Tadbirlar

13 Sentabr chorshanba kunidagi FUQAROLAR MUROJAATI

Shu yil 13 Sentabr chorshanba kuni Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblarimiz tomonidan fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaatini tingladilar.

 

Bo‘lajak imom-xatibi va imom-noiblari bilan uchrashuv

Samarqand viloyat vakilligi binosida Yoqubjon domla Mansurov boshchiligida diniy talim muassasalarining Samarqandlik bitiruvchi kurs talabalari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 

Bayramga haqiqiy tuhfa

Bugungi sana mamlakatimiz aholisi uchun katta shodiyonalik kuni hisoblanadi. Avvalo, mustaqillik kuni bayrami bo‘lsa, o‘quvchilar uchun tahsilning boshlanishi – bilimlar kuni hamdir. Yurtimizda mana shunday bayram kunlariga tuhfa hozirlash an'anaga aylangan. Bulung‘ur tumanining eng chekka manzillaridan biri Chorbog‘ mahallasida maktab yo‘q edi. Yoshlar o‘zlari yashaydigan mahalladan ancha olisda bo‘lgan maktabga qatnar edi. 

 

Sayyor yig‘ilishning navbatdagisi Narpay tumanida tashkil qilindi

Bugun, 2023 yil 29 avgust kuni navbatdagi sayyor yig‘ilish Narpay tumanida tashkil qilindi. Tumandagi mavjud 18 ta masjid imom-xatiblari hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblari hamda iqtidorli imom-xatiblar tumandagi 18 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan va notinch oilalarga tashrif buyurdi. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda, viloyat ishchi guruhi Narpay tumanidagi 18 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “Tinchlik-eng oliy nemat”, “Qo‘shnichilik haqlari”, “Ne'matlarga shukronalik”, “Farzandlar tarbiyasiga e'tiborli bo‘laylik”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” va shu kabi bugungi kundagi dolzarb mavzular yuzasidan ma'ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar. Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.

 

Buxoro viloyatida ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot tadbirlari boshlandi

 "Jaholatga qarshi ma'rifat" shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot tadbirlari yurtimiz bo‘ylab keng qamrovda olib borilmoqda.

 

Samarqandda “Yil imom – 2023” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Ma'lumki, har yili an'anaviy tarzda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida faoliyat ko‘rsatib borayotgan imom-xatiblar o‘rtasida “Yil imomi” ko‘rik tanlovi o‘tkazib kelinar edi. Joriy yildan esa mazkur tanlov “Yil imom – 2023 nomi ostida Nizom asosisida o‘tkazildi.

Tanlovning maqsadi – bugungi taraqqiyot talablariga javob beradigan, kuchli ilmiy salohiyatga ega, tashabbuskor, ilg‘or fikrli, zamonaviy axborot texnologiyalaridan yetarlicha foydalana oladigan va keng xalq ommasiga o‘z fikrini yetkazib bera oladigan, iqtidorli, faol imom-xatiblarni aniqlashdir.

 

MAHORAT DARSLARI 1-KUN

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tashabbuslari bilan barcha masjidlarimizda faoliyat olib borayotgan imom-xatib va imom-noiblarning Qur'oni karim qiroati borasidagi mahoratlarini yanada oshirish maqsadida, “Qur'on va tajvidni o‘rgatish” bo‘limi mudiri Shayx Alijon qorining silsilaviy mashg‘ulotlari darslari boshlandi.

 

Sayyor yig‘ilishning navbatdagisi Oqdaryo tumanida tashkil qilindi

Bugun, 2023 yil 1 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligining tashabbusi hamda yillik ish rejasiga asosan va albatta viloyat hokimligining jamoat hamda diniy tashkilotlar bilan ishlash bo‘limi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning viloyatdagi hamda uning joylardagi bo‘limlari bilan hamkorlikda tashkil qilingan navbatdagi sayyor yig‘ilish Oqdaryo tumanida o‘tkazildi.

 

Xorazmda 3 ta ziyoratgoh to‘liq ta'mirlanadi

Batafsil: https://vaqf.uz/oz/news/view/1059

 

 Mandat-2023

 O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Hadis ilmi maktabida 2023-2024 o‘quv yili uchun Arab tili, Hadis va Mustalahul hadis hamda O‘zbekiston tarixi fanlaridan o‘tkazilgan qabul imtihonlari mandat natijasi e'lon qilindi.

 

#Yangiliklar #Imtihon

Bugun, 2023 yil 26 iyul sanasi. Hadis ilmi maktabida 2023-2024 o‘quv yili uchun birinchi kurs talabalarini tanlab olish tadbiri boshlandi. Erta tongda poytaxtdan tashrif buyurgan soha mutasaddilari, abituriyentlar, imtihon oluvchi pedagog-o‘qituvchilar va mas'ul xodimlar ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ijodiy imtihon jarayonlariga start berildi. Jarayonni quyidagi linklar orqali kuzatib boring

 

FUQAROLAR MUROJAATI DOIMO E'TIBORDA

Shu yil 26 iyul chorshanba kuni Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblarimiz tomonidan fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaatini tingladilar.

 

Otinoyilar uchun bir kunlik o‘quv seminari tashkil qilindi 27.07.2023 y

Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan otinoyilar uchun bir kunlik o‘quv seminari o‘tkazildi.

 

Samarqand viloyati imom xatiblarining “Yil imomi 2023” ko‘rik tanlovining 1-bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi

Xabar berganimizdek, Samarqand viloyati masjidlarida faoliyat yuritayotgan imom xatib va imom noiblar o‘rtasida “Yil imomi – 2023” ko‘rik tanlovining shahar va tuman bosqichi boshlangan edi. Bugun, tanlov 4 ta hududa bo‘lib o‘tdi.

Shuning bilan Samarqand viloyatida tashkil etilgan “Yil imomi 2023” ko‘rik tanlovining 1-bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.

 

Sayyor yig‘ilishning navbatdagisi Nurobod tumanida tashkil qilindi

Bugun, 2023 yil 16 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligining tashabbusi hamda yillik ish rejasiga asosan va albatta viloyat hokimligining jamoat hamda diniy tashkilotlar bilan ishlash bo‘limi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning viloyatdagi hamda uning joylardagi bo‘limlari bilan hamkorlikda tashkil qilingan navbatdagi sayyor yig‘ilish Nurobod tumanida o‘tkazildi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing