O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

144 nafar samarqandlik “Umra” ziyoratiga yo‘l oldi

 
 

Alloh taologa behisob hamdu sanolar bo‘lsin, Yurtimizda umra ibodatiga keng yo‘l ochilib, Baytullohni tavof qiluvchilar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Ilohim ko‘payishda davom etaversin!

Bugun 144 nafar samarqandlik muborak “Umra” ziyoratini ado etish uchun viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida Samarqand shahridan Toshkent shahriga jo‘nab ketdi.

 Ziyoratchilar Ertaga 09:00 da “Toshkent-Jidda” yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilib, Madina shahriga yetib borishadi va bir necha kundan so‘ng  Makkai mukarramaga yo‘l oladilar.

Umra ibodatining o‘ziga xos bir qancha fazilatlari bor. O‘shalardan biri gunohlarning o‘chirilishi. Abu Hurayra roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilib aytadi:

قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : “العمرة إلى العمرة كفارة لما بينهما، والحج المبرور ليس له جزاء إلا الجنة

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: Bir umra keyingi umragacha bo‘lgan oraliqdagi gunohlarga kafforatdir. Mabrur hajning mukofoti esa faqat jannatdir! (Imom Buxoriy).

Alloh taolo O‘zining Baytini tavof qilish baxtiga barchani muyassar etsin!

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati

 


Kiritilgan vaqti: 01/02/2022 00:33;   Ko‘rilganligi: 980
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/144-nafar-samarqandlik-umra-ziyoratiga-yol-oldi
Chop etilgan vaqti: 10/10/2025 22:17
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing