O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Muftiy hazratlari boshchiligidagi ulamolarning navbatdagi tashrif manzili – NAMANGAN

 
 

Shu yil 14 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari boshchiligidagi bir guruh ulamolarning Namangan viloyatiga tashriflari boshlanadi.

Tashrif davomida ma'naviy-ma'rifiy uchrashuvlar, olis va chekka hududlardagi aholi vakillari bilan yuzma-yuz muloqotlar, taniqli ulamolar ishtirokida jome masjidlarda suhbatlar o‘tkazilishi va ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish kabi xayrli ishlarni amalga oshirish maqsad qilingan.

Shuningdek, viloyat ahlini yurtimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar mazmun-mohiyati haqida xabardor qilish bilan bir qatorda ularning dardu tashvishlariga ko‘maklashish, fikr-mulohazalarini tinglash va diniy sohaga tegishli muammolarini joyida o‘rganib, bartaraf etish ham ko‘zda tutilgan.

Qolaversa, ushbu muloqot va tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Shoazim Minovarov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev va boshqa mutasaddilar ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Alloh taolo ulamolarimiz safarini xayrli va manfaatli qilsin!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 14/06/2021 11:48;   Ko‘rilganligi: 511
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/muftiy-hazratlari-boshchiligidagi-ulamolarning-navbatdagi-tashrif-manzili-namangan
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 18:46
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing