«MEHR-SAXOVAT» KO‘KRAK NISHONI MUBORAK BO‘LSIN
Xabaringiz bor joriy yil 26 avgust' kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mehr-saxovat» ko‘krak nishonini ta'sis etish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan edi.
Bunday e'tibor namunasi bilan jahon miqyosida keng tarqalib, global muammoga aylangan koronavirus pandemiyasi davrida, shuningdek, turli tabiiy ofatlar, favqulodda holatlar tufayli el-yurtimiz boshiga tushgan sinovli kunlarda mavjud xavf-xatarlarga qarshi kurashda, ularning oqibatlarini bartaraf etishda mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatgan insonlar taqdirlanadi.
Tanti va olijanob xalqimizning buyuk tarixiy va ma'naviy qadriyatlarini, milliy an'analarini munosib davom ettirib, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xayriya va saxovat mablag‘larini to‘g‘ri va xolis yo‘naltirish, qiyin ahvolga tushgan aholiga o‘z vaqtida beminnat ko‘mak berish, mehr-oqibat, saxovat va himmat kabi yuksak fazilatlarni ulug‘lab kelayotgani odamning ko‘ngliga yanada quvonch va shukuh olib keladi.
Mana shunday yuksak e'tibordan diniy soha xodimlari ham nazardan chetta qolgani yo‘q. Jumladan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili o‘rinbosari Xayrulloh domla Sattorov bugungi murakkab va og‘ir sharoitda jamiyatda tinchlik-osoyishtalik, birlik va o‘zaro hamjihatlik muhitini mustahkamlashdagi faolligi, beg‘araz homiylik yordami hamda ezgu ishlari bilan ko‘pchilikka alohida o‘rnak bo‘lgani «Mehr-saxovat» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ushbu ko‘krak nishonini viloyat hokimi o‘rinbosari Dilshod Mamadqulov topshirdi. Bunday e'tirof viloyatimizda faoliyat olib borayotgan soha xodimlarining yelkasiga alohida mas'uliyat yuklaydi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi jamoasi viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrulloh domla Sattorovni hamda viloyatimizda din yo‘lida fidokorona xizmat qilib kelayotgan barcha diniy soha xodimlarini ushbu mukofot bilan muborakbod etadi va kelgusi faoliyatlariga zafarlar tilaydi.
Mukofot muborak bo‘lsin!!!
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 29/09/2020 13:27; Ko‘rilganligi: 1122
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 02:38