O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Muftiy hazratlari 24 dekabr kuni Sirdaryo viloyatidagi “Guliston” masjidiga juma namoziga tashrif qiladilar

 
 

Shu yil 24 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari juma namozini sirdaryoliklar bilan birga ado etish va mav'iza qilish uchun “Guliston” jomesiga tashrif buyuradilar.

Muftiy hazratlari tashrif davomida mo‘min-musulmonlar bilan samimiy muloqot qilish, tuman-shahar bosh imom-xatiblari va soha xodimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ma'lumot uchun, “Guliston” masjidi 1905 yilda qurilgan. Jome 1926 yil yopilib, 1947 yilda qayta ochilgan. 2007–2009 yillarda masjidning hozirgi binosi qaytadan hashar yo‘li bilan qurilgan. Masjid hududi kengaytirilib, zamon talabiga mos ravishda muhtasham masjid xonaqosi, tahoratxona va keyinroq qo‘shimcha ma'muriy binolar qad rostlagan.

Guliston masjidi maydoni 4800 kvadrat metr bo‘lib, uning asosiy binosiga 2000 kishi, ayvon va qo‘shimcha binolar bilan hisoblaganda 3000 dan ziyod kishi bemalol ibodat qilishi mumkin.

 Muftiy hazratlarining Sirdaryo viloyati tashriflari va suhbatlarini sayt va ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 23/12/2021 17:02;   Ko‘rilganligi: 666
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/muftiy-hazratlari-24-dekabr-kuni-sirdaryo-viloyatidagi-guliston-masjidiga-juma-namoziga-tashrif-qiladilar
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 03:25
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing