Axborot xizmati

Muftiy hazrat Namangandagi Hi-Tech uslubida qurilgan “Yusufxon o‘g‘li Qosimxon” masjidiga tashrif buyuradilar

Ertaga, 16 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari Namangan viloyatiga tashriflari davomida Namangan shahridagi yangi innovatsion shaklda qurilgan “Yusufxon o‘g‘li Qosimxon” jome masjidiga peshin namozi vaqtida tashrif buyuradilar.

Muftiy hazratlari 15 ming namozxonni sig‘dira oladigan "Yusufxon o‘g‘li Qosimxon" jome masjidida minglab namozxonlar bilan peshin namozini birga ado etib, mav'iza qilib beradilar.

 

Samarqandda diniy soha xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 15 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyatidagi vakilligi tizimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan 287 ta jome masjid imom-xatiblari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari O‘.Xasanboyev, O‘MI Masjidlar bilan ishlash bo‘limi mudiri M.Kamolov, O‘MIning Samarqand viloyatidagi vakilli Zayniddin domla Eshonqulov va vakillik mas'ul xodimlari hamda diniy soha xodimlari ishtirok etishdi.

 

Samarqand viloyati otinoyilari uchun o‘quv-seminari o‘tkazildi

Bugun, Samarqand viloyatida otinoyilarning dunyoviy va diniy bilimlarini mustahkamlash, xotin-qizlar bilan olib boriladigan ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada yaxshilash maqsadida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Malaka oshirish markazi Samarqand mintaqaviy filiali bilan hamkorlikda viloyat, shahar va tuman bosh imom-xatiblarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchilari hamda hududlardagi otinoyilar ishtirokida bir kunlik o‘quv seminari o‘tkazildi.

 

Otinoyilar uchun tashkil qilingan 1 kunlik o‘quv seminari boshlandi.

Ayni paytda Samarqand viloyatidagi Targ‘ibot guruhlari va bosh imom-xatiblarning ayollar masalalari bo‘yicha yordamchilari va barcha otinoyilar uchun tashkil etilgan 1-kunlik o‘quv-seminar boshlandi. Unda viloyatimizda rasmiy faoliyat olib borayotgan barcha otinoyilar ishtirok etmoqda.

O‘quv seminarni viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov boshlab berdilar.

 

O‘zbekiston delegatsiyasining Saudiya Arabistoniga xizmat safari yakunlari to‘g‘risida

Joriy yilning 1-9 dekabr kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev boshchiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistonida Umra ziyoratini tashkil qilish bo‘yicha xizmat safarida bo‘ldi.

Delegatsiya butun dunyoda qo‘llanilayotgan karantin cheklovlari sharoitida Umra safarini tashkil qilish bo‘yicha Podshohlik muassasalari bilan muzokaralar olib bordi. Inshaalloh, yaqin fursatlarda, COVID pandemiyasi boshlanishidan avval Umra safari uchun pul to‘lab, navbatda turganlar va boshqa fuqarolar uchun tabarruk ziyoratni amalga oshirish imkoniyatlari yaratiladi.

 

Muftiy hazrat Falastin elchisini qabul qildilar

Shu yil 14 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov hazratlari Falastin elchisi Muhammad Abdulloh Tarshahoniy janoblarini qabul qildilar.
Uchrashuv avvalida muftiy hazratlari elchi janoblariga muftiy vazifasiga saylanganlari munosabati ila yo‘llagan tabrik uchun minnatdorlik izhor etdilar. Muftiy hazratlari so‘zlarida davom etib, so‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan Falastin o‘rtasidagi do‘stlik va ko‘p tomonlama hamkorlik ravnaq topayotgani, jumladan, diniy sohadagi aloqalar yanada rivojlanib borayotgani, ikki xalq o‘rtasida asrlar davomida shakllangan rishtalar bugungi kunda ham yangicha mazmun kasb etayotgani hamda o‘tmishda ota-bobolarimiz Falastin yerlariga safarlar qilganlarini alohida qayd etdilar.

 

Urgut va Tayloq tumanlarida sayyor uchrashuv tashkil etildi

Joriy yilning 14 dekabr kuni Samarqand viloyat vakilligi tomonidan viloyatdagi eng iqtidorli imom-xatiblarining Urgut va Tayloq tumanlarida tashkil etilgan sayyor uchrashuv va suhbatlar viloyat bosh imom-xatibi  Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida  Urgut tumani "Urgut markaziy" masjidida boshlandi.

