NAMOZXONLAR BILAN DILDAN SUHBAT
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari I.Inomov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining maslahatchisi S.Sharipov Samarqand shahridagi “Shohi Zinda” jome masjidiga tashrif buyurib, namozxonlar bilan dildan suhbatlashdilar.
Mo‘min-musulmonlarga so‘nggi yillarda yurtimizda diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirib, shukrning fazilatini bayon etdilar.
Tashriflar davom etmoqda...
Yurtimiz ulamolaridan tashkil topgan targ‘ibot guruhi vakillarining Samarqand viloyatiga tashrifi boshlandi.
#Xabarlar
Yurtimiz ulamolaridan tashkil topgan targ‘ibot guruhi vakillarining Samarqand viloyatiga tashrifi boshlandi.
Bugun, 22 iyul kuni yurtimizning taniqli ulamolari Samarqand viloyati Samarqand shahri, Samarqand tumani, Nurobod va Pastdarg‘om tumanlariga tashrif buyurishadi.
Samarqand shahar "Xo‘ja abdu Darun" jome masjidiga O‘zbekiston musulmonlari idorasi masul xodimi E.Esonov tashrif buyurdi
Xabarlar
Samarqand shahar "Xo‘ja abdu Darun" jome masjidiga O‘zbekiston musulmonlari idorasi masul xodimi E.Esonov tashrif buyurdilar. Masjidning yangi qurilayotgan binosi bilan tanishib, peshin namozini jamoat bilan ado etadilar.
BUGUN SOAT 21:00 DA QUR'ON VA DUO KECHASINI O‘TKAZIB YUBORMANG!
Ulug‘ ayyom kunlarida imom-domlalar, mudarrislar, talabalar va otinoyilar hamda xalqimiz tomonidan Qur'oni karimning minglab xatmlari o‘qildi.
Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari davolanish muolajasini olmoqdalar
Shu kunlarda Internet va ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining salomatliklari to‘g‘risida turli asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan xabarlar tarqatilayotgani kuzatilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining koronavirus (COVID-19) vabosining keng tarqalishi oldini olish bo‘yicha FATVOSI
Bismillahir Rohmanir Rohiym,
Muhtaram mo‘min-musulmon birodarlar, aziz yurtdoshlar!
Jahon ommaviy axborot vositalari tarqatayotgan xabarlarga ko‘ra, qariyb bir yarim yildan beri insoniyatga sinov, imtihon bo‘lib kelgan vabo – koronavirus pandemiyasi uchinchi, ayrim mamlakatlarda to‘rtinchi to‘lqin tarzida namoyon bo‘lmoqda. Allohga shukrki, o‘tgan yili hukumatimiz va O‘zbekiston musulmonlari idorasi amalga oshirgan qator chora-tadbirlar sabab ushbu kasallikning oqibatlari birmuncha yengil kechdi. Ammo bu yilgi yoz chillasi kirib kelishi bilan virusning tarqalishi yana avj oldi.
Pokiston Bosh vaziri Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi
Ayni paytda Samarqandda bo‘lib turgan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazir Imron Xon O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov hamrohligida Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi.
Qur'on tilovat qilinib, buyuk alloma yod etildi.
Islom olamida muhaddislar sultoni, deb e'zozlanadigan Imom Buxoriy merosini o‘rganish va keng targ‘ib etish, bu zot nomi bilan bog‘liq maskanni obod etish borasida olib borilayotgan ishlarga Pokiston Bosh vaziri yuksak baho berdi.
“QUR'ONI KARIM SURALARI VA DUOLARI FAZILATI” KITOBI YUZASIDAN XABARNOMA
Shu kunlarda Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda “Qur'oni karim suralari va duolari fazilati” nomli kitobda “Baqara” surasidagi xatoliklar to‘g‘risidagi xabarlar keng tarqalmoqda. Ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston musumonlari idorasi mutaxassislari o‘rganishlar olib bordilar. Aniqlanishicha, xatoliklar asosan “Baqara” surasida yo‘l qo‘yilgan bo‘lib, oyatlardagi arabcha so‘zlar texnik ishlanmalar natijasida o‘rinlari almashib ketgan.
