O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Samarqand viloyatida diniy soha vakillari ishtirokida navbatdagi seminar o‘tkazildi

 
 

Bugun, 11 fevral kuni Samarqand viloyati Samarqand shahrida O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va BMT YUNICYEF jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur seminarda O‘MI Samarqand viloyati vakilligi tasarrufidagi 12 nafar imom-xatiblar va 4 nafar otinoyilar ishtirok etmoqdalar.

O‘quv-seminarda notiqlar islomda salomatlikni mustahkamlashga e'tibor, bu borada diniy soha vakillari amalga oshirishi lozim bo‘lgan tadbirlar keng muhokama etiladi.
Shuningdek, tadbirning asosiy maqsadi aholi orasida turli kasalliklar, hususan COVID-19 ga qarshi emlash dasturlari hamda mamlakatda emlash xizmatlariga bo‘lgan ishonchni qo‘llab-quvvatlash mavzusiga qaratilgan.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 11/02/2023 15:18;   Ko‘rilganligi: 284
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/samarqand-viloyatida-diniy-soha-vakillari-ishtirokida-navbatdagi-seminar-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 20:04
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing