O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida Samarqandda bugun hashar

 
 

Azal-azaldan ota-bolalarimiz bahorni intiqib kutishgan. Bahor kelishi bilan yerga urug‘ qadashib, hosil mo‘l bo‘lishligini Alloh taolodan so‘rab duoi-xayrlar qilishgan. Yana shunday an'ana borki, ushbu an'ana ham asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. Bahor fasli kirib kelishi bilan xalqimiz tomonidan ko‘chalar saramjon-sarishta qilingan, turli xil hasharlar uyushtirilib, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlar ekishib, yashab turgan maskanlarini yanada obod qilishga urinishgan.

O‘lkamizga esa mana bahor fasli kirib keldi. Dov-daraxtlar birinchi kurtagini ham ochishga ulgurdi. Yurtimizning qaysi bir go‘shasiga bormaylik xalqimiz ushbu muazzam kunlardan foydalanib, yashab turgan joylarini yanada obod qilishga urinayotganligini guvohi bo‘lamiz.

Jumladan, joriy yilning 18 mart sanasida ham viloyatimiz bo‘ylab xalqimiz tomonidan shanbalik-hasharlari o‘tkazilmoqda. Bugun Samarqand viloyatida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan hasharlar orqali viloyatimizning har bir go‘shasi obod bo‘lmoqda.

O‘tkazilayotgan hasharda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligining mehnat jamoasi, viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan imom-xatiblarimiz ham o‘zlarining g‘ayrat va shijoatlarini ko‘rsatmoqdalar.

Erta tongdan masjid ahli bilan birgalikda viloyatimizdagi barcha masjidlarda va qabristonlarda obodonchilik ishlari o‘tkazilmoqda. Ko‘chalar supirilib, ekin maydonlariga turli xil anvoi gullar ekilmoqda.

Payg‘ambarimiz alayhissalom shunday deb marhamat qilganlar: “Albatta Alloh taolo go‘zal, go‘zallikni yaxshi ko‘radi. Albatta Alloh taolo pok, poklikni yaxshi ko‘radi. Albatta Alloh taolo ozoda, ozodalikni yaxshi ko‘radi. Albatta Alloh taolo oliy-ximmat, oliy ximmatni yaxshi ko‘radi. Albatta, Alloh taolo saxiy, saxiylikni yaxshi ko‘radi. Bas ozoda bo‘linglar eshiklarni oldinini toza tutinglar, yahudiylarga o‘xshamanglar”.

Shunday ekan barchalarimiz Alloh bergan umrimizni yaxshilik, ezgu ishlar qilishlikka urinaylik. Yashab turgan manzilu-makonlarimizni yanada ozoda saqlaylik. Bo‘sh turgan yerlarimizga esa mevali va manzarali daraxtlar ekib, yurtimizning obodligi yo‘lida munosib hissa qo‘shaylik.

Alloh taolo yurtimizni tinch, osmonimizni esa hamisha musaffo aylasin.

Samarqand viloyati vakilligi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 18/03/2023 12:33;   Ko‘rilganligi: 311
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/obod-va-fayzli-mahalla-yurt-korki-shiori-ostida-samarqandda-bugun-hashar
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 19:41
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing