Ishtixon tumanida sayyor uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 29 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan joylarda masjidlar faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida shahar va tuman bosh imom xatiblari Ishtixoon tumanidagi mavjud 11 ta masjid imom xatiblari ishtirokidagi navbatdagi sayyor uchrashuv Ishtixon tuman “Polvon ota” jome masjidida bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish oldidan shahar va tuman bosh imom xatiblari Ishtixon tumanidagi mavjud masjidlar faoliyati bilan tanishdilar. Yutuqlar va kamchiliklarni o‘rganib, xulosalar to‘pladilar. Shundan so‘ng, yig‘ilishning asosiy qismi boshlandi. Uchrashuvda viloyat hokimi o‘rinbosari D.Mamadkulov, DIQning viloyat vakili S.Boymurodov, viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov va o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurov va tegishli mutasaddilar ishtirk etishdi.
Dastlab bosh imom xatiblar tomonidan o‘rganish xulosalari o‘qib eshittirildi. O‘z navbatida viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov va o‘rinbosari Yo.Mansurov tomonidan ham aniqlangan kamchiliklar aytilib, mazkur kamchiliklarni bartaraf etishga oid tavsiyalar berildi.
Navbatdagi sayyor uchrashuv Qo‘shrobod tumanida bo‘lib o‘tishligi belgilandi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 29/06/2021 21:16; Ko‘rilganligi: 954
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 11:11