O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqand viloyati otinoyilar uchun o‘quv seminari tashkil etildi

 
 

Bugun 16 fevral kuni Samarqand shahrida joylashgan Konsert zalida viloyat hokimligi bilan hamkorlikda viloyatimizda faoliyat olib borayotgan otinoyilar uchun bir kunlik o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda ayollar va yoshlarni turli yot g‘oyalardan, jinoyatchilikdan himoya qilishda otinoyilarning o‘rni, ayollar fiqhiy masalalari, bid'at xurofotlar va folbinlikning salbiy oqibatlari va qirq farz bayoni to‘g‘risida mashg‘ulot darslari bo‘lib o‘tdi.

Bo‘lib o‘tgan seminar ko‘tarinki ruxda savol-javoblar asosida o‘tkazildi va barcha otinoyilarimizga manzur bo‘ldi. Seminar nihoyasida otinoyilar ana shunday o‘quv seminarlarini bardavom bo‘lishligini so‘rab ko‘pdan ko‘p duolar qilishdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 16/02/2022 18:52;   Ko‘rilganligi: 834
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqand-viloyati-otinoyilar-uchun-oquv-seminari-tashkil-etildi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 02:38
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing