xalq manfaati yo‘lida boshqalardan ko‘ra ko‘proq mehnat qiladilar. Bu yo‘lda uchraydigan turli sinovlarga bardosh qilib, umrini din, xalq manfaati yo‘liga bag‘ishlaydi.
Bulung‘ur ahli imom-xatiblarimizdan mamnun bo‘ldilar
Bugun, 2023 yil 03 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligining tashabbusi hamda yillik ish rejasiga asosan va albatta viloyat hokimligining jamoat hamda diniy tashkilotlar bilan ishlash bo‘limi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning viloyatdagi hamda uning joylardagi bo‘limlari bilan hamkorlikda tashkil qilingan navbatdagi sayyor yig‘ilish Bulung‘ur tumanida o‘tkazildi.
Samarqandda Xatmi Qur'onlar yakunlandi
Barchamizga ma'lumki, yurtimiz bo‘ylab Ramazon oyi shukuhi hammamizni birday xursand qilib kelmoqda.
Masjidlarimizda esa Xatmi Qur'onlar o‘qilib, yurtimizga o‘zgacha fayz olib kirdi.
Yurtimiz mo‘min-musulmonlari kunduzlari ro‘za tutishlik ila kechalari esa taroveh namozlaridagi Xatmi Qur'onlardan baxramand bo‘lishlik bilan, Alloh taologa ibodatlarda qoim bo‘ldilar. Joriy yil 17-aprel kunida, fazilatli Laylatul Qadr kechasida yurtimizdagi barcha masjidlarda Xatmi Qur'onlar yakunlanib, barcha yurtdoshlarimiz bir vaqtning o‘zida duolarda jam bo‘ldilar.
Anashunday fazilatli kechada Samarqand viloyatida ham 166 ta masjidda tashkil qilingan Xatmi Qur'onlar o‘z yakuniga yetib, duolar qilindi.
Ulamo va imom-xatiblarimiz xorijdagi vatandoshlar bilan uchrashmoqda
Shu kunlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasining bir qator ulamo va imom-xatiblari Turkiya, Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Koreya, AQSH hamda Kanada davlatlarida xizmat safarida bo‘lib turibdilar. Ular tashriflari davomida bu yurtlarda mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan muloqotlar o‘tkazmoqda, diniy-ma'rifiy suhbatlar qilib vatandoshlarimizni yaxshilikka undamoqdalar.
Uchrashuvlar davomida mamlakatimizda olib borilayotgan izchil islohotlar, diniy-ma'rifiy sohadagi o‘zgarishlar haqida ham ma'lumotlar berilmoqda. Shuningdek, joriy yilning 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan milliy referendumda vatandoshlar diplomatik vakolatxona binosida faol ishtirok etib, o‘z fuqarolik pozitsiyasini namoyish etishga ishonch bildirilmoqda.
“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida Samarqandda bugun hashar
Azal-azaldan ota-bolalarimiz bahorni intiqib kutishgan. Bahor kelishi bilan yerga urug‘ qadashib, hosil mo‘l bo‘lishligini Alloh taolodan so‘rab duoi-xayrlar qilishgan. Yana shunday an'ana borki, ushbu an'ana ham asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. Bahor fasli kirib kelishi bilan xalqimiz tomonidan ko‘chalar saramjon-sarishta qilingan, turli xil hasharlar uyushtirilib, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlar ekishib, yashab turgan maskanlarini yanada obod qilishga urinishgan.
Sayyor yig‘ilishning navbatdagisi Tayloq tumanida tashkil qilindi
Bugun, 2023 yil 14 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligining tashabbusi hamda yillik ish rejasiga asosan va albatta viloyat hokimligining jamoat hamda diniy tashkilotlar bilan ishlash bo‘limi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning viloyatdagi hamda uning joylardagi bo‘limlari bilan hamkorlikda tashkil qilingannavbatdagi sayyor yig‘ilish Tayloq tumanida o‘tkazildi.