QURBON HAYITI 20 IYUL NISHONLANADI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Muborak Qurbon hayitining xalqimizga xos bo‘lgan insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovat va o‘zaro hamjihatlik kabi fazilatlarni qaror toptirishdagi muhim ahamiyatini e'tiborga olib hamda milliy-diniy qadriyatlarimizni ulug‘lash maqsadida:
Qurbonlik haqida
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Alloh taologa beadad hamdu sanolar
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga durudu salavotlar bo‘lsin
Qurbonlik lug‘atda “yaqinlashmoq”, “yaqin bo‘lmoq” ma'nolarini bildirib, istilohda bu so‘z Allohga qurbat hosil qilish maqsadida jonliq so‘yishni anglatadi.
Obi rahmat masjidining yangi binosi qad rostlamoqda
Allohga beadad shukrki, yurtimizdagi ikki mingdan ziyod masjidlarimiz kundan-kunga obod bo‘lmoqda. Ko‘p masjidlar zamonaviy shaklda ta'mirlanib, chiroyli va qulay holatga keltirilmoqda. Xalqimiz bunday jome masjidlarda ibodatlarini xotirjam ado etayotganlaridan mamnunlar.
Samarqandda huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Samarqandda Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, Samarqand harbiy prokuraturasi hamda din vakillari bilan hamkorlikda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida okrug boshqaruv apparati hamda garnizondagi harbiy qism bo‘linma komondirlari ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi "Xo‘ja Abdurahmon ota" masjidi va Narpay tumanidagi "Xo‘ja Karzon" masjidlariga tashrif
Viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Kattaqo‘rg‘on tumanidagi "Xo‘ja Abdurahmon ota" masjidi va Narpay tumanidagi "Xo‘ja Karzon" masjidlarida bo‘lib masjidlarning karantinga tayyorgarligini va namazxonlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Chegara va chekka hududlarda joylashgan masjidlarga tashrif davom etmoqda
O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakillari, bosh imom-xatiblar tomonidan diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritasi” doirasida viloyatimizdagi chegara va chekka hududlarda joylashgan masjidlarga tajribali imom-xatiblarning tashrifi rejalashtirilgan edi. Shu asosida bugun, 9 iyul Juma kuni Samarqand shahar bosh imom-xatibi Zafar domla Mahmudov Urgut tumani “Soyg‘o‘s” masjidiga, Samarqand tumani “Imomi A'zam” masjidi imom-noiblari Abdurahim domla Po‘latov va Nurullo domla Nabiyev Urgut tumani “Saroy” masjidiga, Kattaqo‘rg‘on shahar “Muhammad Naqibbek” masjidi imom-xatibi Anvar domla Nazarov Narpay tumani “Naqishbandiy” masjidiga, Kattaqo‘rg‘on shahar “Qorirovat” masjidi imom-xatibi Saydullo domla Ro‘ziyev Paxtachi tumani “Xo‘ja Ziyovuddin” masjidiga, Kattaqo‘rg‘on tumani “Xo‘ja Abdurahmon ota” masjidi imom-xatibi Sirojiddin domla Shamsiddinov Narpay tumani “Xo‘ja Karzon” masjidiga, Kattaqo‘rg‘on tumani “Abul Hasan Andoqiy” masjidi imom-xatibi Safaxon domla Bokayev Paxtachi tumani “Toshko‘prik” masjidlariga borib Juma nomozini jamoat bilan ado etdilar.
Yangi tahrirdagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga sharh
E'tiqodlar xilma-xil bo‘lgan va ko‘p millatli jamiyatda bag‘rikenglik, hamjihatlik va o‘zaro totuvlik muhiti, insonparvarlik va mehr-oqibat tuyg‘ularini shakllantirish hamda mustahkamlash ijtimoiy hayot farovonligiga erishishning asosiy garovidir.
Din shaxsiy dunyoqarash va amal bo‘lib, qonun uni to‘liq kafolatlaydi, har bir shaxsni diniy hissiyotlari kamsitilishidan himoyalaydi.




















