Azon – islom shiorlaridandir
Azon - tavhid va iymonga chaqiriq, islom shiorlaridandir. U Alloh taologa nihoyatda mahbub va hammadan ziyoda maqbuldir. Alloh taoloning yaxshi bandalari uni eshitib, masjidgaboradilar. Lekin shaytoni la'yin buni eshitishgatoqati etmaydi. Shuning uchun, qachon azon aytilsa, shayton uni eshitib, sherdan qochganday qochadi.
Samarqand shahridagi masjidlarga tashrif
Bugun, 10 oktiyabr kuni Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Samarqand shahrida joylashgan “Yangiobod” jome masjidida bo‘lib, qish mavsumiga tayorgarlik ko‘rish va namozxonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi va o‘zining kerakli hamda zarur tavsiyalarni berdi.
Viloyatimizda faoliyat yuritayotgan shahar va tuman bosh otinoyilarnig yig‘lishi bo‘lib o‘tdi.
Bugun shunday davrda yashayapmizki, biror tadbir, marosim u yoqda tursin, ba'zan hatto ko‘chaga chiqishga ham ikkilanib, hadiksirab qolyapmiz. Buning asosiy sababi barchaga ma'lum – koronavirus. Bu ofat an'anaviy turmush tarzimizni izdan chiqarib yubordi.
Viloyatimizdagi iom-xatiblar uchun Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabiga sayohat uyushtirilib, ular uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.
Jamiyatda sog‘lom ma'naviy muhitni mustahkamlash, notinch oilalarda barqarorlikka erishish, yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlashda joylardagi imom xatiblarning alohida o‘rni bor. Bu borada ular diniy bilimlar bilan birga yon-atrofda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar, yurtimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilikdagi yangilik va o‘zgarishlardan xabardor bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Yaxshilik ham, yomonlik ham – imtihon
Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin ESHONQULOV bilan suhbat
– Assalomu alaykum domla. Ayni kunlarda butun insoniyat bir sinovdan o‘tmoqda. Yuqumli kasallik tarqalishining sabablarini har kim har xil talqin qilayotgani sir emas. Xo‘p desangiz, shu haqda suhbatlashsak...
«MEHR-SAXOVAT» KO‘KRAK NISHONI MUBORAK BO‘LSIN
Xabaringiz bor joriy yil 26 avgust' kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mehr-saxovat» ko‘krak nishonini ta'sis etish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan edi.
Bunday e'tibor namunasi bilan jahon miqyosida keng tarqalib, global muammoga aylangan koronavirus pandemiyasi davrida, shuningdek, turli tabiiy ofatlar, favqulodda holatlar tufayli el-yurtimiz boshiga tushgan sinovli kunlarda mavjud xavf-xatarlarga qarshi kurashda, ularning oqibatlarini bartaraf etishda mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatgan insonlar taqdirlanadi.
Masjidlardagi qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi
Bugun, 28 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov bilan birgalikda Tayloq tumanida joylashgan, hozirda yangi binosining qurilish ishlari jadal davom etayotgan “Sadaqayrog‘och” jome masjidiga tashrif buyurdilar.
Dunyo osmonida yangragan tilim!
Prezidentimizning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-yubiley sessiyasida so‘zlagan nutqi bugun o‘zbekman, o‘zbekistonlikman degan har bir insonni to‘lqinlantirgani, yoshu keksaning qalbini g‘urur-iftixorga to‘ldirgani, shubhasiz.
Hizbut tahrirning zalolati haqida fatvo
Savol: Bizda bir “Hizbut-tahrir” nomli jamoa bor. Islom xalifaligini o‘rnatish haqida bong urishadi. Ulamolar haqida har xil gaplar gapirishadi. Ularga qanday raddiya qilish kerak? O‘zi Islom xalifaligiga qanday yo‘l tutilish kerak?
Munosabat: Diniy bag‘rikenglikning amaldagi in'ikosi
Kuni kecha dunyo afkor ommasining butun e'tibori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Birlashgan Millatlar Tashkilotining 75-sessiyasida so‘zlagan nutqiga qaratildi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Madrasalarda o‘tkazilgan test sinovlari natijalari e'lon qilindi
Barchamizga ma'lumki pandemiya munosabati bilan mamlakatimizdagi barcha oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarida 2020-2021 o‘quv yili uchun qabul imtihonlarini ochiq maydonlarda o‘tkazildi.
Koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida abituriyentlar test sinovlari o‘tkaziladigan joylarga karantin talablariga qat'iy amal qilgan holda tibbiy niqop va qo‘lqop bilan antiseptik vositalardan foydalangan holda kiritildi.
MUNOSABAT: XOLIS BO‘LING YOXUD NOXOLISLIK KASBINGIZMI?!
Bugungi kunda axborot tezligi shuncha rivojlandi-ki, bir paytning o‘zida bir voqelikka oid turli yondashuvlarni mutolaa qilish mumkin. Natijada, inson ongi bir-birini inkor etuvchi ma'lumotlar bilan to‘lmoqda.
“BIZ BARCHA SHERIKLARIMIZ BILAN TINCHLIK, TARAQQIYOT VA FAROVONLIK YO‘LIDA HAMKORLIKNI KENGAYTIRISHDAN MANFAATDORMIZ”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 23 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi chiqishi uning mazkur xalqaro tashkilot ishidagi ikkinchi ishtiroki hisoblanadi. Yurtboshimiz dunyo minbaridan turib mintaqa va jahon hamjamiyati uchun muhim sanalgan umumsiyosiy masala va takliflarni o‘rtaga tashladi. Biz uchun ushbu nutqning alohida ahamiyatli jihati shundan iborat bo‘ldiki, belgilangan tartib-qoidalarga muvofiq, mazkur xalqaro tashkilot odatda dunyo bo‘yicha oltita tildan foydalanadi. Davlatimiz rahbari tarixda ilk bor o‘z ona tili – buyuk Navoiy, Amir Temur, Bobur, Jaloliddin Manguberdining tilida so‘z aytishi, albatta, tarixiy voqeadir.
MUBAYYAN VA NASRIY BYOYONI: BOBUR MIRZO – BUYUK FAQIH (Birinchi mavzu)
Aziz va muhtaram “Muslim.uz” o‘zani muhiblari! ULUG‘ NE'MAT! “MUBAYYAN” asaridan bahramand bo‘la boshlaymiz. (1) “MUBAYYAN” asari – ham she'riyat, ham ilm xazinasidir!
Samarqand viloyat vakilligida shahar va tuman bosh imom-xatiblarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi binosida bugun 23 sentyabr' kuni shahar va tuman bosh imom-xatiblari bilan yig‘ilish tashkil etildi.
Dastavval Qur'oni Karim oyatlaridan tilovat qilinib, so‘ng Samarqand shahar (bosh imom-xatibi) vazifasida qisqa yillar davomida asrlarga tatigulik xizmatlarni amalga oshirib, bu sinovli dunyoni tark etgan marhum Nuriddinxon domla Islamov rohimahulloh haqlariga Alloh taolodan rahmat va yaxshiliklar so‘rab duolar qilindi.




















