O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Sayyor yig‘ilishning navbatdagisi Tayloq tumanida tashkil qilindi

 
 

Bugun, 2023 yil 14 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligining tashabbusi hamda yillik ish rejasiga asosan va albatta viloyat hokimligining jamoat hamda diniy tashkilotlar bilan ishlash bo‘limi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning viloyatdagi hamda uning joylardagi bo‘limlari bilan hamkorlikda tashkil qilingannavbatdagi sayyor yig‘ilish Tayloq tumanida o‘tkazildi.

Tumandagi mavjud 20 ta masjid imom-xatiblari va noiblari hamda hamkor tashkilot mas'ullarining hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblari hamda iqtidorli imom-xatiblar tumandagi 20 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan va notinch oilalariga tashrif buyurdi. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda, viloyat ishchi guruhi Tayloq tumanidagi 20 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “Ramazonga nafsimizni poylaylik”, “Shukr qilish fazilati”, “Yoshlikni g‘animat biling”“Fitnalarga berilmaylik”, “Tinchlikning qadriga yeting”, “Silai rahmning fazilatlari”, “Yoshlar kelajagimiz”, “Ota-onaga yaxshilik qilish ulug‘ savob”, “Internetdan foydalanish odoblari”, “Yot g‘oyalarga aldanmang”, “Ilm olish fazilatlari”va boshqa bugungi kundagi dolzarb mavzular yuzasidan ma'ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar. Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.

Ushbu tadbirlar davomida umumiy o‘rganilgan xonadonlar va o‘tkazilgan uchrashuvlar soni quyidagilarni tashkil qildi:

  • Imom-xatiblar tashrif buyurgan mahallalar soni: 20 ta. Shundan 12 tasida muammolar borligi aniqlandi va barchasi ijroga yo‘naltirildi;
  • Kam ta'minlangan oilalarga tashrif: 100 ta. Barchasiga moddiy yordam ko‘rsatildi.
  • Nogironligi bor va kasalmand 5 nafar fuqarolar holidan xabar olindi. Shundan barchasiga moddiy yordam ko‘rsatildi.
  • Notinch oilalarga tashrif: 1 ta. Bu oilao‘tkazilgan tushuntirishlardan o‘zlariga tegishli xulosalar chiqardi;
  • Ichkilikka ruju qo‘ygan 1 nafar fuqaro bilan suhbat o‘tkazildi. Ular qilayotgan ishlarining oqibatlarini to‘g‘ri tushunib yetganligini aytib o‘tdi;
  • Qo‘shnisi bilan nizolashgan 1 ta oilaning o‘rtasi isloh qilindi;
  • Uyushmagan yoshlar bilan 13 ta MFYda yig‘ilish o‘tkazildi. Unda 100 ga yaqin uyushmagan yoshlarning ishtiroki ta'minlandi.
  • Tumandagi 20 ta masjidda Peshin namozi o‘qilib, yig‘ilgan namozxonlarga dolzarb mavzularda ma'ruzalar qilindi. Unda 2000 nafarga yaqin namozxonlar ishtirok etishdi.
  • Yuqorida aytib o‘tilgan xonadonlarga ko‘rsatilgan jami moddiy yordam miqdori 15 350 000 (o‘n besh million uch yuz ellik ming)so‘mni tashkil qildi.
  • Viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Tayloq tumanidagi “Tayloq ota”jome masjidida tumanda rasmiy faoliyat olib borayotgan mahalla mullalari va otinoyilarbilan faoliyatlarini yanada jadallashtirish, aholi orasida keng tarqalayotgan bid'at xurofot va ajrimlarning oldini olishyo‘lida qilinishi kerak bo‘lgan amaliy ishlar, aholi bilan yaqindan ishlash, faoliyatlariga mas'uliyat bilan yondashish va shu kabi masalalar yuzasidan davra suhbati o‘tkazdi. Shundan so‘ng, Zayniddin domla bugungi kunda keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgan, mazkur tumanda joylashgan “Abduraxmon ad-Daromiy” jome masjidiga tashrif buyurib, mazkur hududda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
  • Shundan so‘ng, ushbu sayyor uchrashuvda ishtirok etgan diniy soha xodimlari bilan tahliliy yig‘ilish tashkil qilindi. Unda Tayloq tumanidagi mahallalarda va masjidlarda o‘rganilgan muammolar, diniy sohadagi yutuq hamda kamchiliklar muhokama qilinib, ijroga yo‘naltirildi. Mazkur yig‘ilishga viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov bevosita bosh bo‘ldilar. O‘tkazilgan tahliliy yig‘ilishda masjidning obodonchiligihamda aholining turli qatlamlaridan o‘rganilgan kamchilik va muammolar hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ijroga yo‘naltirish choralari muhokama qilindi. Shuning bilan bir qatorda, diniy soha xodimlariga rahbarlar tomonidan masjidlarni Ramazon oyiga tayyorlash, masjidlarning yong‘in xavfsizligini yana bir bor ko‘zdan kechirish, aholi bilan yanada yaqinroq ishlash, sohaning rivojini yanada takomillashtirish hamda joylarda diniy vaziyatni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
  • Mazkur tadbirlardan so‘ng, Allohdan yurtimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligi, yurtboshimizning olib borayotgan ishlariga zafarlar so‘ragan holda xayrli duolar qilindi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 14/03/2023 17:27;   Ko‘rilganligi: 301
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/sayyor-yigilishning-navbatdagisi-tayloq-tumanida-tashkil-qilindi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 10:31
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing