O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Insonga e'tiborni yanada kuchaytirish, ularga yaqin bo‘lish, muammo va kamchiliklarini bartaraf etish niyatida shahar va tuman bosh imom-xatiblari bugun Samarqand shahrida yig‘ildilar

 
 

Bugun, 2023 yil 09 fevral kuni joriy yilning ilk sayyor yig‘ilishi Samarqand shahrida tashkil qilindi. Shahardagi mavjud 23 ta masjid imom-xatib, imom-noib hamda masjid xodimlari hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblari hamda iqtidorli imom-xatiblar shahardagi 23 ta masjid va ularning hududlaridagi mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bor vashu kabi toifadagi oilalar xonadoniga tashrif buyurdilar. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda viloyat ishchi guruhi Samarqand shahridagi 23 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “Nafsni poklash va uni tarbiyalashda namozning tutgan o‘rni”, “Ota-onaga hurmat”, “Isro va Me'roj”, “OAV dan to‘g‘ri foydalanish”, “Farzandlar tarbiyasiga e'tiborli bo‘laylik”, “Tinchlik-eng oliy nemat”, “Qo‘shnichilik haqlari”, “Ne'matlarga shukronalik”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” va shu kabi bugungi kundagi dolzarb mavzular yuzasidan ma'ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar. Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.

Ushbu tadbir davomida umumiy o‘rganilgan xonadonlar va o‘tkazilgan uchrashuvlar soni quyidagini tashkil qildi:

  • Imom-xatiblar tashrif buyurgan mahallalar soni: 46 ta. Shundan 12 tasida muammolar borligi aniqlandi va barchasi ijroga yo‘naltirildi;
  • Kam ta'minlangan oilalarga tashrif: 108 ta. Barchasiga moddiy yordam ko‘rsatildi hamda boshqa yo‘nalishdagi muammolari hamkor tashkilot masullari bilan birgalikda ijroga yo‘naltirildi.
  • Nogironligi bor va kasalmand 8 nafar fuqarolar holidan xabar olindi. Shundan barchasiga moddiy yordam ko‘rsatildi.
  • Notinch oilalarga tashrif: 1ta. Ularning oilasidagi kelishmovchilik isloh qilindi;
  • Ichkilikka ruju qo‘ygan 1 nafar fuqaro bilan suhbat o‘tkazildi. Tushuntirish ishlari davomida ushbu fuqaro qilayotgan ishining oqibatlarini to‘g‘ri tushunib yetganligini aytib o‘tdi;
  • Uyushmagan yoshlar bilan 15 ta MFYda yig‘ilish o‘tkazildi. Unda 100 nafarga yaqin uyushmagan yoshlarning ishtiroki ta'minlandi.
  • Shahardagi 23 ta masjidda Peshin namozini o‘qilib, yig‘ilgan namozxonlarga dolzarb mavzularda ma'ruza qilindi. Unda 3500 nafardan ziyodnamozxonlar ishtirok etishdi.
  • Yuqorida aytib o‘tilgan xonadonlarga ko‘rsatilgan jami moddiy yordam miqdori:65 600 000so‘mni tashkil qildi.
  • Viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Samarqand shahridagi “Namozgoh” jome masjidida shaharda rasmiy faoliyat olib borayotgan mahalla mullolari va otinoyilarbilan faoliyatlarini yanada jadallashtirish, aholi orasida keng tarqalayotgan bid'at xurofotlarni to‘xtatishda qilinishi kerak bo‘lgan amaliy ishlar, aholi bilan yaqindan ishlash, faoliyatlariga mas'uliyat bilan yondashish va shu kabi masalalar yuzasidan davra suhbati o‘tkazdi. Shuningdek, mahalla mullolariga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligining maxsus sertifikatlari topshirildi.
  • Mazkur tadbirlardan so‘ng, ushbu sayyor uchrashuvda ishtirok etgan diniy soha xodimlari bilan tahliliy yig‘ilish tashkil qilindi. Unda Samarqand shahridagi mahallalarda o‘rganilgan muammolar, diniy sohadagi yutuq hamda kamchiliklar muhokama qilinib, ijroga yo‘naltirildi. Mazkur yig‘ilishga viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari B.Qodirov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning viloyatdagi bosh mutaxassisi S.Baymuradov, viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov, o‘rinbosarlari Xayrullo domla Sattarov va Yoqubjon domla Mansurovlar bevosita bosh bo‘ldilar. O‘tkazilgan tahliliy yig‘ilishda aholining turli qatlamlaridan o‘rganilgan kamchilik va muammolar hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ijroga yo‘naltirish choralari muhokama qilindi. Shuningdek, diniy soha xodimlariga rahbarlar tomonidan aholi bilan yanada yaqinroq ishlash, sohaning rivojini yanada takomillashtirish hamda joylarda diniy vaziyatni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
  • Mazkur tadbirlardan so‘ng, Allohdan yurtimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligi, yurtboshimizning olib borayotgan ishlariga zafarlar so‘ragan holda xayrli duolar qilindi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 09/02/2023 18:52;   Ko‘rilganligi: 319
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/insonga-etiborni-yanada-kuchaytirish-ularga-yaqin-bolish-muammo-va-kamchiliklarini-bartaraf-etish-niyatida-shahar-va-tuman-bosh-imom-xatiblari-bugun-samarqand-shahrida-yigildilar
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 00:45
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing