O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqand shahridagi masjidlarga tashrif

 
 

Bugun, 10 oktiyabr kuni Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Samarqand shahrida joylashgan “Yangiobod” jome masjidida bo‘lib, qish mavsumiga tayorgarlik ko‘rish va namozxonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi va o‘zining kerakli hamda zarur tavsiyalarni berdi.

Shundan so‘ng, Zayniddin domla Eshonqulov Samarqand shahrida joylashgan “Damariq” jome masjidida bo‘ldi. Jamoat bilan peshin namozini ado etgach, masjidda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi hamda masjid jamoati va namozxonlar xaqqiga duoi-xayrlar qildi.

 

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 10/10/2020 16:03;   Ko‘rilganligi: 1191
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqand-shahridagi-masjidlarga-tashrif
Chop etilgan vaqti: 24/11/2025 13:52
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing