O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Sayyor yig‘ilishning navbatdagisi Kattaqo‘rg‘on tumanida tashkil qilindi

 
 

Bugun, 2023 yil 21 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligining tashabbusi hamda yillik ish rejasiga asosan tashkil qilingan navbatdagi sayyor yig‘ilish Kattaqo‘rg‘on tumanida o‘tkazildi. Tumandagi mavjud 31ta masjid imom-xatiblariva noiblar hamda hamkor tashkilot mas'ullarining hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblariva 15 nafar iqtidorli imom-xatiblar, Hadis ilmi maktabining iqtidorli talabalari hamda ustozlari tumandagi 31ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan va notinch oilalar xonadoniga tashrif buyurdi. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi.

Shu bilan bir qatorda, viloyat ishchi guruhi Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 31 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish odoblari”, “Tinchlik qadri”, “Farzandlar tarbiyasiga e'tiborsiz bo‘lmaylik”, “Yoshlar kelajagimiz”, “Ne'matlarga shukr qilish fazilati”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” va boshqa, bugungi kundagi dolzarb mavzular yuzasidan ma'ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar.Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.

Ushbu tadbirlar davomida umumiy o‘rganilgan xonadonlar va o‘tkazilgan uchrashuvlar soni quyidagini tashkil qildi:

  • Imom-xatiblar tashrif buyurgan mahallalar soni: 31 ta. Shundan 13 tasida muammolar borligi aniqlandi va barchasi ijroga yo‘naltirildi;
  • Kam ta'minlangan oilalarga tashrif: 128 ta. Barchasiga moddiy yordam ko‘rsatildi.
  • Nogironligi bor va kasalmand 11 nafar fuqarolar holidan xabar olindi. Shundan barchasigamoddiy yordam ko‘rsatildi.
  • Notinch oilalarga tashrif: 7 ta. Shundan 5ta oiladagi kelishmovchiliklar isloh qilindi. 2 nafari o‘tkazilgan tushuntirishlardan o‘zlariga tegishli xulosalar chiqardi;
  • Ichkilikka ruju qo‘ygan 3 nafar fuqaro bilan suhbat o‘tkazildi. Bularning barchasi qilayotgan ishlarining oqibatlarini to‘g‘ri tushunib yetganligini aytib o‘tdi;
  • Qo‘shnisi bilan nizolashgan 1 ta oilaning o‘rtasi isloh qilindi;
  • Uyushmagan yoshlar bilan 26 ta MFYda yig‘ilish o‘tkazildi. Unda 200 nafarga yaqin uyushmagan yoshlarning ishtiroki ta'minlandi.
  • Tumandagi 31 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga dolzarb mavzularda ma'ruzalar qilindi. Unda 3500 nafarga yaqin namozxonlar ishtirok etishdi.
  • Yuqorida aytib o‘tilgan xonadonlarga ko‘rsatilgan jami moddiy yordam miqdori21 650 000 (yigirma bir million olti yuz ellik ming)so‘mni tashkil qildi.
  • Viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurov Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Qalandarxona” jome masjidida tumanda rasmiy faoliyat olib borayotgan mahalla mullolari va otinoyilar bilan faoliyatlarini yanada jadallashtirish, aholi orasida keng tarqalayotgan bid'at xurofotlarni to‘xtatishda qilinishi kerak bo‘lgan amaliy ishlar, aholi bilan yaqindan ishlash, faoliyatlariga mas'uliyat bilan yondashish va shu kabi masalalar yuzasidan davra suhbati o‘tkazdi. Shundan so‘ng, mazkur masjid hududidagi kam ta'minlangan va oilalar holidan xabar oldi hamda ularga ehsonlar tarqatdi. Mazkur tadbirlardan so‘ng, Yoqubjon domla “Qalandarxona” jomesida jamoat bilan birga Peshin namozini ado etdi. Namozdan so‘ng, jamoatga “Ilm — inson ziynati” mavzusida mazmunli ma'ruza qilib berdi.
  • Shundan so‘ng, ushbu sayyor uchrashuvda ishtirok etgan diniy soha xodimlari bilan tahliliy yig‘ilish tashkil qilindi. Unda Kattaqo‘rg‘on tumanidagi mahallalarda o‘rganilgan muammolar, diniy sohadagi yutuq hamda kamchiliklar muhokama qilinib, ijroga yo‘naltirildi. Mazkur yig‘ilishga viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov va o‘rinbosar Yoqubjon domla Mansurovlar  bevosita bosh bo‘ldilar. O‘tkazilgan tahliliy yig‘ilishda masjidning hujjat yuritish va obodonchilik bo‘yicha hamda aholining turli qatlamlaridan o‘rganilgan kamchilik va muammolar hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ijroga yo‘naltirish choralari muhokama qilindi. Shuning bilan bir qatorda, diniy soha xodimlariga rahbarlar tomonidan aholi bilan yanada yaqinroq ishlash, sohaning rivojini yanada takomillashtirish hamda joylarda diniy vaziyatni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
  • Mazkur tadbirlardan so‘ng, Allohdan yurtimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligi, yurtboshimizning olib borayotgan ishlariga zafarlar so‘ragan holda xayrli duolar qilindi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 21/02/2023 19:13;   Ko‘rilganligi: 262
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/sayyor-yigilishning-navbatdagisi-kattaqorgon-tumanida-tashkil-qilindi
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 21:14
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing