Axborot xizmati

Muftiy hazratlari boshchiligidagi ulamolarning navbatdagi tashrif manzili – NAMANGAN

Shu yil 14 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari boshchiligidagi bir guruh ulamolarning Namangan viloyatiga tashriflari boshlanadi.

 

Muftiy hazratlari boshchiligidagi ulamolarning navbatdagi tashrif manzili – FARG‘ONA

Shu yil 12 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari boshchiligidagi bir guruh ulamolarning Farg‘ona viloyatiga tashriflari boshlanadi.

 

Asakadagi jome masjidda ulamolar mav'iza qildilar

Bugun, 8 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov va Toshkent islom instituti katta ustozi Muhammad Ayubxon domla Homidov Andijon viloyatiga safardari mobaynida Asaka tumanidagi “Fayziobod” jome masjidiga mo‘min-musulmonlar bilan birga shom namozini ado etish va samimiy suhbat qilish uchun tashrif buyurdilar.

 

Yurtimiz ulamolari o‘ksik ko‘ngillarga quvonch ulashmoqdalar

Avval xabar berganimizdek, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari boshchiliklaridagi bir guruh ulamolar Andijon viloyatiga safarlari mobaynida hududdagi yordamga muhtoj kishilarning holidan xabar olib, shirin so‘zlari ila ularning qalblariga xursandchilik kiritmoqdalar.

 

Muftiy hazratlari: “Yaqin kunlarda mo‘min-musulmonlarimiz uchun yaxshi xushxabarlar bo‘ladi”

Avval, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari boshchiliklaridagi bir guruh ulamolar Andijon viloyatiga tashrif buyurishgani haqida xabar bergan edik.

 

«Mehr-5» operatsiyasi doirasida olib kelingan samarqandliklarni kutub olindi

Muqaddas islom dinimiz insonlarni kechirimli bo‘lishga targ‘ib qiladi. Chunki kechirimli bo‘lishda insonlar uchun ko‘p manfaatlar bor. Avvalo, Kechirgan inson o‘zini yengil tortib, Allohdan bo‘ladigan ajrga loyiq bo‘lsa, kechirilgan inson esa kechirguchiga nisbatan bo‘lgan adovati ketib, qalbida unga nisbatan iliqlik va mehr paydo bo‘ladi.
Shu o‘rinda aytish joizki, davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan «Mehr-5» operatsiyasi doirasida 93 nafar O‘zbekistonlik — 24 nafar ayol va 69 nafar bolalar Suriyadan Toshkentga olib kelingan edi.
Kuni kecha, 4 iyun kuni mazkur fuqarolarning orasida Samarqand viloyatida yashovchi fuqarolar viloyatimizga olib kelindi. Viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov ushbu fuqarolarni kutib olish jarayonida ishtirok etdi va ularni tinch, osmoni musaffo yurtimizga omonlikda yetib kelgani munosabati bilan muborakbod etdi.

 

Meva va sabzavotlarni dori yordamida kattalashtirish va yetishtirish masalasi

Ziroatchilikda meva va sabzavotlarni dori yordamida tez va ko‘zga chiroyli ko‘rinadigan suratda yetishtirish holatlari ko‘p uchraydi. Bu esa, meva va sabzavotlarning tabiiy yetilishiga o‘z ta'sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Ba'zan bozorlarda meva va sabzavotlarning yetilishi vaqtidan avval savdo rastalariga chiqqanini ko‘ramiz. Hajmi ham katta va ko‘z bilan qaraganda chiroyli ko‘rinadi. Ushbu meva va sabzavotlarni yetishtirishda ularning tarkibiga ta'sirini ko‘rsatuvchi turli dori vositalari qo‘llaniladi. Bunga asosiy sabablardan biri bozorlarga ziroat mahsulotlarini erta chiqarish bilan tez fursatda katta foyda qozonishdir. Shuningdek, meva va sabzavotlarni tabiiy yetilishidan oldin uzib olib, unga dori yo‘llash orqali yetishtirib, kattalashtirish holatlari ham kuzatiladi.