Sayyor yig‘ilishning navbatdagisi Kattaqo‘rg‘on tumanida tashkil qilindi
Bugun, 2023 yil 21 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligining tashabbusi hamda yillik ish rejasiga asosan tashkil qilingan navbatdagi sayyor yig‘ilish Kattaqo‘rg‘on tumanida o‘tkazildi. Tumandagi mavjud 31ta masjid imom-xatiblariva noiblar hamda hamkor tashkilot mas'ullarining hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblariva 15 nafar iqtidorli imom-xatiblar, Hadis ilmi maktabining iqtidorli talabalari hamda ustozlari tumandagi 31ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan va notinch oilalar xonadoniga tashrif buyurdi. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi.
Navbatdagi sayyor yig‘ilishi Pastdarg‘om tumanida tashkil qilindi
Bugun, 2023 yil 14 fevral kuni navbatdagi sayyor yig‘ilishi Pastdarg‘om tumanida tashkil qilindi. Tumandagi mavjud 24 ta masjid imom-xatib, imom-noib hamda masjid xodimlari hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblarihamda iqtidorli imom-xatiblar tumandagi 24ta masjid va ularning hududlaridagimahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bor vashu kabi toifadagi oilalar xonadoniga tashrif buyurdilar. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda viloyat ishchi guruhi Pastdarg‘om tumanidagi 24 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “Missionerlar xataridan ogoh bo‘lish va aslo muborak islom dinidan voz kechmaslik”, “Shukronalik”,“Ota-onaga hurmat”, “Isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaylik”,“Isro va Me'roj”, “OAVdan to‘g‘ri foydalanish”, “Birovning haqqidan qo‘rqaylik”,“Farzandlar tarbiyasiga e'tiborli bo‘laylik”,“Tinchlik-eng oliy nemat”, “Qo‘shnichilik haqlari”, “Ne'matlarga shukronalik”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” va shu kabi bugungi kundagi dolzarb mavzular yuzasidan ma'ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar.Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.
Samarqand viloyatida diniy soha vakillari ishtirokida navbatdagi seminar o‘tkazildi
Bugun, 11 fevral kuni Samarqand viloyati Samarqand shahrida O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va BMT YUNICYEF jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur seminarda O‘MI Samarqand viloyati vakilligi tasarrufidagi 12 nafar imom-xatiblar va 4 nafar otinoyilar ishtirok etmoqdalar.
Insonga e'tiborni yanada kuchaytirish, ularga yaqin bo‘lish, muammo va kamchiliklarini bartaraf etish niyatida shahar va tuman bosh imom-xatiblari bugun Samarqand shahrida yig‘ildilar
Bugun, 2023 yil 09 fevral kuni joriy yilning ilk sayyor yig‘ilishi Samarqand shahrida tashkil qilindi. Shahardagi mavjud 23 ta masjid imom-xatib, imom-noib hamda masjid xodimlari hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblari hamda iqtidorli imom-xatiblar shahardagi 23 ta masjid va ularning hududlaridagi mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bor vashu kabi toifadagi oilalar xonadoniga tashrif buyurdilar. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda viloyat ishchi guruhi Samarqand shahridagi 23 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “Nafsni poklash va uni tarbiyalashda namozning tutgan o‘rni”, “Ota-onaga hurmat”, “Isro va Me'roj”, “OAV dan to‘g‘ri foydalanish”, “Farzandlar tarbiyasiga e'tiborli bo‘laylik”, “Tinchlik-eng oliy nemat”, “Qo‘shnichilik haqlari”, “Ne'matlarga shukronalik”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” va shu kabi bugungi kundagi dolzarb mavzular yuzasidan ma'ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar. Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.
MALAYZIYA BILAN HAMKORLIK
Ayni vaqtda, Samarqand viloyati bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Samarqand viloyati delegatsiyasi bilan Malaziya davlatida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
“Shamsuddinxon Boboxonov” nashriyoti Samarqand viloyatidagi diniy soha xodimlariga muborak Umra safariga ikki kishilik yo‘llanmani topshirdi
Bugun, 2023 yil 26 yanvar kuni “Shamsuddinxon Boboxonov” nashiyot-matbaa ijodiy uyi bosh direktori Imomnazarov Sultonbek va nashriyot xodimi Karimov Azizbeklar O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligiga tashrif buyurdilar.