Bir savol so‘rasam: Sumalak qozonini kavlagan niyatlariga erishadi-mi?
— Sumalakka tosh tashlab, qozonni 7 marta kavlasa, niyatiga yetadi, deyishadi. Shu to‘g‘ri-mi?
Bu gaplar biror dalilga suyangan emas. Tosh tashlab niyat qilsa mustajob bo‘ladi, degan hadis yo‘q. Bu sumalak pishiruvchilarning o‘ylab topgan gaplari. Ammo bu amalni shirk darajasiga yetkazish ham noto‘g‘ri. Aslida niyat ro‘yobga chiqishi uchun qaysidir taomga tosh tashlashda hech qanday mantiq yo‘q. Bu taom tagiga olmasligi uchun qilinadigan bir amal, xolos. Axir, umri davomida biror qozonga tosh tashlamagan, biroq ko‘plab niyati ro‘yobga chiqqan kishilar juda ko‘p. Niyatning amalga oshishi faqat Alloh taologa duo qilish hamda o‘zi shu niyatning ro‘yobi uchun sabablarni amalga oshirishi bilan bo‘ladi. Vallohu a'lam!
Muhammad Ayyub HOMIDOV
Kiritilgan vaqti: 14/10/2020 13:42; Ko‘rilganligi: 1536
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 02:19