 

“Haj” va “Umra” masalasida yakuniy qaror qabul qilinmagan

Shu kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Saudiya Arabistoni hukumati ayrim talablar asosida insonlarga haj safari uchun ruxsat berishga qaror qildi, degan mazmunda tarqatilayotgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

 

YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGIGA RIOYA QILISH HAQIDA

Savol: Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari yaqin tariximizda insonlar tomonidan o‘ylab topilgani ma'lum. Unga rioya qilishga Dinimizning munosabati qanday?  

 

Payariq tumanida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 1 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan joylarda masjidlar faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida shahar va tuman bosh imom xatiblari Payariq tumanidagi mavjud 12 ta masjid imom xatiblari ishtirokidagi navbatdagi sayyor yig‘ilish Payariq tuman “Islom Nuri” masjidida bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish oldidan shahar va tuman bosh imom xatiblari Payariq tumanidagi mavjud masjidlar faoliyati bilan tanishdilar. Yutuqlar va kamchiliklarni o‘rganib, xulosalar to‘pladilar. Shundan so‘ng, yig‘ilishning asosiy qismi boshlandi. Yig‘ilishda viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov va o‘rinbosari Xayrulloh domla Sattarov va tegishli mutasaddilar ishtirk etishdi.

Dastlab bosh imom xatiblar tomonidan o‘rganish xulosalari o‘qib eshittirildi. O‘z navbatida viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov va o‘rinbosari X.Sattarovlar tomonidan ham aniqlangan kamchiliklar aytilib, mazkur kamchiliklarni bartaraf etishga oid tavsiyalar berildi.

Navbatdagi sayyor yig‘ilish Nurobod tumanida bo‘lib o‘tishligi belgilandi.

 

1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni"

Yosh avlodning sog‘lom, baxtli bo‘lishi, ma'naviy va axloqiy jihatdan rivojlanishi, shuningdek jamiyat uchun foydali inson bo‘lib voyaga yetishida barchamiz mas'ulmiz.

Bugun jamiyatimiz oldida turgan asosiy vazifa – farzandlarimizni aqlli, odobli, bilimli qilib tarbiyalashdan iboratdir. Ular ishonchli himoya ostida bo‘lishlari va o‘z hayotini muakkammal darajada yo‘lga qo‘yishlari uchun biz barcha chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz lozim. Yurtimizda iqtidorli bolalar juda ko‘p. Shu munosabat bilan viloyatimizda faoloiyat yuritayotgan tuman bosh  imom xatiblari Payariq tumanidagi navbatdagi sayyor yig‘ilishdan oldin tumandagi kam ta'minlangan va nogironligi bor oilalardagi bolalarning holidan xabar olindi. Aziz bolajonlarimizga bayram muborak bo‘lsin.

 

Joriy 2021–2022 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari quyidagi fanlar bo‘yicha o‘tkazish reja qilinmoqda:

Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasiga:

– Fiqh va aqoid (test sinovi) 30 X 3,1 – 93 ball;
– Arab tili (og‘zaki, ijodiy imtihon) 30 X 2,1 – 63 ball;
– O‘zbekiston tarixi (test sinovi) 30 X 1,1 – 33 ball.

 

Afg‘oniston delegatsiyasi vakillari Samarqandga tashrif buyurishdi.

Shu yil 19 may kuni Afg‘oniston Oliy milliy yarashuv kengashi raisi maslahatchisi, Milliy birdamlik partiyasining Shimoliy hududlar bo‘yicha rahbari Muhammad Muhsin Donesh boshchiligidagi delegatsiya Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.
Mehmonlarni Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov, va boshqa mutasaddilar kutib oldi.
Afg‘oniston delegatsiyasi vakillari bugun, 19 may kuni viloyatimizdagi diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilishlari reja qilingan.

 

Oqdaryo tumanida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 18 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan joylarda masjidlar faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida shahar va tuman bosh imom xatiblari Oqdaryo tumanidagi mavjud 12 ta masjid imom xatiblari ishtirokidagi navbatdagi sayyor yig‘ilish Oqdaryo tuman “Mahdumi A'zam” masjidida bo‘lib o‘tdi.

 

NUROBODDA XAYRIYA TADBIRLARI TASHKIL QILINDI

Yurtimizdagi boshqa viloyatlar qatori Samarqand viloyatida ham saxovat tadbirlari keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Bugun, 11 may kuni Nurobod tumanida ham ana shunday xayriya tadbirlaridan biri tashkil qilindi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing