Oncha borki Ka'ba vayron bo‘lsa obod aylagay
Kimki bir ko‘ngli buzuqning xotirin shod aylagay,
Oncha borki Ka'ba vayron bo‘lsa obod aylagay.
Ramazon saxovat oyidir
Ramazonda xususan sadaqa va xayru ehsonlarning savobi yanada ko‘p va ajri ulug‘ bo‘ladi. Shu bois, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ramazonda har doyimgidan ham ko‘ra ko‘proq saxovat qilar edilar, hatto, Ibn Abbos roziyallohu anhumoning ta'biri bilan aytganda, erkin shamoldan ham saxovatli bo‘lib ketardilar. Shuning uchun ham musulmonlar qadimdan zakot ibodatini Ramazon oyida ado etishga odatlanishgan.
Samarqand viloyati imom xatiblari o‘zlari ta'lim olgan o‘quv muassasalariga kitoblar sovg‘a qilmoqdalar
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning joriy yil 19 mart kuni yoshlarga e'tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta'minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida navqiron avlod o‘rtasida kitobga mehrni uyg‘otish tashabbusi ilgari surilgan edi. Ushbu tashabbusni qo‘llab quvvatlash maqsadida Samarqand viloyati bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov o‘zi tahsil olgan Urgut tumanidagi 54-umumta'lim maktabiga shaxsiy kitobalridan 13 dona sovg‘a qildi. Viloyatdagi barcha imom xatiblari ham ta'lim muassasalari, xususan, o‘zlari o‘qigan maktablar kutubxonasiga shaxsiy javonidan kitoblar sovg‘a qilmoqdalar.
Qabristonlarda hashar bo‘lmoqda
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov boshchiligida shu yilning 13 fevral kuni Zomin tumanida viloyat bosh imom xatiblari hamda mas'ul vakillar ishtirokida sayyor yig‘ilish o‘tkazilgan edi. Yig‘ilishdan so‘ng qatnashchilarga Zomin tumanidagi qabristonga ziyorat uyushtirilib, u joydagi qabrlarning joylashish holati va ko‘rinishini namuna qilib olish tavsiya qilindi. Shundan kelib chiqib, viloyat vakili shahar va tuman bosh imom xatiblari bilan bir necha marta yig‘ilib, qabrlarni hashamatli qilmaslik, ustiga bino va tosh o‘rnatmaslik, aksincha qabr ustini somonli loy bilan suvoq qilib qo‘yish shari'atimiz va an'analarimizga mos ekanligini aniq dalil va misollar bilan xalq orasida va juma mav'izlarida tushuntirishga kelishib oldilar. Juma tezisiga ham shu mazmundagi ilova qo‘shimcha qilindi. Viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulovning qabrlarni shari'atimiz talabalariga mos ravishda bo‘lishiga qaratilgan video murojaati tayyorlanib, shahar va tuman bosh imom xatiblariga taqdim qilindi hamda viloyat televideniyasi orqali namoish etildi. O‘MI Samarqand viloyati vakilligi tashabbusi bilan 2019 yil 2-3 mart kunlari viloyatdagi jami 1441 ta qabristondan 819 tasida hashar o‘tkazildi. Unda 27236 nafar fuqarolar ishtirok etdi. Hashar jarayonida ko‘chatlar o‘tqazilib, tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Jumladan: 2290 dona manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. 13450 metr ariqlar tozalandi. 91,5 tonna chiqindilar olib tashlandi. 7900 tup daraxtlar oqlanib, ularga shakl berildi. 73 ta texnika jalb etildi. 560 ta qabrlar somonli suvoq qilindi. Homiylarni jalb qilgan holda 32 000 000 so‘m pul mablag‘i yo‘laklar ta'miri, manzarali ko‘chatlar ekish kabi ishlarga sarf qilindi.
Xayriya fondining xayriya ishlari
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash “Vaqf” xayriya jamoat fondining maqsad va vazifalaridan biridir. Fondning Samarqand viloyati filiali Samarqand shahridagi “Xo‘ja abdu Darun” jome masjidi bilan hamkorlikda ana shunday muhtoj oilalardan biriga ko‘mak qo‘lini cho‘zdi. Samarqand shahrida davolanayotgan Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, Pillakash qishlog‘ida yashovchi 2015 yilda tug‘ilgan Qudratov Yasurbekni davolanishi uchun 1300000 so‘m pul hamda oziq-ovqat ehson qilindi.
Insonparvarlik va muruvvat ulug‘ fazilat
Xayr-saxovat, insonparvarlik va muruvvat xalqimizga xos ulug‘ an'ana. Ayniqsa, ko‘ngli o‘ksik insonlarga mehr ko‘rsatish, qalbini quvonchga to‘ldirish savobi ulkan amallar sirasiga kiradi.




