 

Soha rahbarlari malaka oshirish o‘quvlari ishtirokchilari bilan uchrashdi

Shu yilning 29 noyabr kunidan 11 dekabrga qadar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar vakillari hamda tuman/shahar bosh imom-xatiblari uchun “Yangi O‘zbekistonda diniy soha xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalar: muammo va yechimlar” mavzusida malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tdi.

 

«Ilm ahli bilan suhbat» ko‘rsatuvining 21-soni mehmoni;

Samarqand viloyati bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov bo‘ladilar.

Ayni vaqtda quyidagi linklar orqali ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallarimizda kuzatib borishingiz mumkin. 

 

10 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Serquyosh, hur o‘lkam...

Ana shu so‘zlar bilan boshlanadigan O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganligiga 29 yil to‘ldi.

“Davlat suvereniteti ramzi bo‘lgan madhiya matni O‘zbekis­ton xalq shoiri Abdulla Oripov tomonidan yozilgan. Unga O‘zbekiston xalq artisti Mutal Burxonov musiqa bastalagan”.

Aksariyat hollarda ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinadigan axborot mazmunan qisqacha ana shunday so‘zlardan iborat bo‘ladi. Aslida-chi? Davlat madhiyasini yaratish zarurati qachon paydo bo‘lgan, uni amalga oshirish jarayoni qanday kechgan?

Bu savollar ko‘pchilikni qiziqtirishi shubhasiz.

 

3-dekabr-Xalqaro nogironlar kuni: HYeCH KIM MYeHR VA E’TIBORDAN CHYeTDA QOLMADI.

Kuni kecha, 3 dekabr kuni viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurov Vaqf xayriya jamoat fondi Samarqand viloyati filiali rahbari A.Sultonov bilan birgalikda “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Samarqand shahridagi eshitishi va gapirishi cheklangan fuqarolarga bayram dasturxoni tashkil qildi va ularga bir dona kir yuvish mashinasi, velosiped hamda oziq-ovqat mahsulotlarini ehson qildi.

 

Samarqandda "Inklyuziv markaz" ochildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barcha hududlarda nogironligi bo'lgan shaxslarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash maqsadida "Inklyuziv markaz"lar faoliyati yo'lga qo'yilmoqda.

3-dekabr "Xalqaro nogironligi bo'lgan shaxslar kuni" munosabati bilan Samarqand shahridagi yoshlar markazida "Inklyuziv markaz"ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Markaz uchun Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 150 mln so'm mablag' evaziga kerakli barcha jihozlar olib kelindi.

Markazda tikuvchilik, kulolchilik, biserdan buyumlar yasash, zargarlik, tasviriy san'at va to'qish yo'nalishlari bo'yicha nogironligi bo'lgan shaxslar o'zlari uchun kerakli bo'lgan kasblarni o'rganishlari mumkin.

 

3 dekabr kuni Samarqand shahrida joylashgan “Yoshlar markazi” da BMT bosh Assambleyasining 1992 yil 14 oktyabrdagi 47/3-sonli rezolyusiyasiga muvofiq “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

Bugun, 3 dekabr kuni Samarqand shahrida joylashgan “Yoshlar markazi” da BMT bosh Assambleyasining 1992 yil 14 oktyabrdagi 47/3-sonli rezolyusiyasiga muvofiq “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbirga viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrulla domla Sattarov, viloyat hokimi o‘rinbosari D.Mamadkulov va boshqa mutasaddi tashkilot rahbar hamda xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda viloyatimizning barcha hududlaridan kelgan nogironligi bor fuqarolarga nogironlik aravachasi, nogironlik hassasi va shunga o‘xshash sovg‘alar ehson tariqasida tarqatildi.

 

Chechenistonlik mehmonlarning Samarqandga tashrifi amalga oshirildi

Xabar berganimizdek, Chechenistonlik mehmonlarning tashrifi viloyatimizda davom etmoqda. Mehmonlarning tashrifi Imom Buxoriy qadamjosining ziyorati bilan davom etdi. Ziyorat so‘ngida Qur'on tilovati qilinib, Imom Buxoriy hazratlarining haqlariga va barcha marhum mo‘min musulmonlar haqqiga duolar qilindi. Shuning bilan birga mehmonlar “Imom Buxoriy” xalqaro tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabi bilan yaqindan tanishdilar.

 

#XUSHXABAR: O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistoniga “Haj” va “Umra” safarlarini hal etish uchun jo‘nab ketdi

2021 yil 1 dekabr kuni erta tongda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi a'zolari Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi.

Ma'lumki, o‘tgan ikki yil davomida pandemiya tufayli butun dunyo mo‘min-musulmonlari “Haj” va “Umra” amallarini ado etish baxtidan bebahra bo‘ldilar.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing