Azon – islom shiorlaridandir
Azon - tavhid va iymonga chaqiriq, islom shiorlaridandir. U Alloh taologa nihoyatda mahbub va hammadan ziyoda maqbuldir. Alloh taoloning yaxshi bandalari uni eshitib, masjidgaboradilar. Lekin shaytoni la'yin buni eshitishgatoqati etmaydi. Shuning uchun, qachon azon aytilsa, shayton uni eshitib, sherdan qochganday qochadi.
Jobir roziyallohu anhu aytadilar: “Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning bunday deb aytayotganlarini eshitdim: “Albatta shayton namozga aytilayotgan azonni eshitganida to “Ravho” degan makonga yetib borgunicha qochib ketadi””. (Roviy aytadi: “Ravho” Madinadan o‘ttiz olti mil uzoqlikdagi makondir. Bugun u “Rohat bulog‘i” deb nomlanadi.)
Imom Navaviy: “Azon o‘z ichiga tavhid qoidalari, Islomning shiorlarini izhor etish, e'lon qilishni olgani uchun ham shayton insonlarni vasvasa qilishdan umidsizlanib qochib ketadi”, deb aytgan ekanlar.
Azonning fazilatlaridan yana biri, u aytilgan joyda omonlik, tinchlik va osoyishtalik bo‘lar ekan. Bu haqida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Qaysi bir qavmda tongda azon aytiladigan bo‘lsa, albatta ular to kech kirguncha Alloh taoloning omonligida bo‘ladilar. Qaysi bir qavmda kechasi azonaytiladigan bo‘lsa, albatta ular to tongottirgunlaricha Alloh taoloning omonligidabo‘ladilar”, deganlar (Imom Tabaroniy rivoyati).
IX-X asrlardan boshlab masjidlarda odamlarni jamoat namoziga chaqirish maqsadida maxsus minora-mezanalar qurilgan. Bugungi kunda ham milliy me'morchiligmiz andozalari asosida bunyod etilayotgan masjidlarda minora qurish an'anasi saqlanib qolgan.
Samarqand shahridagi “Xo‘ja abdu Darun” jome masjidida 7000 kishi sig‘imiga ega yangi masjid binosi bunyod etilayotgani haqida xabar bergan edik. Bugun ushbu masjidning minorasi qurilishiga ilk g‘ishtlar qo‘yildi. Samarqand shahar bosh imom-xatibi, “Xo‘ja abdu Darun” jome masjidi imom-xatibi Z.Mahmudov va masjid a'zolari ushbu minoradan yangiraydigan azon ovozi kishilarni hidoyatga chorlovchi, qalblarga taskin, atrofga Alloh taoloning omonligi nozil bo‘lishiga sabab bo‘lishini so‘rab duolar qildi. Shundan so‘ng ilk g‘ishtlar tabarrukona tarzda imom-xatib va masjid a'zolari tomonidan qo‘yildi. Minora 42 metr bo‘lishi nazarda tutilgan. Ilohim, bu maskan va inshoatlarda Alloh taoloning zikri, ibodat va tilovatlar, diniy ma'rifat bardavom bo‘lsin! Uning barpo bo‘lishiga xizmat qilayotgan hamda moddiy, ma'naviy ko‘mak berayotgan barcha saxovatpesha insonlarnining ajrini Alloh taolo ziyoda qilib bersin!
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 11/10/2020 15:55; Ko‘rilganligi: 1069
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 07:59