“Millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikni ta'minlashda parlamentning roli” mavzusidagi parlament forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Ayni paytda: Payariq tumanidagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikni ta'minlashda parlamentning roli” mavzusidagi parlament forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Senati a'zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, rasmiy din vakillari, mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan milliy-madaniy markazlar va diniy konfessiyalar rahbarlari ishtirok etmoqda.
Forumni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majilisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov hamda Parlamentlararo Ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Shundan so‘ng, viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov "Islomda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik masalalari" mavzusida ma'ruza qildi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 25/06/2021 18:48; Ko‘rilganligi: 874
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 02:32