O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Muftiy hazrat ishtirok etgan hufton namoziga minglab namozxonlar tashrif buyurdi

 
 

Avval xabar berganimizdek, bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari hufton namozini Namangan shahrida joylashgan “Abu Yusuf” jome masjidida namozxonlar bilan birga-birga ado etdilar.

Muftiy hazratlari hufton namozidan so‘ng mav'izada bugungi kunda mo‘min-musulmonlarga muhtaram Prezidentimiz rahnamoliklarida juda katta imkoniyatlar berilayotgani, sharoitlar hozirlanayotgani haqida gapirib, diniy-ma'rifiy sohada qilinayotgan o‘zgarishlar, yangilanishlar va xushxabarlar haqida so‘zlab berdilar.

Shuningdek, kishilarning diniy-ma'rifiy savodxonligini oshirish, imon-e'tiqodini mustahkamlash, Islom dinining ezgu ta'limotlarini tarqatish asosiy maqsad ekanini ta'kidladilar. bu dunyoda solih amallarni ko‘p bajarish, yo‘llarni obod etish, ko‘priklar qurish va kishilarga foydasi yetadigan ishlar qilishning ajru savobi ulug‘ ekanini alohida qayd etdilar.
Muftiy hazratlari mav'iza yakunida, namozxonlarga bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan muborak dinimiz taraqqiyoti yo‘lidagi xayrli ishlar, yangi-yangi ijrootlar, xushxabarlar va bunday ne'matlarga har bir kishi tunu kun Parvardigorga shukrona qilishi lozimligini aytib, Hazrati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning “Ikki ne'mat borki, ko‘pchilik insonlar uning qadriga yetmaydilar. U – xotirjamlik va sihat-salomatlik”, mazmunidagi hadisi shariflarini izohlab berdilar.
Muftiy hazratlarining suhbatlaridan bahramand bo‘laman, duolarini olaman, deb kelgan aholi vakillari bilan samimiy, dildan suhbat qildilar. “Abu Yusuf” jome masjidiga jamlangan namozxonlar muftiy hazratlaridan dilni quvontiradigan yangiliklar va imonu ixlosni boyitadigan so‘zlarni tinglab, o‘z minnatdorliklarini izhor etdilar.

Namangan viloyatiga tashrif davom etmoqda

Muftiy hazrat ishtirok etgan hufton namoziga minglab namozxonlar tashrif buyurdi
Muftiy hazrat ishtirok etgan hufton namoziga minglab namozxonlar tashrif buyurdi
Muftiy hazrat ishtirok etgan hufton namoziga minglab namozxonlar tashrif buyurdi
Muftiy hazrat ishtirok etgan hufton namoziga minglab namozxonlar tashrif buyurdi
Muftiy hazrat ishtirok etgan hufton namoziga minglab namozxonlar tashrif buyurdi
Muftiy hazrat ishtirok etgan hufton namoziga minglab namozxonlar tashrif buyurdi

Kiritilgan vaqti: 15/06/2021 08:15;   Ko‘rilganligi: 547
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/muftiy-hazrat-ishtirok-etgan-hufton-namoziga-minglab-namozxonlar-tashrif-buyurdi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 17:23
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing